Magneti Marelli (Italiya), Delco
Remi
(AQSH),
Mitsubishi
(Yaponiya) va boshqa yetakchi
firmalar tomonidan oxirgi yillarda
jahon
bozoriga
chiqarilgan
zamonaviy
generatorlarda
aksariyat
hollarda
kuchlanish
rostlagichi va cho‘tkatutqich bir
yaxlit qobiqga joylashtirilmoqda.
Mitsubishi (Yaponiya) firmasining
ba’zi generatorlarda to‘g‘rilagich bloki, kuchlanish rostlagichi va cho‘tkatutqich bir konstruktiv tugunga
birlashtirilgan. 2.23-rasmda Magneti Marelli (Italiya) firmasining AA-125R generatorining kuchlanish
rostlagichi-cho‘tkatutqiqich tuguni keltirilgan.
Я-112A rostlagichda n-p-n turdagi tranzistorlar ishlatilgan va chiqish bosqichida 201.3702
rostlagichlaridagi kabi qo‘sh tranzistor sxemasi qo‘llanilgan.
Rostlagich quyidagicha ishlaydi (2.17-rasm). Generatorning kuchlanishi rostlanish qiymatidan past
bo‘lganda, stabilitron VD1 va tranzistor VT1 berk bo‘ladi, qo‘shma tranzistor VT2, VT3 ochiq bo‘ladi,
chunki unda baza toki mavjud bo‘ladi va u quyidagi zanjir orqali o‘tadi: "+" qutb - UOK - generator va
rostlagichning - "V" qisqichi - R5 - VD2 - VT2 tranzistorning baza - emittor o‘tish joyi - VT3 tranzistorning
baza - emitter o‘tish joyi - "massa" - "-"qutb. Qo‘shma tranzistor ochiq holda generatorning uyg‘otish toki
mavjud bo‘ladi va u quyidagi zanjir orqali o‘tadi: "+" qutb - "V" qisqich - uyg‘otish chulg‘ami U
CH
- "SH"
qisqich - qo‘shma tranzistor VT2-VT3 ning kollektor - emitter o‘tish joyi - "massa" - "−"qutb.
Generator kuchlanishi belgilangan qiymatga yetganda, stabilitron VD1 va tranzistor VT1 ochiladi.
Ochiq tranzistor VT1 ning kollektor-emitter o‘tish joyi qarshiligi juda kichik bo‘lganligi tufayli unga
parallel ulangan, VD2 va R6 dan tashkil topgan zanjirdan o‘tayot-gan tok kuchi keskin kamayadi.
Natijada, qo‘shma tranzistor VT2-VT3 ning baza va emitterining manfiy potentsiali bir-biriga teng bo‘lib
qoladi, qo‘shma tranzistor VT2-VT3 yopiladi va uyg‘otish toki zanjiri uziladi. Generator kuchlanishi
kamaya boshlaydi. Kuch-lanish ma’lum belgilangan qiymatgacha kamayganda stabilitron va VT1 tranzistor
yopila di, qo‘shma tranzistor VT2-VT3 ochiladi, uyg‘otish chulg‘amiga yana tok o‘ta boshlaydi. Bu jarayon
davriy ravishda qaytariladi. R4 va C1 dan iborat bo‘lgan teskari aloqa zanjiri tranzistorlarning ochilib-
yopilishi tez va ravon bo‘lishini ta’minlash uchun xizmat qiladi. C2 kondensator filtr vazifasini bajaradi.
VD3 diod, qo‘shma tranzistor VT2-VT3 keskin berkilganda uyg‘otish chulg‘amida hosil bo‘ladigan
o‘zinduktsiya EYUK ni so‘ndiradi va shu tarzda qo‘shma tranzistorni kuyishdan saqlaydi.
Elektronikaning oxirgi yillarda jadal rivojlanishi, elektron asboblarni yaratishda yangi texnologiyalarni
joriy qilinishi kuchlanish rostlagichlarning yangi avlodini yaratilishiga olib keldi. endi avtomobillarda
ishlatilayotgan rostlagichlarni ikki guruhga bo‘lish mumkin:
a) an’anaviy sxema bo‘yicha yig‘ilgan, chiqish tranzistorini ochilib-yopilish chastotasi generatorning ish
rejimi bilan bog‘liq bo‘lgan rostlagichlar;
b) kenglik-impulsli modullash (KIM) printsipiga asoslangan va chiqish tranzistorini ochilib-yopilishi
barqarorlashtirilgan rostlagichlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |