O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Nasimxon rahmonov


“Maytri smit”ning tarjimoni haqida



Download 16,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/430
Sana23.06.2023
Hajmi16,49 Mb.
#952986
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   430
Bog'liq
o\'zbek adabiyoti tarixi. raxmonov n. (1)

“Maytri smit”ning tarjimoni haqida. 
“Maytri smit”ni qadimgi 
turk tiliga taijima qilgan Partonrakshit o‘z ona tili - qadimgi turk tilini 
miikammal bilishi bilan bir qatorda, tuxri tilini ham nihoyatda yaxshi bi­
ladi. Asaming tili ravon, go‘zal, badiiy tasvir vositalari xilma-xil, kitob- 
xonni zeriktirmaydi. Taijimon asami taijima qilishda har doim kitobxon- 
ni ko‘z oldida tutgani ayon bo‘ladi. Asami o‘qish jarayonida kitobxon 
shunga amin bo'ladiki, tarjimon Partonrakshit qadimgi turkiy tilni yaxs­
hi bilishi bilan birga, ijodkor ekanini ham namoyon qila olgan. Chamasi, 
u tarjimonlikdan tashqari, badiiy ijod bilan ham shug‘ullangan. Ijodiy 
jarayonda muvaffaqiyat qozongan Partonrakshit taijimada ham o‘z iqti- 
dorini ko‘rsatgan. U “Oltun yorug‘”ning taijimoni Seni Seli singari ye­
tuk til ustasi bo‘lgan. Tarjimonning Partonrakshit Qirmorovshiq degan 
taxallusidan shuni anglash mumkinki, u buddaviylikka qattiq e’tiqod 
qo'ygan va buddaviylik bo‘yicha katta olim bo‘lgan, shu bois o‘zi turkiy 
qavmdan bo'lgani holda, sanskritcha taxallusni olgan.
“Maytri smit” va xinayana mazhabi. 
“Maytri smit” buddaviylik- 
ning 
xinayana
mazhabiga mansub asardir. Xinayana - “kichik g'ildirak” 
ma’nosini bildiradi. Buning ma’nosi - “kichik yoki quyi yo‘l, zarar 
yetgan 
yo‘l” 
yoki “tor yo‘l” deganidir. Maxayana va xinayana - bir- 
biridan tamomila farq qiladigan mazhablardir. Xinayana mazhabining 
asosi mavjudlikning ikki holati - zohiriylik va botiniylik haqidagi g‘oya, 
shuningdek, zohiriylikning 
darma
bilan o‘xshashligi haqidagi g ‘oyadir. 
Xinayanada “Men” va olam - darmaning tezlik bilan o‘tib ketadigan 
kombinatsiyasi ekaniga urg‘u qaratadi. Xinayananing diqqatga sazovor 
xususiyati shuki, u ruhni mustaqil ruhiy mohiyat sifatida inkor qiladi.
Xinayanada shaxsning kamolotga erishgan ideali - arxat bo‘lib, 
boshqalaming kamolotga erishuviga unchalik e’tibor qaratilmaydi, balki 
komillikka hamma mustaqil ravishda erishadi, deb qaraladi. Xinayanada 
Budda - komillik orzusi va ustozi, taqlid va e’zozlash ob’ektidir. Garchi 
xinayanada Buddani ilohiylashtirish bor bo‘lsa ham, unda biron murak- 
kab kult aslo yo‘q, kultlar monaxlik jamoasidagi hayot bilan almashti- 
rilgan.
Xinayana ta’limotiga muvofiq, nirvonga faqat budda monaxlari 
erishadilar. Dunyoviy odamlar, bu ta’limotga ko‘ra, oliyjanob ishlari
108


orqali o‘z karmasini yaxshi tomonga o'zgartirishlari lozim. Bu mazhab 
ta’limotiga muvofiq, dunyoviy odamlar o‘z hayotlari davomida monax 
bo‘lishlari mumkin.
Tuxricha nusxalardan birida asaming nomi “Diraxmanataka” 
(“Maytri smit no‘m bitigi”) deb ko‘rsatilgan. Asar muloqot (dialog) aso- 
siga qurilgan. Zotan, badiiy asaming bir turi bo'lgan drama janri qo- 
nuniyatlari sanskrit adabiyotshunosligida ishlab chiqilgani shundan ham 
ma’lum bo‘ladi. Shuningdek, asaming adabiy turlardan dramaga mansub 
ekanini “ko'runch” (ko‘rinish) so'zining bir necha marta uchrashi ham 
dalillab turadi. “No‘m bitigi” termini keng ma’noda qo'llangan bo‘lib, 
“hikoya so‘zlash” deganidir.

Download 16,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish