qobiqqa yig‘iladi (3.1-rasm). YAxlit qobiq 12 kislotaga chidamli, mexanik mustaxkamligi va izolyatsiya
YAxlit qobiq bo‘linmasiga joylashtirilgan va qopqoq bilan yopilgan plastinalar bloki nominal
kuchlanishi 2 V bo‘lgan akkumulator elementini tashkil qiladi. Akkumulator elementlar aro qo‘rg‘oshin
ulagichlar yordamda batareyaga birlashtiriladi. Qopqoqlar alohida bo‘lgan akkumulatorlarda ulagichlar
tashqaridan, ya’ni qopqoqlarni ustidan o‘tadi. Akkumulatorlarni ketma-ket ulab batareya hosil qilish uchun
ulagichning bir uchi musbat plastinalar yarim blokining bortiga kavsharlanadi, ikkinchi uchi esa keyingi
bo‘linmada joylashtirilgan manfiy plastina yarim blokining bortiga kavsharlanadi va xakozo. Ikkita eng
chekkadagi akkumulatorning bornlariga qutb chiqish joylari va kavsharlanadi. Musbat va manfiy chiqish
joylarining diametri har hil qilib ishlangan bo‘lib, bu akkumulatorlarni avtomobilning tok tarmog‘iga to‘g‘ri
Ko‘p yillar davomida yaxlit qobiq yasash uchun ebonit ishlatildi. ebonit kislotaga chidamli va yaxshi
izolyator, lekin uning zarur mexanik mustahkamligini ta’minlash uchun devorchalarining qalinligi 9...12 mm
bo‘lishi kerak. Bu batareyaning vaznini ortib ketishiga olib keladi. Bundan tashqari, atrof muhitning harorati
pasayishi bilan ebonit juda ham mo‘rt bo‘lib qoladi. Shu sababli hozirgi vaqtda yaxlit qobiqlar termoplast
(to‘ldirilgan polietilen), polipropilen va polistorol kabi materiallardan tayyorlanmoqda. Bu materiallarning
yuqori mustahkamligi yaxlit qobiq devorchalarining qalinligini 1,5…3,5 mm gacha va batareyaning
og‘irligini esa 5 barobar kamaytirish imkoniyatini beradi. Plastmassadan tayyorlangan yaxli qobiqningyetarli
darajada tiniqligi batareyadagi elektrolit sathini bemalol tashqaridan nazorat qilish imkonini beradi.
23
YAxlit qobiqning bir-biridan ajratilgan
bo‘linmalarida bir blokga yig‘ilgan plastinalar
2, 3 va separatorlar 1 joylashtiriladi. Oddiy
separatorli batareyalarda har bir bo‘linmaning
pastki qismida musbat va manfiy plastinalar
tayanadigan to‘rtta qovurg‘a 13 o‘rnatilgan
bo‘lib,
ularning
orasida
hosil
bo‘lgan
bo‘shliqda batareyaning ishlash jarayonida
plastinalardagi
aktiv
massadan
uqalanib
tushadigan cho‘kma yig‘iladi va plastinalar aro
qisqa tutashuv bo‘lishidan saqlaydi.
Elektrolit sathini yoki zichligini o‘lchash
jarayonida plastinalar hamda separatorning
yuqori
qisminiyemirilishdan
saqlash
maqsadida ular ustiga kislotaga chidamli
plastmassadan
tayyorlangan
g‘alvirsimon
saqlovchi to‘siq 5 o‘rnatiladi.
Ebonit yoki plastmassadan tayyorlangan
qopqoq
7
akkumulatorlarning
alohida
bo‘linmalarini yopadigan qilib tayyorlanadi.
Alohida qopqoqning atrofi kislotaga chidamli
maxsus bitumli mastika bilan zichlashtiriladi.
Har bir qopqoqning uchta doirasimon tuynugi
bo‘lib, ikkita chekkasidagi plastina yarim bloklarining qutb quloqchalarini chiqarish uchun mo‘ljallangan
bo‘lsa o‘rtadagi rezbali tuynuk akkumulatorga elektrolit, distillangan suv quyish, elektrolit sathi va
zichligini o‘lchash uchun xizmat qiladi. Plastina yarim bloklarining qutb quloqchalarini kavsharlash va
tegishli germetik zichligini ta’minlash maqsadida qopqoqning ikki chekkadagi tuynugiga qo‘rg‘oshin
halqalar preslanib joylashtiriladi.
Akkumulatorlarning rezbali tiqinlari ebonitdan, polietilendan, polistirol yoki fenolitdan tayyorlanadi.
Ish jarayonida akkumulatorlar ichida hosil bo‘ladigan gazlarni tashqariga chiqishi uchun tiqinlarda maxsus
shamollatish tuynugi qo‘yiladi. Avtomobil harakatlanganda elektrolit chayqalib shamollatish tuynugi orqali
sachramasligi uchun tiqinning pastki qismida to‘siq o‘rnatiladi. YAngi konstruktsiyaga ega bo‘lgan
tiqinlarda to‘siq gulbarg shaklida ishlangan. Akkumulator qopqoqi bilan tiqin orasidagi zichlik rezina halqa
yoki zichlashtiruvchi quyim yordamida ta’minlanadi.
Akkumulator elementi musbat va manfiy plastinalardan yig‘ilgan. Plastinaning asosini qo‘rg‘oshin
panjara tashkil qilib, u aktiv massadan tok uzatish (razryad), tok qabul qilish (zaryad) va aktiv massani
mexanik ushlab turish vazifasini bajaradi. Plastina panjarasi (3.2-rasm) ramka 2, vertikal qovurg‘alar 4 va
gorizontal paychalar 6, quloqchalar 1 va ikkita
oyoqchalari 3 dan tashkil topgan. Qovurg‘alar
diogonal 5 holatda ham bo‘lishi mumkin.
Gorizontal
paychalar
odatda
vertikal
qovurg‘alarga nisbatan ingichkaroq bo‘lib,
shaxmat
tartibda
joylashtiriladi.
Ramka
qovurg‘a va paychalarga nisbatan ancha
yo‘g‘on qilib ishlanadi.
Plastina panjarasi qo‘rg‘oshindan quyish
yo‘li bilan tayyorlanadi. Panjaraning mexanik
mustahkamligini, korroziyaga chidamliligini
oshirish,
quyilish
xususiyatini
yaxshilash
maqsadida qo‘rg‘oshinga 4…6% surma va
0,1...0,2% mishyak qo‘shiladi. Masalan,
qo‘rg‘oshinga 5 % surma qo‘shilishi plastina
panjarasining mustahkamligini ikki marta,
uzilishga qarshiligini esa 3-4 barobar oshiradi.
To‘rsimon tortilgan panjara (3.2-rasm, e)
o‘ram ko‘rinishidagi qo‘rg‘oshin tasmasidan
maxsus
qurilmada
tayyorlanadi.
Bunday
3.1- rasm. Oddiy tuzilishli akkumulator batareyasi
1-separator, 2- musbat plastinalar, 3 - manfiy
plastinalar, 4 - baretka, 5 - saqlovchi to‘siq, 6 -
ko‘prikcha, 7 - qopqoq, 8 - elektrolit va distillangan suv
quyish tuynugi, 9 – elementlar aro ulagich, 10 - tiqin,
11 - qutb qulog‘i, 12 – yaxlit qobiq, 13 - tayanch
qovurg‘asi.
3.2.-rasm. Akkumulator plastinasining panjaralari:
Do'stlaringiz bilan baham: