51
huquq va erkinliklarni amalga oshirilishini ta'minlashga yordam beradigan vositalar,
usullar va shart-sharoitlardir.
Inson huquq va erkinliklarining huquqiy kafolatlari deyilganda shaxslarning
Konstitusiyada belgilab qo`yilgan huquq va erkinliklarini amalda haqiqiy bajarish uchun
zarur sharoit va barcha imkoniyatlarni yaratish tushuniladi. Kafolat, kafolatlash bu -
Konstitutsiya, qonunlarda ko`rsatilgan imkoniyatlarni hayotda amalga oshirish, huquq
va erkinliklarga ega bo`lish demakdir. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatlash
Konstitutsiyada ko`rsatilgan huquq va erkinliklarga egalik qilish bilangina
cheklanmasdan, ulardan to`liq foydalanish va ularni har qanday noqonuniy buzilishdan
muhofaza qilish hamdir. Konstitutsiyamizning mohiyati insonga munosib uayot
sharoitlarini yaratish, uni baxtli qilishdan iborat. U jamiyat va uning a'zolari oldidagi
buyuk maqsadlar qo`yadi. Ana shu ezgu maqsadga erishishning yo`llarini o`zida
mujassam etadi. Shu o`rinda davlat oila va jamiyat manfaatlari, sodda qilib aytsak,
davlat va inson manfaatlari uyg`unlashib borgan sari jamiyat rivojlanib, olg`a siljib
boradi.
Konstitutsiyaning asosiy huquqiy hujjat sifatidagi qimmati shundaki, u jamiyat
a'zolarining tengligini qayd etadi, unga kafolatlar beradi. Huquqiy kafolatning mohiyati
davlat, uning organlari va mansabdor shaxslar fuqarolarning huquqlarini va
erkinliklarini amalga oshirish uchun shart-sharoit yaratish, ularni amalga oshirish uchun
doimiy ravishda zarur vositalar bilan ta'minlanishda ifodalangan burchida namoyon
bo`ladi. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi insonlarga ma'lum huquq va
erkinliklarini mustaukamlab berish bilan birga ularni to`liq amalga oshirish uchun:
1 iqtisodiy;
2 siyosiy va huquqiy kafolatlar bilan ta'minlaydi.
Iqtisodiy sohadagi kafolatlar shundan iboratki, O`zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi va qonunlarida ko`rsatilgan va jamiyatning iqtisodiy negizini tashkil
etuvchi mulk shakllarining xilma-xilligidir. Hamda barcha mulk shakllarining teng
huquqliligini va huquqiy jihatdan barobar muhofaza etilishini kafolatlaydi. Siyosiy
huquq va erkinliklarning kafolatlanganligi shundan iboratki, Konstitutsiyaga binoan
xalq davlat uokimiyatining birdan-bir manbai ekanligi; davlat uokimiyati tizimi
uokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo`linish prinsipiga
asoslanganligi; O`zbekistonda ijtimoiy hayotning siyosiy institutlar, mafkuralar va
fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanishi; hech qaysi mafkura davlat mafkurasi
sifatida o`rnatilishi mumkin emasligidir.
Do'stlaringiz bilan baham: