186
Zamonaviy yirik korxonalarda axborot xajmi million xujjat satri gacha yetadi., bu urinda
barcha axborot tez kayta ishlanishi zarurligini xam inobatga olish zarur. Masalan,
Toshkent aviasiya zavodida kundalik birlamchi axborot million kursatkichni tashkil etadi.
Bunday sharoitda axborot bilan ishlashni tashkil etish buyicha kuyidagi kator
muammolarni xal etish lozim buladi:
1)
makbul axborot tizimini ishlab chikishi;
2)
axborot akimlarini shakllantirish usullarini ishlab chikish;
3)
axborot kabul kilish va yuborishning makbul usullarini tanlash;
4)
axborotni saklash va
izlashni tashkil etish;
5)
axborotni kayta ishlash jarayonini mexanizasiyalash va avtomatlashtirish.
Bu yunalishda olib boriladigan barcha ishlar axborotni yigish va kayta ishlashning yagona
umumdavlat tizimini yaratishni ta‘minlashi zarur. Axborotlar yigindisi boshkaruvning
axborot tizimini tashkil etadi. Axborot tizimi - xujjatlar axborot okimlari, aloka kanallari
va boshkaruv obyektining texnikaviy vositalarini kamrab oluvchi murakkab axborot
majmuidir. Boshkaruv obyektining kandaydir bir kismi buyicha axborot yigindisi kichik
tizimni tashkil etadi. Makbul axborot tizimini tashkil etish boshkaruvning u yoki bu
tashkiliy tizimini loyixalashtirish va uning samarali faoliyat yuritishining muxim
shartlaridan bulib xisoblanadi.
Axborot tizimlari oddiy va murakkab tizim bulishi mumkin. Oddiy axborot tizimi uni
kayta ishlashni talab etmaydi, axborot manbaasidan u iste‘mol kilinish joyigacha
yetkazishda uzgarish yuz bermaydi. Bunday axborot telefon yoki boshka xabar berish
vositalari yordamida bir marta beriluvchi xabar sifatida yetkaziladi. Murakkab axborot
tizimlari axborotni kayta ishlashning mexanizasiyalashtirish va avtomatlashtirish darajasi
buyicha turlarga ajratiladi. Birinchi guruxga kulda yoki eng oddiy mexanizmlar yordamida
kayta ishlanuvchi axborot tizimlari kiradi.. Ikkinchi guruxga axborotni tuplash, kabul
kilish va kayta ishlashda mexanizasiya keng kullaniladigan axborot tizimlari kiradi.
Uchinchi guruxga ma‘lumotlarni kompleks mexanizasiya vositasi bilan birga
avtomatlashtirish elementlarini kullab kayta ishlash va tuplash kullanilgan axborot
tizimlari kiradi.
Axborot kabul kilish, uzatish va kayta ishlash sikli avtomatlashtirilgan axborot tizimi
turtinchi guruxni tashkil etadi.
Axborotni kayta ishlashda EXMlar kullaniladigan boshkaruv tizimlari avtomatlashtirilgan
boshkaruv tizimi (ABT) nomini olgan. ABT kuyidagi vazifalarni bajaradi:
–
axborot kabul kilish;
–
axborotni kayta ishlash;
–
axborotni saklash, yigish;
–
boshkaruv tashkilotiga
axborot berish;
–
ijrochilarga buyruk uzatish.
Ilgor axborot tizimini loyxalashtirish jarayoni kuyidagi vazifalarni amalga oshirishga
asoslanishi lozim:
–
korxonada mavjud axborot tizimini taxlil kilish, axborotning asosiy yunalishlarini
urganish;
–
axborot tizimining iktisodiy-modelini ishlab chikishi; zarur axborot xajmi va
mazmunini aniklash;
–
axborot tuplash va kayta ishlash uchun texnikaviy vositalarni aniklash;
187
–
axborotni kayta ishlash texnologiyasini yaratish;
–
axborot vujudga kelishi va foydalanish davriyligini belgilash;
–
korxonada kullaniladigan axborot uchun shifrlar
tizimini yaratish;
–
axborotni uzatish va kayta ishlashni avtomatlashtirish va mexanizasiyalashtirish kulay
bulishi uchun standart ma‘lumotlarni loyixalashtirish;
–
loyixalashtirish jarayonida olingan barcha materiallarni tartibga solish va
rasmiylashtirish.
Bozor sharoitida ishlab chikarish axborot tizimlarini ular rivojlanishi va loyixalashtirishga
tizimiy yondashish asosida kompleks tashkil etishni talab etadi. Bu talablarga
ma‘lumotlarni kayta ishlashning integrasion tizimi javob beradi. Uni turli darajadagi
zamonaviy xisob mashinalari, EXM, inson mashina tizimini xar tomonlama kullash
asosida loyixalashtirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: