«Xizmat ko‘rsatilmaydigan» akkumulatorlar batareyasi. Oddiy qo‘rg‘oshin-kislotali
akkumulator batareyalariga xos kamchiliklarning (elektrolit sathining tez kamayib ketishi, musbat qutbli
plastinalarning tezyemirilishi, o‘z-o‘zidan razryad bo‘lishi va hokazo) ko‘pchiligi plastina panjaralari
tarkibida 4...6% surma borligidan kelib chiqadi.
Surma elektrolit tarkibidagi suv elektroliz bo‘lishiga katalizator sifatida ta’sir qiladi. Suv vodorod va
kislorodga parchalanish potentsialini generatorning ishchi kuchlanishlari darajasigacha pasaytirib, surma
akkumulatordan gazlar ajralib chiqishni tezlatadi. Natijada, akkumulatordagi elektrolit sathi nisbatan tez
pasayadi, ajralib chiqayotgan gazlar musbat plastina panjaralari, qutb quloqlari va avtomobillarning metall
qismlari korroziyalanishiga olib keladi.
Oddiy akkumulyator batareyalarining yuqorida keltirilgan kamchiliklarini bartaraf qilish maqsadida
"xizmat ko‘rsatilmaydigan" akkumulyatorlar ishlab chiqildi. "Xizmat ko‘rsatilmaydigan" akkumulyatorni
ishlab chiqishdagi izlanishlar asosan gaz ajralib chiqishini tezlatuvchi plastinalar tarkibidagi surmani
butunlay istisno qilishga yoki miqdorini kamaytirishga yo‘naltirildi. Ilmiy tadqiqotlarning natijalari,
plastina panjaralari qo‘rg‘oshin-kaltsiy-qalay qotishmasidan tayyorlansa, akkumulyatordan ajralib
chiqayotgan gaz miqdori juda kam bo‘lishini ko‘rsatdi. Hozirgi vaqtda sanoatda ishlab chiqarilayotgan
"xizmat ko‘rsatilmaydigan" turdagi akkumulyator batareyalarda manfiy plastina panjaralari qo‘rg‘oshindan
quyilib unga 0,06-0,09% atrofida kaltsiy va 0,1-1,0% gacha qalay qo‘shiladi. Musbat plastinalarning
panjarasi esa qo‘rg‘oshin, 1,25% surma va 1,5% kadmiydan tashkil topgan.
Plastina panjaralarini qo‘rg‘oshin-kaltsiy-qalay qotishmasidan tayyorlash, akkumulyator ishlab
chiqarish jarayonini to‘la o‘zgartirishni taqozo qiladi. Shuning uchun, akkumulyatorlarni ishlab
chiqarishdagi yo‘lga qo‘yilgan texnologik jarayonni saqlab qolish bilan bir vaqtda uning xususiyatlarini
yaxshilash maqsadida, plastina panjaralari tarkibidagi surma miqdori 2,0-2,5% gacha kamaytirilib,
panjaralarni mustahkamligini oshirishga mo‘ljallangan legirlovchi qo‘shimchalar qo‘shish bilan
cheklaniladi. Bu usulda tayyorlangan akkumulyatorlar "kam xizmat ko‘rsatiladigan" akkumulyator deb
yuritiladi va ularda gaz ajralib chiqishi, odatdagi akkumulyatorlarga nisbatan bir necha barobar kam bo‘ladi.
90 yillarning oxirida AQSH va g‘arbiy yevropada har ikkala plastina panjaralari qo‘rg‘oshin-kaltsiyli
qotishmadan tayyorlangan va ko‘p komponentli legirovchi elementlar, shu jumladan kumush qo‘shilgan
batareyalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Bu akkumulatorlar kuchli razryad qilinganda ham qo‘rg‘oshin-
kaltsiyli texnologiya bo‘yicha tayyorlangan birinchi avlod batareyalariga nisbatan sig‘imini kamroq va
sekinroq yo‘qotish qobilyatiga ega bo‘ldi. Bu batareyalarda suvning sarfi juda kam bo‘lganligi uchun
26
qopqoqdagi suyuqlik quyish teshiklari olib tashlandi va
akkumulator
butun
ishlash
davrida
mutlaqo
suv
quyilmaydigan holga keltirildi.
Albatta batareyalar konstruktsiyasining bu darajada
o‘zgarishi va xizmat ko‘rsatilmaydigan akkumulator-
larning
imkoniyatlaridan
to‘la
foydalanish
uchun
avtomobilning generator qurilmasi benuqson ishlashi,
belgilangan zaryad kuchlanishi ±0,1V aniqlik bilan
barqaror ta’minlanishi zarur bo‘ladi. Shuning uchun
avtomobillarni ishlatish davrida generator va kuchlanish
rostlagichlarini me’yorida ishlashiga, elektr jihozlarda
tokni oqib ketish hollari bo‘lmasligiga katta e’tibor berish
kerak.
"Xizmat ko‘rsatilmaydigan" va "kam xizmat
ko‘rsatiladigan" akkumulatorlarda separatorlarning yangi turi - "separator-konvert" (3.3-rasm,b)
o‘rnatilmokda. Bu separatorlar yuqori g‘ovoklikga ega bo‘lgan polietelendan konvert ko‘rinishida
tayyorlanib, ikki yoni va ostki qismi kavsharlangan bo‘ladi. Separator-konvertga akkumulatorning musbat
qutbli (ba’zi hollarda manfiy qutblisi) plastinasi joylashtiriladi. Bu ko‘rinishdagi separatorlarni qo‘llash,
elektrodlarning aktiv massasidan to‘kiladigan cho‘kmalar orqali plastinalar orasida qisqa tutashuv bo‘lishini
istisno qiladi. Natijada, akkumulator yaxlit qobig‘ining tubidagi qovurg‘alarga ehtiyoj yo‘qoladi. Separator-
konvertlar ishlatilishi, plastina bloklarini bevosita akkumulator qobig‘ining tubiga joylashtirish va shuni
hisobiga qobiq balandligini o‘zgartirmasdan plastinalar yuzasini hamda akkumulatorga quyiladigan
elektrolit miqdorini oshirish imkonini beradi .
«Xizmat ko‘rsatilmaydigan» batareya plastinalarini shaklanish jarayoni odatda blok usulida amalga
oshiriladi. Bu usulda akkumulator batareyasi avval to‘la yig‘iladi, keyin unga zichligi 1,25 g/sm
3
bo‘lgan
elektrolit quyiladi va tasdiqlangan tartibda plastinalarni shakllanishi o‘tkaziladi.
"Xizmat ko‘rsatilmaydigan" akkumul-atorlarning ba’zi turlari elektrolit quyiladigan tuynuksiz, ichki
bo‘shlig‘i atrof muhitga umumiy qopqoqning chekka qismidagi kichik shamollatish teshiklari orqali
bog‘langan bo‘ladi. Bu akkumulatorlarning razryadlanganlik darajasini elektrolit zichligi orqali aniqlash
imkoniyati yo‘q. Shuning uchun, bunday akkumulatorlarning qopqog‘ida maxsus razryadlanganlik
ko‘rsatkichi - indikator o‘rnatiladi (3.4-rasm). Indikator shaffof yorug‘lik o‘tkazgichdan tashkil topgan
bo‘lib, uning pastki qismiga bitta yoki ikkita rangli zo‘ldirli (odatda zo‘ldircha bitta bo‘lsa rangi yashil
bo‘ladi, ikkita bo‘lsa biri yashil, ikkinchisi esa qizil rangda bo‘ladi) kasseta joylashtirilgan. Zo‘ldirchalar
kassetaning qiya kanallarida yuqoriga va pastga harakatlanishi mumkin. Zo‘ldircha kislotaga chidamli
polimerdan yasalgan bo‘lib, uning zichligi akkumulatorni ishlatish jarayonida elektrolitning yo‘l qo‘yilishi
mumkin bo‘lgan eng minimal zichligiga teng qilib olinadi. Akkumulatorning zaryadlanganlik darajasi 65%
dan yuqori bo‘lsa, elektrolitning zichligi yashil zo‘ldircha materialining zichligidan yuqori bo‘ladi va
zo‘ldircha kassetaning yuqori qismga alqib chiqadi. YOrug‘lik o‘tkazgichdan tushgan nur zo‘ldirchadan
qaytib indikatorning ko‘zchasiga yashil rang beradi (3.4-rasm, a).
Batareya razryadlanib, elektrolitning zichligi kamaysa, zo‘ldircha kasseta kanalining pastki qismiga
cho‘kadi va yorug‘lik o‘tkazgichdan tushgan nur elektrolitdan qaytib indikatorning ko‘zchasini qora rangga
bo‘yaydi (3.4-rasm, b).
Agar elektrolit sathi belgilangan me’yordan pasayib ketsa, zo‘ldircha kasseta kanalining paski qismida
bo‘ladi va yorug‘lik o‘tkazgichdan tushgan nur kassetaning yuqori qismi, ya’ni plastmassadan qaytadi va
indikator ko‘zchasi oq yoki sariq rangga buyaladi (3.4-rasm, c). Bu akkumulator batareyasini darhol
diagnostika qilish va elektrolit sathini me’yordan pasayib ketish sababini aniqlashni taqozo qiladi.
Zaryadlanganlik darajasini ko‘rsatuvchi indikatordan olinadigan ma’lumot oltita bankadan faqat
bittasiga, ya’ni indikator o‘rnatilgan bankaga tegishli bo‘ladi. Agar batareyaning indikator o‘rnatilmagan
bankalarida nosozlik yuzaga kelsa indikator buni aks ettirmaydi.
Akkumulatorlarning belgilanishi. MDX davlatlarida akkumulatorlar sobiq ittifoqda tasdiq-langan
ГОСТ 959-91 asosida ishlab chiqariladi. 2003 yil iyul oyidan Rossiyada yangi standart ГОСТ 959-2002
kiritilib, bu me’yoriy xujjatga ko‘ra akkumulatorlar quyidagicha belgilanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |