82
SAVBZAVOT EKINLARINI DURAGAYLASH. GULLARNING
TUZILISHI VA GULLASH JARAYONINI OʻRGANISH
Darsning maqsadi:
Savbzavot ekinlarini duragaylash tartibi bilan tanishish.
Oʻzidan va chetdan changlanuvchi oʻsimliklar gulining tuzilishi va ba‟zi chetdan
changlanuvchi ekinlarning oʻzidan changlana olmasligining sabablari bilan
tanishish.
Asosiy tushunchalar:
Sintetik seleksiya amaliyotida duragaylash usuli bilan
seleksion material yaratish uchun dastavval ota-ona juftlar tanlanadi.
Duragaylashning muvaffaqiyati ota-ona juftlarini toʻgʻri tanlashga bogʻliq.
Sabzavot ekinlarining ba‟zilari oʻzidan, boshqalari chetdan changlanadi.
Changlanish deb, changdondan changning urugʻchi
tumshuqchasiga tushib uni
urugʻlantirishiga aytiladi. Seleksiya va urugʻchilik ishlarini olib borish uchun
oʻsimliklarning changlanish xususiyatlarini bilish kerak. Buning uchun esa
ularning gulining tuzilishini bilish talab etiladi.
Oʻzidan changlanuvchi oʻsimliklar gulining tuzilishi. Oʻzidan changlanuvchi
oʻsimliklarda changlanish bir gulning changidan shu gulning urugʻchisi
changlanadi. Bunday sabzavot ekinlariga koʻk noʻxat, loviya va salat kabi
oʻsimliklar kiradi. Pomidor, qalampir va boyimjonlarda urugʻlar ham oʻzidan, ham
chetdan changlanib hosil boʻlishi mumkin.
Oʻzidan changlanuvchi oʻsimliklar ba‟zan chetdan
ham changlanib qolishi
mumkin. Bunga gulning tuzilishidan tashqari tashqi sharoit ham ta‟sir koʻrsatishi
mumkin. Masalan, juda yuqori havo haroratida changdonlar tez qurib qoladi va
changlar changlash qobiliyatini yoʻqotadi. Hasharotlarning koʻpligi ham chetdan
changlanishning sababi boʻlishi mumkin.
Oʻzidan changlanuvchi oʻsimliklarni sun‟iy changlatilganda gullarini bichib,
ularni izolyatsiya qilish lozim boʻladi.
Ba‟zi oʻzidan changlanuvchi oʻsimliklarning gullari quyidagicha tuzilgan.
Koʻk noʻxat – guli ikki jinsli, qilichsimon. Changdonlar 10 ta, shularni 9 tasi
tarqalgan 1 tasi tik. Gulkosabarglari 5 ta bargchadan tashkil topgan, gultojibargi 5
ta. Ular oq, ba‟zan pushti, qizil, binafsha, gullash davomiyligi bir gulniki 3 kun,
83
o`simliklarda esa o`rtacha 10-50 kunni tashkil qiladi. Koʻk noʻxatning guli
protogenik boʻlib, yopiq oʻunchada birinchi boʻlib urugʻchi,
keyin changlar
yetiladi. Changlar 10-15 kun changlash qobiliyatini saqlaydi. Changdonlar va
urugʻchi qayiqcha ichida boʻlib bir - biriga yaqin joylashgan. Changdon yorilib
urugʻchini toʻliq qoplaydi. Faqat gul qayiqchasi shikastlangandagina chetdan
changlanish mumkin. Bu changdonlar yorilguncha yuz beradi.
Loviya – gulining tuzilishi va rangi koʻk noʻxatnikiga oʻxshash,
lekin biroz
kichikroq. Gullash toʻp gulchaning pastki tomonidan boshlanadi, oʻsimliklarning
gullash davomiyligi gulniki 2-3 kunni, shingilniki 10-14 kunini, o`simliklarda esa
o`rtacha 20-25 kunni tashkil qiladi. Changdonlar, urugʻining yetishi va changlanish
ochilmagan gulda oʻtadi.
Pomidor – oddiy gullarda tojibarg 5 qismli, boshoqsimon, sariq, oʻrtacha
kattalikda. Konus shaklida qoʻshilib oʻsgan 5 ta changdoni orasida urugʻchi
joylashgan. Changdonlar ichi fertil changlar bilan toʻla boʻlgan ikki uyali chang
qopchalaridan tuzilgan. Yetilgan changdon uzunasiga yoriladi. Urugʻchi 1 ta boʻlib
ingichka tayoqchasi bor. Urugʻchi tumshuqchasi
notekis och yashil, changdonlar
bilan bir xil balandlikda joylashgan. Urugʻchi changchilarga qaraganda 1-2 kun
ilgari yetiladi, oʻzidan suyuqlik chiqaradi. Gullarning qisman chetdan changlanishi
issiq vaqtda hasharotlar yordamida kechadi. Murakkab gullarda tojibarglar soni
koʻp, urugʻchi oʻsgan boʻladi. Kam shoxlanadigan oʻsimliklarda 4-12, kuchli
shoxlanadiganlarda esa 100-ta va koʻp gullar shakllanadi.
Ob-havo sharoitiga
qarab pomidor guli 5-6 kun ochiq boʻladi.
Qalampir – gullar uzun va kalta guloʻrinlarda joylashgan boʻlib alohida
joylashgan. Gulkosabarglari 5 ta, tojibarglari 5-9 ta, changdonlari 5 ta, kosabarglari
rangi oq-sariq, binafsha. Urugʻchidan changdonlar 2-12 soat ilgari yetiladi.
Boyimjon – gullari yakka yoki 2-10 tasi birlashgan 1-6 mm, gulkosabargi
qoʻngʻiroqsimon, tojibarglari 5-7 ta, binafsha rangli, uchlari oʻtkir
kesilgan yoki
uchi oʻtmas notekis shaklda. Changdonlari 5 ta, changchilar uzun, sariq, 2 ta
kamerali, urugʻchiga zich joylashgan, balandligi bir xil. Changdon va urugʻchi
gulning ochilishi arafasida bir vaqtda yetiladi.