O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Nasimxon rahmonov


uch soni ifodasida aniqroq o‘z ifoda-  sini topgan: 0 ‘g ‘uzning  uch



Download 16,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/430
Sana23.06.2023
Hajmi16,49 Mb.
#952986
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   430
Bog'liq
o\'zbek adabiyoti tarixi. raxmonov n. (1)

uch
soni ifodasida aniqroq o‘z ifoda- 
sini topgan: 0 ‘g ‘uzning 
uch
kun davomida yirtqichni poylagani voqeasi, 
0 ‘g‘uz xon o‘g‘illarining ismida aks etgan vertikal yo‘nalishdagi 
uch
qavatli olam, 0 ‘g‘uz xon tushida 
uch
kumush o‘qni ko‘rgani, o‘g‘illari 
topib olgan oltin yoyni 
uchga
bo‘lib o‘g‘illariga bergani, Ko‘k, Tog‘, 
Dengiz yo id a 
uchta
kumush o‘q topib olganlari va 0 ‘g‘uz xon o‘qlami 
uchala
o‘g‘illariga bo‘lib bergani.
Mifopoetik davr uchun olam daraxti yana shunisi bilan diqqat- 
ga sazovorki, u koinot (makrokosm) va inson (mikrokosm) o‘rtasida 
bogiovchi bo‘g‘in sifatida yuzaga chiqqan bo‘lib, ulaming kesishuv 
joyi hisoblanadi 
(Drevo mirovoe.
-
Mi/ы narodov mira, tom 1,405-b.).
“0 ‘g‘unoma”da daraxt kultining qizni 0 ‘g‘uz xon eliga keltirish lavhasi 
ayni shu davmi o‘zida ifoda etadi.
“O‘g‘uznoma”da tush motivi. 
“0 ‘g‘uznoma”da tush motivi ham 
doston tuzilishida alohida ahamiyatga ega. Qadimgi turkiylar tushni 
azaldan kundalik turmush bilan bog'laganlar. Tush - g‘ayribatiiy hodisa, 
Fol kitoblari buning dalilidir. “0 ‘g‘uznoma”da tush lavhasi quyidagicha 
ifodalanadi: “Ammo yoddan ko‘tarilmasinki, ma’lum bo‘lsinki, 0 ‘g‘uz 
xoqonning yonida oq soqollig‘, och sochlik, uzun bo‘yli, epchil bir keksa 
kishi bor edi, uquvli, dono bir odam edi, afsungar edi. Uning oti Ulug‘ 
Turk edi. Kunlardan bir kun Ulug‘ Turk uyqusida bir oltin yoy ko‘rdi,
117


yana uch kumush o‘q ko‘rdi. Bu oltin yoy kun chiqishdan kun botish- 
gacha tortilgan edi, yana bu uch kumush o‘q qorong‘ulik tomonga ketar 
edi. Uyqudan so‘ng Ulug‘ Turk tushida ko‘rganini 0 ‘g‘uz xoqonga bil- 
dirdi”. Ulug‘ Turk - shomon, tushni ta’birlash aynan shomonlarga xos. 
Ulug‘ Turk tushining ta’birini 0 ‘g‘uz xoqonga shunday bayon qiladi: 
“Ey xoqonim, senga uzoq umr ato qilsin. Ey xoqonim, senga davlating 
buyursin, abadiy ko‘k tangri berdi menga tushimda ay on, ezgulik keltir- 
sin, qo‘lga kiritilgan yerlarni urug‘iga bo‘lib bersin, dedi. 0 ‘g‘uz xoqon 
Ulug‘ Turkning so‘zini ma’qul ko‘rdi”.
Tush va uning ta’biri insoniyatning kundalik hayotni va kelajakni bi- 
lish haqidagi qarashlari ifodasidir. Ulug‘ Turkning tushi “0 ‘g‘uznoma” 
dostoni voqealarining yechimini hosil qiladi. 0 ‘g‘uz xon Ulug‘ Turkning 
tushi ta’biriga amal qilgan holda, mamlakatni o‘g‘illariga bo‘lib berdi. 
Mamlakatni qonun-qoidalar va marosimlarga rioya qilgan holda bo‘lib 
berdi. Zotan, “0 ‘g‘uznoma”da mamlakatni o‘g‘illarga bo‘lib berish 
voqeasi, qadimgi davr an’analariga ko‘ra, ma’lum bir udumlarga, urf- 
odatlar va inonch—e’tiqodlarga tayangan holda amalga oshirildi. Chunki 
shomon Ulug‘ Turkning tushi aynan inonch-e’tiqodlarga ishora qiladi.
“0 ‘g ‘uznoma”ning nihoyasida 0 ‘g‘uz xoqon udumlar va 
an’analarga rioya qilgan holda mamlakatni o‘g‘illariga bo‘lib beradi. 
Yana aytdiki, “Ey mening o‘g‘illarim, ko‘nglim ov qilmoqni istaydi, 
keksayganim uchun shuhratim yo‘qdir. Kun, Oy, Yulduz, tong sariga 
sizlar boringlar. Ko‘k, Tog‘, Dengiz, tun sariga sizlar boringlar, dedi. 
Shundan keyin uchovi tong sariga ketdilar, yana uchovi tun sariga ketdi- 
lar. Kun, Oy, Yulduz ko‘p kiyiklar, ko‘p qushlar ovlaganlaridan keyin, 
yo‘lda bir oltin yoyni topdilar, oldilar, otasiga berdilar. 0 ‘g ‘uz xoqon 
sevindi, kuldi, yana uni uchga bo‘ldi. Yana aytdiki, ey inilar, yoy bo'lsin 
sizlamiki, yoydan o‘qlami ko‘kka otinglar, dedi. Shundan keyin Ko‘k, 
Tog‘, Dengiz ko‘p kiyiklar ovlaganlaridan keyin, yo‘lda uch kumush o‘q 
topdilar. 0 ‘qlami olib, otasiga keltirib berdilar. 0 ‘g‘uz xoqon sevindi, 
kulib yana o‘qlami uchoviga bo‘lib berdi. Yana aytdiki, ey inilar, o ‘qlar 
bo‘lsin sizlamiki. Yoy o ‘qni otdi. 0 ‘qlarday sizlar bo‘ling, dedi...”
Oltin yoy - 0 ‘g ‘uz xoqon qo‘lga kiritgan davlatlar, uch kumush o‘q 
esa uning kichik xotinidan tug‘ilgan uch o‘g ‘li - Ko‘k, Tog‘, Dengiz. 
Birinchi xotinidan tug‘ilgan o‘g‘illariga - Kun, Oy, Yulduzga yoyni - yer 
yuzini bo‘lib berdi, kichik xotinidan tug‘ilgan uch o‘g‘liga - Ko‘k, Tog‘, 
Dengizga ishora qilingan tun esa yer osti olamini ifoda etadi. Uchta o‘q,
118


umuman, o‘q turkiy mifologiyada buyruqlami yetkazish uchun foyda- 
lanilgan39. Bundan kelib chiqadiki, 0 ‘g ‘uz xoqon o‘z o‘g ‘illari Ko‘k, 
Tog‘, Dengizga kumush o ‘qlami bo‘lib bergan ekan, ularni buyruqchi 
yoki elchi lavozimiga tayinlagan.
Dunyo mifologiyasida yoy va o‘q timsoli keng tarqalgan. Ayniqsa, 
shomonlik mifologiyasida va shomonlik udumlarida yoy va o'qning mu­
him roli bor. Masalan, Sibir shomonlarido‘mbirasihali paydo bo‘lmasdan 
oldin, marosimlaming asosiy quroli yoy bo‘lgan edi. Shomonlar doira 
chalib o‘tkazadigan marosimlar yoy va o‘q vositasida o'tkazilgan. Shor, 
oltoy tillarida shomon “o‘qchi”, “yoyandoz” ma’nolarini bildiradi.
Mazkur tush motivi dostondagi o‘ziga xos mifologik mazmunni ya- 
nada boyitgan. Ulug‘ Turuk - 0 ‘g‘uz xon qavmining shomoni bo‘lib, 
ulaming alohida vazifasi bor edi. Shomonlar xalqning yoki hukmdorlar- 
ning keyingi taqdiridan bashorat qilganlar, ulaming maslahatisiz xoqon- 
lar jiddiy ishlarga kirishmaganlar.

Download 16,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish