24
panjaraning ishchi yuzasi ancha katta bo‘lib, aktiv moddani yaxshiroq ushlaydi, panjaraga korroziya ta’sirini
kamaytiradi va batareyaning ishlash muddatini oshiradi.
Plastina panjarasi g‘ovak aktiv modda (pasta) bilan to‘ldiriladi. Pastaning asosini sulfat kislotaning
suvdagi eritmasi aralashtirilgan qo‘rg‘oshin poroshogi tashkil qiladi. Aktiv moddaning mustahkamlash
maqsadida pastaga polipropilen tolalar qo‘shiladi. Manfiy plastina aktiv moddasini zichlashib ketishini oldini
olish maqsadida bu elektrod pastasiga kengaytiruvchi elementlar [(bariy sulfati BaSO
4
(~44%), lignosulfat
Na (~28%), kuya (~ 28%) ] qo‘shiladi.
Xamirsimon pastani plastina panjaralariga suriladi, presslanadi va quritiladi. So‘ngra akkumulator
plastinalariga sulfat kislotaning distillangan suvdagi kuchsiz eritmasida (~ 1,05 g/sm
3
) kichik tok bilan
elektrokimyoviy ishlov beriladi. Bu jarayon plastinalarni shakllanishi (formirovka) deb nom olgan.
SHakllanish natijasida musbat plastinada to‘q jigar rang qo‘rg‘oshin ikki oksidi (PbO
2
), manfiy
plastinada to‘q kulrang g‘ovak qo‘rg‘oshin (Pb) hosil bo‘ladi. SHakllanishdan keyin plastinalardagi aktiv
modda yuqori g‘ovaklikka ega bo‘ladi. G‘ovak moddaning aktiv yuzasi (elektrolit bilan bevosita
ta’sirlanadigan yuza) plastinaning geometrik yuzasiga nisbatan yuz barobardan ortiq bo‘ladi. Bu elektrolitni
plastinaning ichki qatlamlariga bemalol o‘tishini ta’minlaydi va aktiv moddadan foydalanish koeffitsientini
oshiradi.
SHakllanish jarayonidan keyin plastinalar quritiladi va havo tarkibidagi kislorod ta’sirida oksidlanadi.
Bu usulda tayyorlangan akkumulatorlar “quruq razryadlangan” deb ataladi va ishga tushirishdan oldin ularni
zaryad qilish kerak bo‘ladi. “Quruq zaryadlangan” akkumulatorlarni tayyorlash uchun plastinalar o‘ta
qizdirilgan bug‘ yordamida, ya’ni kislorodsiz sharoitda quritiladi.
Tayyor plastinalar baretka yordamida manfiy va musbat yarim bloklarga birlashtiriladi. Baretka-born
va plastinalarning quloqchalari kavsharlanadigan ko‘prikchadan tashkil topgan. YArim blokdagi parallel
ulangan plastinalar soni, akkumulator batareyasining nominal sig‘imini belgilaydi, ya’ni plastinalar soni
ortishi bilan sig‘im ham ortadi. Musbat plastinalar odatda manfiy plastinalardan qalinroq bo‘ladi. Standart
avtomobil akkumulatorlarida musbat plastinalarning qalinligi 1,52 mm, manfiy plastinalar esa 1,4 mm ni
tashkil qiladi. Quvvati katta bo‘lgan akkumulatorlarda plastinalarning qalinligi 6,35 mm gacha bo‘lishi
mumkin.
Avval akkumulatorlar blokidagi manfiy plastinalar soni musbat plastinalarga nisbatan bitta ko‘p bo‘lar
edi. Hozir bu an’ana o‘zgarib, endi musbat plastina bitta ortiqcha tayyorlanmoqda, chunki bunday tuzilishga
ega bo‘lgan akkumulator, o‘lchamlari o‘zgarmagan holda, kattaroq tok berishi mumkin.
Har xil qutbli plastinalarning o‘zaro qisqa tutashuvini oldini olish maqsadida ularning orasiga
separatorlar o‘rnatiladi. Bundan tashqari separatorlar plastinalar orasidagi tirqishni o‘zgarmas holda saqlaydi,
ularni silkinish va titrash (vibratsiya) natijasida surilib ketishini istesno qiladi.
Separatorlarning sifati akkumulatorni samarali ishlashiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Batareyaning ichki
qarshiligi va elektrstartyor qisqichlaridagi kuchlanish qiymati bevosita separatorlarning qarshiligiga bog‘liq.
Separatorlar musbat plastinadagi aktiv moddani to‘kilishini kamaytiradi, manfiy plastinani sulfatlanish
tezligini sekinlashtiradi, batareyani ishlash muddatini oshiradi.
Separatorlar yuqori g‘ovaklik, yetarli mexanik mustahkamlik, kislotaga chidamlilik, yaxshi izolyatsiya
va elastiklik xususiyatlariga ega bo‘lishi kerak. Ommaviy ravishda tayyorlanadigan avtomobil batareyalari
uchun xomashyoni arzonligi va bemalol olish mumkinligi, hamda tayyorlanish texnologiyasining soddaligi
muhim ahamiyatga ega.
Qo‘rg‘oshin kislotali akkumulatorda
separator tayyorlash uchun mikrog‘ovakli
plastmassa (miplast, porovinil, plastipor,
vinipor), mikrog‘ovakli ebonit (mipor),
shisha paxta kabi materiallar ishlatiladi.
Mipordan tayyorlangan separatorlar o‘zining
o‘ta g‘ovakligi, elektr qarshiligi kamligi
bilan boshqa materiallardan tayyorlangan
separatorlardan ustin turadi va batareyani
ishlash muddatini oshirish imkonini beradi.
Mipor
tabiiy
kauchuk,
silikagel
va
oltingugurtning aralashmasini vulkanizatsiya
qilish
yo‘li
bilan
olinadi.
Mipordan
tayyorlangan
separatorlarning
mo‘rtligi,
elektrolitning sekin singishi, xomashyoning
kamyob va qimmatligi asosiy kamchiligi
3.3-rasm. Qo‘rg‘oshin-kislotali akkumulatorlarning
separatorlari:
a- miplastdan tayyorlangan separator; b-polietelendan
tayyorlangan separator-konvert
25
hisoblanadi.
Miplast polixlorvinil yelimini (smolasini) qizdirib biriktirish yo‘li bilan olinadi. Miplast
separatorlarining tayyorlash texnologiyasi ancha sodda, xomashyo ham kamyob emas. Miplast separatorlar
elektrolitni o‘ziga juda tez singdiradi, mexanik mustahkamligi, kimyoviy chidamliligiyetarli darajada. Lekin
miplast separatorlarning g‘ovakligi nisbatan past. G‘ovaklarning diametri katta bo‘lganligi uchun ularda tok
o‘tkazuvchi o‘simtalarni hosil bo‘lish ehtimoli yuqoriroq bo‘ladi. Shuning uchun miplast separatorli
akkumulatorlarning ishlash muddati bir muncha kamroq bo‘ladi. Separatorlar yupqa (1...2 mm) to‘rtburchakli
plastina ko‘rinishida bo‘lib (3.3-rasm), elektrolit o‘tishiniyengillatish uchun musbat plastinaga qaratilgan
tomoni trapetsiyasimon, yumoloq yoki tuxumsimon vertikal qovurg‘ali qilib tayyorlanadi. Balandligi uncha
katta bo‘lmagan (0,15...,2 mm) va manfiy plastina tomonga qaratilgan qovurg‘alar separatorlarni “o‘sib”
ketish ehtimolini kamaytiradi, manfiy plastina oldidagi elektrolitda diffuziya va konvektsiya uchun
sharoitlarni yaxshilaydi. Separatorlar plastinalarga nisbatan eniga 3…5 mm, bo‘yiga 9...10 mm ga kattaroq
bo‘ladi. Bu plastinalar orasida tok o‘tkazuvchi o‘simtalar hosil bo‘lishini kamaytiradi. Ba’zida, og‘ir
sharoitda ishlaydigan avtomobillar uchun qo‘sh separatorli akkumulatorlar o‘rnatiladi. Qo‘sh separatorlarda
mipor yoki miplastdan tayyorlangan separatorlarning musbat plastinaga qaragan tomoniga shisha paxtadan
tayyorlangan yupqa namat joylashtiriladi. SHisha namat musbat plastinaga yopishib turadi va uning aktiv
massasini tebranish, titrash ta’sirida sirg‘alib to‘kilib ketishidan ancha saqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: