91
SABZAVOT
OʻSIMLIKLARINING
TOʻPGULLARI,
TUGUNCHALARI
VA
MEVALARINING
TUZILISHI.
Darsning maqsadi:
savbzavot ekinlarini toʻpgullari,
tugunchalari va
mevalarining tuzilishi, urugʻ va urugʻlarni yetilish belgilari bilan tanishish.
Asosiy tushunchalar:
Sabzavot ekinlarini toʻpgullari, tugunchalari va
mevalarining tuzilishi. Sabzavot ekinlarini urugʻlarining yetilishi, yetilish belgilari
va bir-biridan farqlari.
Seleksiya va urugʻchilik ishlarini olib borish uchun oʻsimliklarning
changlanish xususiyatlarini bilish kerak. Buning uchun esa ularning gulining
tuzilishini bilish talab etiladi. Sabzavot ekinlarining ba‟zilari oʻzidan, boshqalari
chetdan changlanadi.
Chetdan changlanuvchi oʻsimliklar gulining tuzilishi. Koʻp sabzavot ekinlari
chetdan changlanadi. Chetdan changlanuvchi bunday oʻsimliklarda koʻp hollarda
bichish lozim boʻlmaydi, lekin bunday o`simliklarni yoki ularning gullarini qat‟iy
izolyatsiya qilish kerak. Chetdan changlanuvchi oʻsimliklarda oʻzidagi bitta guldan
(avtogomiya) va shu oʻsimlikning boshqa gulidan changlanishga (geytenogamiya)
toʻsqinlik qiluvchi bir necha sabablari mavjud:
Masalan: sparja va shpinat ikki uyli oʻsimliklar boʻlgani uchun,
makkajoʻxori va qovoqdoshlarda – gullari bir jinsli boʻlgani uchun, boshqa chetdan
changlanuvchi oʻsimliklarda esa – gulining noto`g`ri tuzilishi sabab boʻladi.
Bu omillardan eng koʻp tarqalgani dixogamiyadir (changdonlar va
urugʻchining bir vaqtda yetilmasligi).
Masalan: piyoz, lavlagi, sabzida changdonlar oldin yetiladi – proterandriya,
turp, sholgʻom va joʻxorida birinchi boʻlib urugʻchi yetiladi – protogeniya,
gerkogomiyada – changdonlar va urugʻchi shunday joylashadiki, chang urugʻchiga
tusha olmaydi (sholgʻom va karam), geterostiliyada – urugʻchi
changdondan
balandda joylashgan (gulning notoʻgʻri tuzilishi). Bulardan tashqari, chetdan
changlanuvchi oʻsimliklar uchun urugʻchiga tushgan changdonlarning oʻsish
qobiliyati boʻlmasligi xos. Bunda changlar oʻsmaydi yoki ularning urugʻlantira
olish qobiliyati yoʻq boʻladi.
92
Karam – guli ikki jinsli, oʻrtacha kattalikda shingilga toʻplangan.
Kosabarglari va tojibarglari toʻrttadan, tojibarglari tekis yoki kuchsiz toʻlqinsimon
oq-sariq rangli, keng yoki tor silindrsimon shaklda, oltita changchisi boʻlib
ularning ikkitasi (chekkada joylashgani) kalta, toʻrttasi (ichki) uzunroq. Uzun
changchilari tagida nektarniklari bor. Urugʻdon tumshuqchasi ikki uyali. Urugʻchi
gulgʻuncha ichidayoq yetiladi. Changdonlar esa gul ochilgandan 3-4
soat keyin
yoriladi. Ob-havo sharoitiga qarab gulning gullash davomiyligi 3 kun, shingilniki
15-30 kun, oʻsimlikniki 25-60 kunni tashkil qildi.
Karamdoshlar oilasiga kiruvchi sholgʻomcha, turp va sholgʻomning gullari
ham karamnikiga oʻxshash boʻlib tojibarglarining rangi ildizmeva rangi bilan
bogʻliq.
Masalan: sholgʻomning sariq magʻzli turlarida gullari ochiq sariq, oq
magʻzli turlarida yashilsimon sariq rangda boʻladi.
Piyozning gullari oq yoki yashilsimon oq rangda bo`lib, urugʻchisi kichik,
oltita
changdoni bor, sariq yoki yashil, toʻrt qirrali, bir vaqtda yetilmaydi.
Chekkadagi uchta changdon gul ochilgandan soʻng 10-14 soatdan keyin, oʻrtasida
uchtasi gul ochilgandan soʻng 14-28 soatdan keyin yetiladi. Hamma changdonlar
yetilgandan soʻng urugʻchi tayoqchasi kengayib yetiladi. Gullash davomiyligi –
soyabonda 10-12 kun, oʻsimlikda 30-50 kunni tashkil qiladi.
Sabzi guli ikki jinsli, lekin alohida gulli shakllari ham uchraydi. Sabzi gullari
mayda boʻlib soyabonning birlashgan shoxida birinchi boʻlib oʻrtadagi,
keyin esa
chekkadagi gullar ochiladi. Soyabonda esa birinchi boʻlib chekkadagi, keyin ichki
gullar ochiladi. Beshta changchisi bor, ikkita urugʻchisi, tojibarglari kalta,
gulkosalarning shakli yoʻqolgan. Changlar gullar ochilish vaqtida yetiladi. Changchi
iplari choʻzilib
osilib qoladi va quriydi, Ertasiga urugʻchi yetiladi. Gullash 4-5 kun,
soyabonda 10-15 kun, oʻsimlikda 25-50 kun davom etadi.
Bodring – gullari alohida (ayrim jinsli) erkak gullari tuplarga birlashgan
changdonlari beshta, shundan ikkitasi juft, bitta alohida, urgʻochi gullari kattaroq,
urugʻchisi tuklangan.
Gulkosa sariq, boshoqsimon, beshta tojibargi bor, pastki qismi
birlashgan va kosachalar bilan birlashgan, urugʻchi tumshuqchasi 3-5 boʻlakli. Gullar
93
ertalab soat 6-10 da ochiladi. Erkak gullar kun boʻyi ochiq turadi, ertasi kuni yopiladi
va 1-2 kundan keyin quriydi. Urgʻochi gullari ertasi kuni ham ochiq turadi lekin
tojibarglari biroz soʻliydi, changlanmagan gullarda esa bu barglar 3-4 kun oʻz holatini
yoʻqotmaydi. Changlar oʻsimlikda 2 kun, yig`ib olingandan soʻng esa 4 soat
changlash qobiliyatini saqlaydi. Lekin +27
0
С dan yuqori haroratda changlar nobud
boʻladi.
Lavlagi – guli ikki jinsli, mayda boʻlib,
changdonlar soni beshta, urugʻchi
tumshuqchasi 2-3 ta. Changlar 4-7 kun changlash qobiliyatini, urugʻchisi esa
urugʻlanish qobiliyatini gul ochilgandan keyin 12-17 kun saqlaydi. Oʻsimlikda
gullash 30-50 kun davom etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: