kuchlanish rostlagichlari bajaradi. Ishlash printsipiga ko‘ra rostlagichlar quyidagi guruhlarga
bo‘linadi: kontaktli (vibrasiyali), kontakt-tranzistorli , kontaksiz-tranzistorli va integral.
Elektromagnitli kuchlanish rostlagichining sxemasi 2.14-rasmda berilgan. Uning magnit tizimi U
shaklidagi yarmo 8, chulg‘am 7 o‘ralgan o‘zak 3 va yakorcha 4 dan iborat. O‘zak, yarmo va yakorcha
16
yuqori magnit o‘tkazuvchanlik xususiyatiga ega bo‘lgan
kam uglerodli po‘latlardan tayyorlangan. CHulg‘am 7
generatorning to‘la kuchlanishiga ulangan. Prujina 6
yakorcha 4 ni tortib, kontaktlar 2 ni tutash holda ushlab
turadi.
Rostlagichning
volframdan
tayyorlangan
kontaktlari 2 yakorcha va yarmo orqali generatorning
uyg‘otish chulg‘ami U
ch
zanjiriga ketma-ket ulangan.
Kontaktlarning biri yakorcha 4 ga, ikkinchisi esa
qo‘zg‘almas plastina 1 ga mahkamlangan. Kontaktlarga
parallel, uyg‘otish chulg‘amiga esa ketma-ket qo‘shimcha
qarshilik R
q
ulangan. Yakorcha 4 termobimetall plastina
(TBP) 5 ga joylashtirilgan. elektromagnit kuchlanish
rostlagichlarida etalon kattalik vazifasini prujina 6 ning
tortish kuchi, o‘lchov elementi vazifasini esa generator
ishlab chiqqan kuchlanishdan ta’sirlanuvchi rostlagichning chulg‘ami 7 bajaradi.
Rostlagichning ishlash printsipi . O‘t oldirish kaliti O‘OK ulanganda tok akkumulatorlar
batareyasidan tutash kontaktlar 2, yakorcha 4, yarmo 8, ya’ni qarshiligi kam bo‘lgan zanjir orqali uyg‘otish
chulg‘amiga keladi va uning atrofida magnit maydonni hosil qiladi. Ayni vaqtda tok elektromagnitning
chulg‘ami 7 ga ham keladi va o‘zak 3 ni magnitlaydi. Generatorning kuchlanishi U
G
belgilangan rostlanish
kuchlanishi U
R
dan kam bo‘lganda (U
G
< U
R
), prujina 6 kontaktlar 2 ni tutash holda ushlab turadi, chunki
o‘zak 3 da hosil bo‘lgan magnit maydonining yakorni tortish kuchi prujinani tortish kuchidan kam bo‘ladi.
Rotorning aylanishlar chastotasi ortishi bilan generatorning kuchlanishi ham o‘sib boradi. Generator
kuchlanishining ortishi rostlagichning chulg‘ami 7 dagi tok kuchini ham ortishiga va o‘zak 3 ni kuchli
magnitlanishiga olib keladi. Bu jarayon davom etib, generator kuchlanishi U
G
ning qiymati rostlanish
kuchlanishi U
R
dan ( U
G
> U
R
), ortgan, ya’ni o‘zak 3 magnit maydonining tortish kuchi prujina 6 ning
tortish kuchidan ortgan vaqtda kontakt 2 uziladi.
Kontakt 2 uzilishi bilan generatorning uyg‘otish chulg‘ami zanjiriga ketma-ket qo‘shimcha qarshilik
R
q
ulanadi, natijada uyg‘otish chulg‘amidan o‘tayotgan tok miqdori keskin kamayadi. Bu esa o‘z
navbatida, uyg‘otish chulg‘ami atrofidagi magnit oqimining susayishiga va generatorning stator
chulg‘amlarida induktsiyalanayotgan EYUK qiymati, demak kuchlanishning taxminan 0,1-0,4 V ga
kamayishiga olib keladi. Generator kuchlanishining pasayishi bilan rostlagich chulg‘ami 7 dan o‘tayotgan
tok va o‘zak 3 dagi magnit maydonning tortish kuchi kamayadi va natijada prujina 6 ning tortish kuchi
ta’sirida rostlagich kontaktlari yana tutashadi. Tok uyg‘otish chulg‘amiga yana qarshiligi kam bo‘lgan
zanjir, ya’ni yakorcha va yarmo orqali uzatiladi, uyg‘otish chulg‘amidan o‘tayotgan tok ortadi, uning
atrofida hosil bo‘layotgan magnit oqim kuchayadi va, demak, generatorning kuchlanishi yana o‘sadi.
Generator kuchlanishining o‘sishi rostlagich chulg‘amidan o‘tayotgan tok kuchini oshiradi, o‘zakning
magnitlanishi kuchayadi va u yana yakorchani o‘ziga tortib, kontaktlarni uzadi. Shunday qilib,
elektromagnit rostlagich ishlayotganda uning kontaktlari ~60-80 gts chastota bilan davriy ravishda tutashib-
uzilib turadi va rotorning aylanishlar chastotasiga bog‘liq holda, uyg‘otish tokining qiymatini o‘zgartirib
turadi.
Generator elektromagnit kuchlanish rostlagisi bilan ishlaganda, rostlanayotgan kuchlanishining
o‘rtacha qiymatini hisoblash formulasi quyidagi ko‘rinishga ega:
pr
o
o
F
w
r
c
U
. (2.1)
Buyerda,
c– generatorning konstruktsiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan doimiy koeffitsient;
r
o
va
w
o
- mos
ravishda rostlagich asosiy chulg‘amining qarshiligi va o‘ramlar soni;
- o‘zak 3 bilan yakorcha 4 orasidagi
tirqish; F
pr
- prujina 6 ning tortish kuchi.
(2.1) ifodadan ko‘rinib turibdiki, agar rostlagich chulg‘ami qarshiligi r
o
ni temperatura ta’sirida
o‘zgarishi hisobga olinmasa, generatorning rostlanayotgan kuchlanishi faqat o‘zak bilan yakorcha orasidagi
tirqish
va prujinaning tortish kuchi F
pr
ga bog‘liq bo‘ladi.
Demak, generatorning rostlanayotgan kuchlanish qiymatini o‘zgartirish uchun yo prujinani tortish kuchi
F
pr
ni (asosiy usul), yoki havoli tirqish
ni o‘zgartirish zarur.
Yuqorida ko‘rib o‘tilgan elektromagnitli kuchlanish rostlagichi bir qator afzalliklari, chunonchi
tuzilishining nisbatan soddaligi, tannarxining pastligi va foydali ish koeffitsientining ancha yuqoriligi bilan
birga jiddiy kamchiliklarga ham ega. Birinchidan, tebranuvchi kontaktlarning borligi, ulardan o‘tishi
2.14-расм. Электромагнит кучланиш
ростлагичи
17
mumkin bo‘lgan uyg‘otish toki qiymatini 1,5-1,8 A bilan cheklaydi va hozirgi zamon quvvati nisbatan katta
bo‘lgan o‘zgaruvchan tok generatorlarini, bu turdagi rostlagichlar bilan birga ishlash imkonini bermaydi.
Ikkinchidan, bu rostlagichlarda generatorning rostlanilayotgan kuchlanishi qiymatini belgilovchi
element - prujinaning tortish kuchidir (rostlagichning asosiy tenglamasi 2.1 ga qarang). Rostlagichning
ishlash jarayonida vaqt o‘tishi bilan muqarrar ravishda prujinaning qayishqoqligi susayadi, binobarin,
uning tortish kuchi ham o‘zgara boshlaydi. Natijada, rostlanilayotgan kuchlanish qiymati ham oldin
belgilangandan ancha kamayib ketish hollari yuzaga kelib, bu akkumulatorni zaryad qilinmay qolishiga va
muddatidan oldin ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin. Xullas, elektromagnitli rostlagichda kontaktlar
va prujinaning borligi ularning ishonchlilik darajasini ancha pasaytiradi va doimo nazorat qilib, zarurat
tug‘ilganda prujinaning tortish kuchini rostlab turishni talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: