Najas qanday tozalanadi?
Savol: Goho kiyimga yoki namoz o‘qiladigan joyga najas tegishi mumkin.
Shuni tozalashda qanday yo‘l tutish kerak?
Javob: Namozning o‘n ikki farzidan uchtasi tozalik bilan bog‘liq: namoz o‘quvchining
jismi, kiyimi va namoz o‘qiydigan joyi najasdan pok bo‘lishi kerak.
Najas g‘aliza (og‘ir) va hafifa (engil) turlarga bo‘linadi. Uy parrandalari va barcha
turdagi hayvonlarning tezaklari, insonning oldi va ortidan chiqqan chiqitlar va xamr
(aroq) g‘aliza najasdir. Go‘shti yeyiladigan hayvonlarning siydiklari va yirtqich
qushlarning tezaklari hafifadir.
G’aliza najasi dirham yo undan kam miqdorda kiyim-boshga tegsa yo namoz joyda
bo‘lsa, namozni buzmaydi. Ammo uni yuvish vojib bo‘ladi. Dirham miqdoridan ortiq
g‘aliza najas tekkan joyni imkoni bo‘laturib yuvmay namoz o‘qish mumkin emas.
G’aliza najas quyuq bo‘lsa, uning bir misqol (4,68) og‘irligi, suyuq bo‘lsa, kaft
kengligidagi miqdori «dirham miqdori» deb e’tibor qilingan. Bu o‘rinda ochiq holdagi
kaftining suv turadigan qismi kaft kengligi hisoblanadi.
Kiyimning to‘rtdan biriga yo undan kam miqdoriga hafifa najas tekkan bo‘lsa,
namozga ziyon qilmaydi. Lekin uni yuvish vojibdir. Kiyimning to‘rtdan biridan ko‘pi hafifa
najas bo‘lsa, uni yuvishga qodir bo‘laturib, yuvmay namoz o‘qish nojoizdir. Bu o‘rinda
yeng, poycha, etak kabi kiyim bo‘laklari alohida kiyim deb qabul qilingan. Demak, bir
yengning to‘rtdan biridan ko‘piga hafifa najas tegsa, u kiyim bilan namoz o‘qib
bo‘lmaydi.
Narsalar suv va boshqa tozalovchi suyuqliklar bilan najasdan poklanadi. Tekkan najas
ko‘zga ko‘rinadigan bo‘lsa, u tekkan narsa uni yuvib ketkazish bilan toza bo‘ladi. Najas
(siydik kabi) tekkan joyida ko‘zga ko‘rinmasa, u tekkan narsalarga uch bor yuvib uch
bor kuch yetguncha siqish bilan pok bo‘ladi. Agar najas tekkan narsani siqishning iloji
bo‘lmasa, u qatron qilinadi. Qatron qilish tartibi bunday: narsalar yuvilgach, ilib qo‘yiladi
va undan tomchi tommay qolgach, yana yuvib ilinadi. Ikkinchi yuvib ilingandan so‘ng
ham tomchi tommay qolgach, yana uchinchi bor yuvib ilinadi va tomchi tommay
qolganidan so‘ngtoza bo‘ladi.
Mahsiga yo oyoq kiyimiga tezak kabi najas tegib qurigan bo‘lsa, uni yerga ishqalash
bilan toza bo‘ladi. Siydik yo boshqa ho‘l najasdan esa qatron qilish bilan poklanadi.
Pichoq kabi sayqalli narsalarga najas tegsa, yerga yo boshqa narsaga surtish bilan
ham toza bo‘ladi.
Najas tushgan yer qurib najas asari qolmagan bo‘lsa, toza bo‘ladi, u joyda namoz
o‘qish joiz.
Palos va gilam kabi siqib bo‘lmaydigan narsalarga najas tekkanida, ular bir kecha-
kunduz oqar suvga cho‘mdirib qo‘yish bilan toza bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |