Avtomobillarga o‘rnatiladigan startyor akkumulatorlar batareyasi quyidagi talablarga javob berishi
o‘lchamlari va massasi imkon boricha kichik bo‘lgan holdayetarli quvvat va energiyaga ega
generator ishlamaganda yoki avariyali vaziyatda iste’molchilarni tok bilan ta’minlash uchun
atrof muhitning harorati past bo‘lganda startyorni ishonchli ishlashi uchun zarur kuchlanishni
dvigatel ishlab turganda, dvigatelni ishga tushirish va boshqa iste’molchilarni ta’minlash uchun
ishlatish jarayonida uzoq muddat davomida belgilangan ishchi tavsifnomalarini saqlashi (ishlash
Yuqorida keltirilgan talablarga ko‘p jihatdan qo‘rg‘oshin-kislotali akkumulatorlar javob beradi.
Qo‘rg‘oshin-kislotali akkumulator elementining elektr yurituvchi kuchi (EYUK) 2 V ga teng bo‘lib, 12 V
kuchlanishga ega bo‘lgan akkumulator batareyasini hosil qilish uchun oltita akkumulator elementi ketma-ket
22
ulanadi. Qo‘rg‘oshin-kislotali akkumulator batareyalarining ichki qarshiligi nisbatan kichik bo‘lganligi
sababli, ularga startyor ulanganda akkumulatordagi kuchlanishning pasayishi kam bo‘ladi. Bu turdagi
batareyalarga xizmat ko‘rsatish qulay, ularni razryadlanganlik darajasini aniqlashning oddiy usullari mavjud.
Qo‘rg‘oshin – kislotali akkumulatorlar, ularda ishlatiladigan xom ashyoning narxi nisbatan pastligi, ishlab –
chiqarish jarayonini yuqori darajada avtomatlashtirilganligi sababli eng ommaviy va arzon kimyoviy tok
manbai hisoblanadi.
Shuning uchun, qo‘rg‘oshin-kislotali akkumulatorlarning bir qator kamchiliklari bo‘lishiga
qaramasdan (mexanik mustahkamligi uncha katta emas, xizmat muddati nisbatan kichik va hokazo)
avtomobillarda juda keng ko‘lamda ishlatiladi, chunki ularning tavsifnomalari startyor rejimiga eng to‘la
mos keladi.
Qo‘rg‘oshin-kislotali akkumulyatorlardan tashqari, ba’zi hollarda ishqorli batareyalar (nikel-kadmiyli,
nikel-temirli, kumush-ruxli va hokazo) ham ishlatiladi. Ishqorli akkumulyatorlarning ishonchlilik darajasi va
xizmat muddati qo‘rg‘oshin-kislotali AKB larga nisbatan bir muncha yuqori. Lekin, ularning EYUK si
20...25 % ga kam (har bir bankaga 1,2 V), f.i.k. past, 1.5 marta og‘ir, narxi 2...3 barobar yuqori va eng
muhimi, ularning ichki qarshiligi ancha yuqori. Ishqorli AKB larda elektrolit sifatida KON ning distillangan
suvdagi 35 % li eritmasi ishlatiladi.
Ishqorli akkumulyatorlarda razryadlik darajasi to‘g‘ridan to‘g‘ri elektrolit zichligiga bog‘liq emas va
bu akkumulyatorni holatini nazorat qilishni qiyinlashtiradi. Bundan tashqari, ularni ishlatish ancha
murakkab, chunki katta hajmdagi texnik xizmat ko‘rsatishni, hamda nazorat ishlarini rejalashtirishni talab
qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: