3. Missiya loyihasini muhokama etish. Bu bosqichning muhim xususiyati,
muhokama uchun imkoni boricha ko‗proq odamlarni (xodimlar, ota- ona, ish beruvchi) jalb
etish hisoblanadi. Lekin, ko‗pchilik bilan bir qarorga kelish juda qiyin kechadi. Shu bois,
bu bosqichda turli usul va vositalardan unumli foydalanish talab etiladi. Masalan, bahs-
munozara uchun alohida guruh tashkil etish, yozma takliflarni olish uchun alohida
toifalarga ajratish yoki so‗rovnomalar o‗tkazish kabilar. Natijada, barcha takliflar o‗rganib
chiqilib, umumiylari ajratib olinadi. Ulardan eng muhimlari ajratib olinadi va ular
missiyada aks ettiriladi. Shundan so‗ng missiya matni shakllantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |