74
boʻladi. Chunki bir oʻsimlikdan yigʻib olgan urugʻlar ogʻirligi va ekish sifatlariga
koʻra ham bir-biridan farq qiladi. Ana shu tafovutlar koʻp urugʻli
tarvaqaylab
ketgan karam, sholg`omcha, sabzi kabi sabzavotlarda ayniqsa katta boʻladi. Yirik
urugʻlar tezroq unib chiqadi, koʻchatlari dastlab yaxshi oʻsadi. Bu esa keyinchalik
oʻsimlikning tezroq oʻsishiga sabab boʻladi. Oʻsimlikning tez oʻsishi va
organlarining baquvvat boʻlishi natijasida uning belgilari ham oʻzgaradi.
Ekish sharoitiga qarab sabzavot ekinlarining oʻsishi va rivojlanishi ham
oʻzgaradi. Bu esa belgilarning xilma-xil boʻlishiga olib keladi. Har bir belgining
oʻzgarishi uni yuzaga keltiradigan genlar ta‟sirining xususiyatiga, ya‟ni muhitning
mazkur sharoitga ta‟sir koʻrsatishiga bogʻliq. Muhit oʻzgarganda oʻsimliklarning
deyarli barcha belgilari oʻzgarib ketadi. Biroq birgina belgining oʻzi
muhitdagi
turli omillarning namoyon boʻlish darajasiga turlicha ta‟sir koʻrsatadi. Belgilarning
oʻzgaruvchanlik darajasi ham bir xil emas, ba‟zilar muhit omillarining biroz
oʻzgarnshiga qarab oʻzgaradi (barglarning, hosil organlarning va urugʻlarning
katta-kichikligi), boshqa birlari kamroq oʻzgaradi (barglarning miqdori va
ildizmevadagi
halqalar soni, barglarning kesilganligi, oʻsimliklarning sertukligi),
uchinchi bir xillari umuman oʻzgarmaydi (barglarning rangi va shakli,
gulbarglarning, hosil organlarning rangi va shakli va boshqalar.).
Oʻsimliklarning barcha organlari bir-biri bilan chambarchas bogʻliq. Bu
organlardan ba‟zi birining oʻzgarishi boshqalarining oʻzgarishiga sabab boʻladi,
shunga qarab ularga xos belgilar ham oʻzgaradi. Bir belgining o`zgarishi bilan
boshqasining o`zgarishi korrelyatsiya deyiladi. Turli
genotiplarni bir-biri bilan
qiyoslaganda namayon bo`ladigan o`zgarishlar korrelyatsion oʻzgaruvchanlikka
kiritiladi.
Belgilar oʻrtasidagi aloqalar turlicha xarakterda boʻlib, korrelyatsiyaning
ikki shakliga kiritiladi:
Toʻgʻri chiziqli korrelyatsiya va egri chiziqli korrelyatsiya.
Toʻgʻri chiziqli korrelyatsiyada bir belgining oʻzgarishi mos holda boshqa
belgining oʻzgarishiga sabab boʻladi, egri chiziqli korrelyatsiyada ham bir
belgining oʻzgarishi boshqa belgining oʻzgarishiga olib keladi.
Lekin bunda
75
muayyan chegaragacha oʻzgarish roʻy beradi. Shundan soʻng oʻzgarish mutanosib
roʻy bermaydi yoki teskari oʻzgarish namoyon boʻladi.
Toʻgʻri chiziqli korrelyatsiyalar toʻgʻri, ijobiy, teskari yoki manfiy
bo
ʻ
lishi
mumkin.
Teskari korrelyatsiyada oʻzgarishlar turli yoʻnalishlarda namoyon
boʻladi. Masalan, sabzi oʻsuv davrining uzunligi va ildizmevaning uzunligi toʻgʻri
korrelyatsiyadir. Piyoz boshi qavatlari soni va qalinligi teskari korrelyatsiya
bo`yicha bog`liqlik deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: