afzaYi sifatida baholaydi va uning
tasvirdagi imkoni-
yatlarini ham e’tibordan chetda qoldirmaydi:
210 Гадоий. Газаллар // Даёт васфи. Тошкент, Адабиёт ва санъат, 1988. В. 473.
211 .Хайитмсгоя А. Адабий мсросимиз уфклари. Тошкент, Ук,итувчи, 1997. Б. 206.
540
Bo‘yla nazm ichra ham erur necha sbiq,
Fahm etar ul kishiki, bo‘lsa mudiq.
Lekin ul barchadin dag‘i xubi,
Bor durur masnaviyning uslubi.
O'zgalarni gar etmadim mazkur,
Bok emas, chun bori erur mashhur.
Masnaviykim burun dedim oni,
So‘zda keldi vasi’ maydoni.
Vus’atida yuz о‘Isa marakagir,
Ko‘rguzur san’atin bori bir-bir212.
Bunday fikrlar shoiming “Saddi Iskandariy” dostonida ham uchray-
di. Xususan, unda Abdurahmon Jomiy ijodiga baho berilar ekan, u yarat-
gan
ma’naviy xazina misolida masnaviyning she’riyatda o‘zga bir olam
ekanligi alohida ta’kidlanadi:
Agar nazmdin borcha uslub anga,
Bori bir-biridin erur xub anga.
Vale masnaviy o‘zga olamdurur,
Ki tab’ig‘a holo musallamdurur213.
Shu sababii o'tmishda ijod qilingan epik va liro-epik asarlarda maz
kur she’riy shakl keng qo‘llanilgan. Bu holni turkiy-islomiy yozma ada
biyotning bizgacha yetib kelgan ilk namunasi
hisoblanm ish
“Qutadg'u
bilig” asarida ham ko‘rish mumkin. “Qutadg‘u bilig”da sxematik tarzda
bo‘lsa-da epiklik, ya’ni voqealar bayoni mavjud. Dostonda “... voqealar-
ning epik bayoni qo‘vilgan masalalaming bir-biridan ajrab qo/masligi,
ulami o ‘zaro bog‘lab turish uehungina keltiriladi, xolos”214. Biroq bu
212
Навоий А. Сабъаи сайёр. Тошкент, Faibyp Гулом ясмидаги наш риёт-матбаа бнрдашма-
си, 1991. Б. 35.
■!J Навоий А. Садди Искандарий. Тошкент, Гафур Гудом номидаги нашрист-матбаа бир-
лашмаси, 1991. Б. 48.
214
Тухлисв Б. Юсуф Хос Х ^ж ибнинг “ Кутадту билиг’ и ва айрим жанрлар та
ком или
(ма
с-
5 4 1
masnaviyning imkoniyatlarini cheklamaydi. Masnaviy tarkibida boshqa
janrlaming qo‘llanilish hodisasi ham aynan “Qutadg‘u bilig”da boshla-
nadi. Dostondagi to‘rtlik va qasida shunday xususiyatga ega. Masalan,
asardagi to‘rtliklar masnaviydagi fikrlaming tasdig‘i vazifasini bajaradi.
Masnaviy tarkibida boshqa janrlardan foydalanish noma janriga mansub
asarlardaham uchraydi. G‘azal, qit’a, fard kabi janrlaming noma asosida
yaratilgan dostonlar tarkibida
c o ‘llanilishi
Yusuf Xos Hojib tajribasining
keyingi davrlarda o‘ziga xos Urzda davom etganligidan dalolat beradi.
Masnaviy imkoniyatlarican munozara janrida ijod qilgan shoirlar
ham samarali foydalanishgan. Xususan, nazmda yaratilgan munozaralar
fikrimizga dalil b o ia oladi. Ahmadiyning “Sozlar munozarasi”, Nisho-
tiyning “Boz va bulbul”, “Daf va gul”, “Qushlar munozarasi” kabi asar-
larida masnaviyning she’riy shakl sifatida yakka o‘zi qo‘llanilishi uning
o‘zbek adabiyotidagi taraqqiyotini ko‘rsatadi.
Masnaviy ishqiy yo‘nalishdagi dostonlaming yaratilishida ham mu
him rol o ‘ynadi. “Suhayl va Guldursun” dostoni bilan boshlangan bu
mavzu keyinchalik “Gul va Navro‘z”, “Xusrav va Shirin”, “Yusuf va
Zulayxo” kabi asarlarda muvaffaqiyatli davom ettirildi. Masnaviy yirik,
voqeaband asarlardan tashqari kichik hajmli she’rlarda qo‘llanilishi ham
mumkin. Sayfi Saroyi ijodi bunga misol b o ia oladi. Shoirning “Vasf
ul-shuaro” nomli she’ri yetti baytdan iborat. U masnaviy shaklida yara
tilgan:
Jahon shoirlari, ey gulshani bog‘,
Kimi bulbuldurur so‘zda, kimi zog‘.
Kimi to‘ti bikin chaynar shakarni,
Kimi lafzi bilan o‘rtar durarni2'\..
Ko‘rinadiki, she’rda shoirning adabiy-estetik fikrlari aks etgan
bo‘lib, uni o‘z davrining nazariy qarashlari sifatida baholash mumkin.
She’rdagi bulbul, zog‘, to‘ti obrazlari turli toifadagi shoirlar guruhini
anglatsa, keyingi misralardagi fikrlar esa ulaming har biriga xos xusu-
siyatlarni ochiq bayon qilishga qaratilgan. Sayfi Saroyi so‘zni yuksak
qadrlaydi. Umuman, badiiy ijod “mavzuni shirin” va “loyiqi ta’rifu tah-
навий, туртлик, касида). Тошкент, 2004. Б. 18.
215 Сайфи Саройи. Шеьрлар. 1'улистон. Тошкеш, Бадиий адабиёт, 1968. Б. 33.
542
sin” bo‘lishi uchun kurashadi. Demak, bu she’rda masnaviy shoirning
poetik maqsadini to‘liq yuzaga chiqara olganligi bilan e’tibomi o‘ziga
tortadi.
Masnaviy deganda she’riy shakldan tashqari dostonlarning tus-
hunilishi - yirik hajmli voqeaband asarlarda masnaviy shaklining
qo‘llanilishi bilan bog'liq tarzda yuzaga kelgan. Biroq masnaviy faqat
voqeaband asarlarda qo‘llaniladi, deyish to‘g‘ri emas. U voqeabandlik
tasviridan tashqari botiniy his-tuyg‘ulami mukammal bera olish imko-
niyatiga ham ega. Masalan, noma turkumidagi asarlaming masnaviyda
yozilganligi fikrimizga dalil bo‘la oladi. Chunki ularda voqealar bayoni
mavjud emas:
Ayo xurshidtek olam charog‘i,
Munawar chehrangiz firdavs bog'i.
Qamuq ko‘rkluklar uzra podshosen,
Masih anfosliq Yusufliqosen216...
Xorazmiyning “Muhabbatnoma” dostoni uchinchi nomasidan olin-
gan mazkur misralardama’shuqaning go'zalligi haqida gap boradi. Unda
oshiqning ichki kechinmalari tasviri yetakchi o ‘ringa ega.
Demak, masnaviy XY asrgacha bo'lgan o‘zbek adabiyotida o‘ziga
xos shakllanish yo‘lini bosib o‘tdi. Dastlab, didaktik yo‘nalishdagi asar
larda qo‘llanilgan bu shakldan keyinchalik boshqa, xususan, falsafiy,
ishqiy mavzulardagi dostonlarning yaratilishida ham keng foydalanildi.
Uning takomilida Yusuf Xos Hojib, Xorazmiy, Xo‘jandiy, Sayyid Ah
mad, Sayyid Qosimiy, Qutb, Haydar Xorazmiy, Nishotiy kabi ijodkor-
larning munosib hissasi bor.
TUYUQ
Turkiy adabiyotning ichki imkoniyatlari asosida shakllangan janr-
lardan biri tuyuq hisoblanadi. Tuyuq so‘zining o‘zagidagi tuy so‘zi
omonimlik xususiyatiga ega boMib, tuy, his qil, bog‘la kabi ma’nolami
anglatadi. Adabiy termin sifatida esa to‘rt misradan iborat o‘ziga xos
216
Хоразмий. Мухдббатнома // Узбек мумтоз адабиёти намупалари (Тузувчи: Насимхон
Рахлюнов). 2-жилд. Тошкент. Фан, 2007. Б. 108.
543
qonun-qoidalarga ega bo‘lgan she’r tushuniladi. Mutaxassislarning fik
richa, tuyuqning paydo bo‘Iish ildizlari xalq og‘zaki ijodiga borib taqa-
ladi.
Tuyuqni kitobxon uchun boshqa to‘rt misrali she’rlardan ajratib tu-
radigan asosiy xususiyat - unda so‘z o‘yinlaridan mohirona foydalanish
imkoniyatining mavjudligidir. So‘zning o ‘ziga xos sehri, ma’no tovla-
nishlari aks etgan misralar xalq og‘zaki ijodi namunalarida ham ko‘plab
uchraydi. Ayniqsa, shakldosh so‘zlaming turli ma’no anglatish xususi-
yati xalq dostonlari uchun ham bir bezak bo‘lib kelgan:
Qo‘lingdan kelgancha chiqar yaxshi ot,
Y axshilik qil, bolam, yomonlikni ot.
Nasihatim yod qilib ol, yolg‘izim,
Yolg'iz yursa, chang chiqarmas, yaxshi ot217.
To‘rtlik pand-nasihat ruhiga ega. “Ot” so‘zining turli ma’nolar ifo-
dalashi unga o ‘zgacha joziba bag‘ishlagan. Bu hodisa mumtoz poeiikada
tajnis deb ataladi. T'ajnis, ya’ni omonim so‘zlardan foydalanish tuyuq
ning asosiy janriy belgilaridan biri hisoblanadi.
Tajnisdan mohirona foydalanish ilk turkiy-islomiy yozma ada
biyot namunalarida ham kuzatiladi. “Qutadg‘u bilig” bilan maxsus
shug4illangan olim Boqijon To‘xliev dastlabki tuyuq namunalaridan biri
sifatida dostondan bir to‘rtlik keltiradi:
Qayu erda bo‘lsa uqush birla o ‘g
Ani er atag‘il necha o‘gsa o‘g.
0
‘qush, o ‘g, bilig kimda bo‘lsa tugal
Yavuz ersa kaz te, kichik ersa o ‘g218.
Qaysi bir kishida zakovat va aql bo‘lsa,
Uni (haqiqiy) kishi deb aiagin, qancha maqtasang maqta.
Yomon bo‘lsa (ham) yaxshi de, kichik bo‘lsa
(ham) katta deb bil (ya’ni ulug‘la).
2,7
Э ргат Жуманбулбуд угли. 2 жилдзшк, 1- жилд. Равшан достони. Тошкент, Адабиет ва
санъат, 1971. Б. 73.
21Х Тухдиев Б. Юсуф Хос Дожибииш “Кутадгу билиг”и ва айрим жанрлар такомили (мас-
навий, туртлик, касида), Тошкент. 2004. Б. 34.
544
To‘rtlik misralari so‘nggidagi “o‘g” so‘zi tajnis ko‘rsatkichi hisob-
lanadi IJ birinchi misrada “aql”, ikkinchisida “maqta”, to‘rtinchi qatorda
esa “katta yoshii kishi” ma’nolarini ifodalagan. Biroq to‘rtlik mutaqorib
bahrida yaratilgan. Aslida tuyuq ramal bahrida yozilishi kerak.
Har bir j anr shakllanish j arayonida о ‘ ziga xos о ‘zgarishlami boshidan
kechiradi. Taraqqiyot tarixi davomida janrga xos bo‘lgan mezonlar pay
do bo‘ladi va ma’lum bir qolipga keladi. “Aruzning o‘zlashtirilgan vazn
ekanligini nazarda tutsak, tuyuqning dastlabki vazni aruz bo‘lmaganligi,
ramali musaddasi maqsur esa janr qonuniyatlarining standartlashgan,
ma’lum mczonga kirgan shakli ekanligi ma’lum bo‘ladi. Shunga ko‘ra,
yuqoridagi to‘rtlikni turkiy yozma adabiyotda yaratilgan dastlabki tu-
yuqlardan bin deb dadii aytish mumkin ”219.
0
‘tmish
adabiyotshunosiigida
tuyuq
to‘g‘risidagi
nazariy
ma’lumotiarga ham
Do'stlaringiz bilan baham: |