томлик, 4-том. Т оп/кен, Фан
, 2 972. Б. 357.
"'s М аллаев Н. У збек адабиётида газал ва унинг ривож ида Н авоийнинг роли //У з б е к тили
ва адабиёти масалалари. 1961, 3-сон. Б. 3.
'то М аллаев Н. У збек адабиётида газал ва унинг ривожида Н авоийнинг роли // У збек тили
ва адабиёти масалалари. 196!, 3-сон. Б. 8; Исх,оцов Ё. Н авоий поэтикаси. Тош кент, Ф ан, 1983.
Б. 20; Ж ум аев Н. Газал композицияси \а к и д а // А дабий мерос. 1989, 3-сон. Б. 64.
533
gacha, ya’ni Rabg‘uziy va Xorazmiylargacha yaratilgan g‘azallaming
bir qismi hali topilgan emas, bir qismi mo‘g‘ullar istilosi davrida vo'q
bo‘lib ketgan degan fikr va taxminiar bildiriladi.
Xo‘sh, g ‘azal janri turkiy xalqlar adabiyoti, xususan, o‘zbek adabi-
yotiga qaysi davrda kirib keldi, qaysi davr ijodkorlarida uning ilk kurtak-
lari ko‘rina boshladi? Bu masalaga oydinlik kiritish maqsadida “Hibat
ul-haqoyiq” asariga murojaat qilamiz.
“Hibat ul-haqoyiq” Sharq xalqlari adabiyotiga xos an’an alar Alloh-
ga hamd, payg‘ambar va chahoryorlarga na’t bilan boshlanadi. So‘ngra
doston bag'ishlangan shaxs - Dod Sipohsolorbck madhi va kitobning
yozilish sababi haqidagi boblar beriladi. Professorlar N.Mallayev va
Q.Mahmudovlaming e’tirof etishlaricha, dostonning muqaddima qismi,
ya’ni hamd, na’t, Dod Sipohsolorbck maqtovi hamda asaming yozilish
sababi xususidagi boblari g‘azal shaktida yozilgan200. Fitrat esa muqad-
dimaning so‘nggi bobini g‘azal deb ataydi21". Darhaqiqat, dostonning
muqaddima boblari shakliy-poetik xususiyatlariga ko‘ra, g‘azal janriga
yaqin ekanligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Albatta, bu boblami
tom ma’nodagi g‘azal deb atash qiyin, chunki ular g‘azal janri talablariga
toTiq javob bera olmaydi. Ammo shuni ta’kidlash lozimki, ularda g‘azal
janriga xos boigan ba’zi unsurlar mavjud. Fikrimizni dalillash maqsa
dida doston muqaddimasining so‘nggi “Bu kitobning yozilishi sababi va
zarurati haqida” bobini ko‘zdan kechiraylik:
Dod Sipohsolorbek uchun bu kitob,
Chiqartim ochunda oti qolsu tcb.
Kitobimni ko‘rgan, eshitgan kishi,
Shohimg‘a duo birla yod qilsu teb.
Kedingi keligli kishilar aro,
Aning zikri tongsuq ediz qolsu teb.
Aning vuddi birla kolngullar to‘lub,
Aning yodi birla ochun to‘lsu teb.
200 Маллаев П. Узбек адабисти тарихи. Тошкент, Укитувчи, 1976. Б. 146; Узбек адабиёти
тарихи. 5 томлик, 1-том. Тошкент. Фан, 1978. Б. 139.
201 Фитраг. Танланган асарлар. 2-жилд. Тошкент, Маънавият, 2000. Б. 50.
534
Bezadim kitobi mavoiz masal,
Boqig‘li, o‘qug‘li osig‘ olsuteb.
Belak ettim ani shobimg‘a men-o‘q,
Havodorlig‘imni tugal bilsu teb.
Mazmuni:
Dunyoda nomi qolsin deb, Dod Sipohsolorbek uchun bu kitobni
yozdim.
Kitobimni o‘qigan, ko‘rgan, eshitgan kishi shohimga duo o‘qib, uni
yod qilsin deb (yozdim).
Kelgusi avlodlar orasida uning xotirasi yuksak va mashhur bo‘lsin
deb yozdim.
Uning muhabbati bilan ko‘ngillar to‘lib, yodi bilan dunyo toisin
deb yozdim.
0
‘qimishli, savodli kishilar manfaat topsin deb, nodir so‘zlar bilan
bezadim.
Muhabbatimni tugal bilsin deb, men uni shohimga sovg‘a qilib yu-
bordim.
Mazkur bob qofiyalanishiga ko‘ra oddiy g‘azallarga mosdir, ya’ni
birinchidan, matla’ misralari o‘zaro qofiyalangan, ikkinchidan, keyingi
baytlarning juft misralari matla’ bilan qofiyadosh boiib kelgan. Bu esa
uning shaklan g ‘azallarga xos bo‘lgan elementlaridan biri hisoblanadi.
Demak, g‘azal qofiyalanishiga xos bo'lgan - juft misralaming matla’ bi
lan qofiyalanib kclish hodisasi turkiy-islomiy adabiyotda Adib Ahmad
ijodidan boshlangan.
“Hibat ul-haqoyiq” muqaddimasining so'nggi bobi kompozitsion
jihatdan tekshirilganda, unda yakpora g ‘azallarga xos belgilarning mav-
judligi ko‘zga tashlanadi. Chunonchi, matlada Dod Sipohsolorbek uc
hun bu kitobning yozilganligi haqida fikr bildirilsa, keyingi baytlarda bu
mavzu izchil rivojlantiriladi, ya’ni kitobni o‘qigan, ko‘rgati har bir kishi
shohni duo bilan yod qilsin deb yozilganligi, kelajak avlodlar orasida
uning nomi mashhur bo‘lsin deb ijod qilinganligi, savodli kishilar man
faat topsin deb, nodir so‘zlar bilan bezalganligi hamda uni hukmdorga
sovg‘a qilinganligi qayd etiladi.
535
Bu qismni yakpora g‘azalning dastlabki namunasi degan fikrdan yi-
roqmiz, albatta. Ammo baytlaming yaxlit bir mavzuni yoritishga xizmat
qilishi, o‘zaro bir-biriga mantiqan bogianib, mazmunni davom ettirishi
kabi xususiyatlar g‘azallaming yakpora turiga xos bo'lgan ilk elementlar
ekanligiga to‘la ishonch hosil qilish mumkin.
Dostonning hamd, Muhammad alayhissalom va to‘rt xalifa madhi
hamda Dod Sipohsolorbek maqtoviga bag‘ishlangan boblari ham qofi
ya shakli, kompozitsion xususiyatlari jihatidan o‘rganilsa, ularda ham
g‘azal janrining dastlabki unsurlari mavjud ekanligi ko‘zga tashlanadi.
“Hibat ul-haqoyiq”ning dastlabki boblarida g‘azal janri unsurla-
rining mavjudligini hisobga olib, turkiy adabiyotda mazkur janrning
shakllanish ildizlari Adib Ahmad yashagan davrga borib taqaladi, deyish
mumkin. Albatta, ushbu boblami tom ma’nodagi g‘azallar sifatida qabul
qilish qiyin, lekin ulaming tuzilishidagi g‘azallarga xos bo‘lgan ba’/i
belgilar g‘azal janri turkiy adabiyotda XII asrlarda vujudga kela boshla-
ganligidan dalolat beradi. Adib Ahmaddan so‘ng o‘tgan avlodlarda esa
bu unsurlar mukammallashib, alohida janr sifatida shakllana boshladi.
0
‘zining janr talablariga javob bera oladigan mukammal shakliga
ega bo'igan g‘aza! turkiy adabiyotda X1Y asrdan boshlab, gurkirab ri-
vojlanish bosqichiga kirdi. Uning taraqqiyotida shu asrda yashagan bir
qancha shoirlaming munosib hissasi bor. Xususan, Rabg‘uziy, Xoraz-
miy, Sayyid Ahmad va Yusuf Amiriylar ijodida g‘azal katta asarlar tar-
kibida uchrasa, Sayfi Saroyi lirikasida u alohida bir taraqqiyot bosqichi
ga ko‘tarildi. G‘azalning yetakchi mavqega ega bo‘lib ommalashishida
Mavlono Qozi Muhsin, Ahmadxoja as-Saroyi, Mavlono Is'hoq, Mavlo-
no Imod Mavlaviy, TugMixoja kabi shoirlaming ham xizmatlari beqiyos.
Bizgacha yetib kelgan Sayfi Saroyi va ular o‘rtasidagi mushoira namuna
lari shu davr adabiyotida g‘azalning alohida bir o ‘ziga xos mavqeini bel-
gilaydi. Mushoirada aytilgan g ‘azallar janr talablariga to‘liq javob bera
olishi bilan xarakterlanadi. G‘azal Hotiz Xorazmiy ijodida to‘la to‘kis
shakllanib bo‘lganligi kuzatiladi. Balki shuning uchun ham u men turkiy
she’riyat payg'ambariman deb da’vo qilgandir:
Turk jinsinda payambar bo‘lmoqi bo‘lsa ravo,
Bo‘lg‘ay erdim man payambar, she’rlariin - mo‘jizot202.
Yoki:
7M
Х,офиз Хоразмий. Девон. 2-китоб.Тощкент, 1981. Б. 2X9.
536
Hofizni ко‘ring ushbu zamon turk tilinda,
Gar kcchdi esa forsda ul Hofizi Sheroz203.
G‘azalda asosan oshiqning ichki kechinmalari tasviri yetakchi
o‘rin tutadi. Uning qahramoni oshiq va ma’shuqa hisoblanadi. Ayrim
g‘azallarda raqib obrazi ham uchrab turadi. G‘azallarda ma’shuqa ob-
raziga asosiy e’tibor qaratilib, unga xos bo‘lgan xususiyatlar bayoni os
hiqning o‘y-fikrlari, mushohadalari va dil izhorlari tarzida aks ettirila-
di. Oshiq uchun ma’shuqa visoliga yetish - oson ish emas. Bu yo‘lda u
qanchadan qancha. sinov jarayonidan o‘tishi kerak. Sinov davrida haqi-
qiy oshiq ruhan toblanib, ma’nan yetuklasha boradi. Oshiqlik lirik qah-
ramonni o‘ziga xos ruhiy iztiroblar girdobiga tashlaydi va bu holat nati-
jasida paydo bo‘lgan qiyinchiliklar azobida ma’shuqa unga faqat salbiy
jihatlar bilangina namoyon bo‘ladi. Go‘yoki, oshiqning tasawuricha,
ma’shuqaning ishi faqat jabr ко‘rsatish vajafo qilishdan iborat:
Gar boisa sanga javru jafo xo‘ vazifae,
Bo‘idi manga ham mehru vafo peshau odat204.
Haqiqiy oshiq - mehru vafo timsoli. U ma’shuqa dardida ko‘p mas-
haqqat chekishiga qaramasdan uning visoliga tashna, o‘z ishqiga sodiq,
sabru toqat - uning asosiy shiori, vazifasi esa o‘z maqsadidan aslo che-
kinmaslik:
iManga vasling qachon yetsun, bilurmen,
Vale oshiq ishi sa’yu talabdur205.
Oshiq qayg‘u alamlarining ortishida raqibning ham o‘ziga xos
“hissa”si bor, albatta. Ilk o‘zbek g‘azaliyotida bu obrazning it yoki ti-
kanga qiyoslanishi bejiz emas. Chunki raqib oshiq va ma’shuqa orasida-
gi uchinchi bir kishi, ya’ni to‘g‘anoq sifatida vazifa ham bajaradiki, bu
esa uning iztirobga soluvchi, jabr-sitam ko‘rsatuvchi sifatida namoyon
bo‘lishidan dalolat beradi. Haqiqiy oshiqlik esa har qanday raqibni ham
yig‘latishi mumkinligi manbalarda uchraydi:
21,1 Х,офиз ХоразмиЙ. Девон. 1-ккгоб.Тошкент,, 1981. Б. 7.
204 А'юий. F
азаллар /7 Х аёт васфи. TouiKeirr,
Адабиёт
в
а
санъат,
1988.
Б.
306.
2У' Атоий. Уш акитоб. Б. 353.
537
Yig‘ladi hatto raqibning rahmi kelgandin manga,
Bori ul qattiq ko‘ngulluk chinmu yolg‘on yig‘ladi206.
Oshiqning Farhod, Majnun, Vomiq kabilarga o‘xshatilishi,
ma’shuqaning esa Shirin, I.ayli, Uzro, go‘zallikda
Y u s u f
pay g‘ambarga
qiyoslanishi ham shu davr g ‘azaliyotining taraqqiyoti bilan bogiiq ra-
vishda shakllanganligini ko‘rsatadi. Bu esa keyingi davrlarda o‘ziga xos
bir an’ana sifatida davom ettirildi.
Ilko‘zbekg‘azaliyotinamunalarinio‘rganish, oshiqonag'azallaming
yetakchiligini inkor etmagan holda, ular bilan bir qatorda boshqa mavzu-
larda ham g ‘azallar shakllana boshlaganligidan dalolat beradi. Xususan,
peyzaj g‘azallaming dastlabki avlodi ham XIY asr adabiyoti namunala-
rida uchrashi fikrimizni tasdiqlaydi. Rabg'uziyning mashhur
Kun hamalga kirdi crsa, keldi olam navro‘zi,
Kechdi bahman zamharir qish, qolmadi qori buzi207
matla’li g‘azalida bahor fasli, uning go‘zallik olami va tarova-
ti ifodalangan boiib, u tabiat mavzusida yaratilgan. Shuningdek, bu
davr adabiyotida ijtimoiy yo‘nalishdagi maxsus g‘azallar yaratilmagan
bo‘lsa-da, biroq ijtimoiy mazmundagi misra yoki baytlarning an’anaviy
g ‘azallar tarkibiga singdirib yuborilganligi kuzatiladi. Axloqiy-ta’limiy
yo‘na!ishdagi misra va baytlar haqida ham shunday fikrga kelish mum
kin.
G‘azaliyotda dunyoviy yo‘na!ishning yetakchiligi ko‘rinib tursa-
da, ayrim g‘azallarda tasavvuf ta’limotining ham kuchli ta’siri seziladi.
Hofiz Xorazmiy, Atoiy, Lutfiy kabi shoirlar ijodida majoziy va haqiqiy
ishqning uyg‘unlashgan ko‘rinishdagi tasviri tasawufning bu davr ada-
biyotidagi o‘ziga xos mavqei va taraqqiyotini belgilaydi.
Ilk o‘zbek g‘azaliyotining rivojida xalq og‘zaki ijodi ham muhim
manba sifatida xizmat qildi. Shoirlar og‘zaki adabiyotning ilg‘or va boy
tajribasidan unumli foydalandilar. Ayniqsa, ti], sodda va ravon ushib,
maqol va hikmatli so‘zlar, og‘zaki ijodga xos syujet va obrazlarga muro-
jaat qilishda bu xususiyat yaqqol namoyon bo'ladi.
206 Саккокий. Газаллар // Даст васфи. Тошкент, Адабиет ва санъат, 1988. Б. 255.
2°т Рабгузий Носируддин Бурх,ониддин. Кисаси Рабгузий. Биринчи китоб. Топжент, Ёзув-
чи, 1990. Б. 103.
538
Bu davrda yaratilgan g‘azallar yuksak badiiyatga ega ekanligi bilan
ham ajralib turadi. Badiiy tasvir vositalarining o ‘z o‘mida qo‘Uanilishi
shoirlaming ulaming imkoniyatidan unumli foydalanganligidan dalolat
beradi:
U] sanamning yuzikira gulzor erur,
Yuzining gulzorina gul zor erur208.
Hofiz qalamiga mansub ushbu baytda o‘xshatish, takrir kabi badiiy
vositalar mavjud. Baytning ta’sirchanligini ta’minlashda tajnisning ham
alohida o‘mi bor. Xususan, birinchi misradagi gulzor so‘zining ikkinchi
misrada gul zor tarzida alohida kelishi mazmunga o‘zgacha bir joziba
bag‘isblagan. Bu esa tajnisning murakkab tajnis turiga misol bo‘la oladi.
So'zning turli ma’no anglatish xususiyatlari she’riyatga o‘zgacha
bir mh baxshida etadi. So‘zlaming ma’no tovlanishlarini his qilish va
misra yoki baytlar zamiriga singdirish har qanday shoirga ham nasib eta-
vermagan. lyhom san’ati ijodkorga shunday imkoniyat yarata oladi. XY
asrgacha bo‘lgan g‘azaliyotda bu badiiy tasvir vositasining ajoyib namu-
nalarini uehratish mumkin:
Kun tushta ko‘rgali seni tushti zavolg‘a,
Oy tongg‘a qoldi kecha boqib ul jamolg‘a209.
Dastlabki misradagi tush so‘zi ikki ma’noda (tush payti va uyqudagi
tush) qoilanilgan. Bu usul misrani ikki xil mazmunda tushunish imko-
niyatini beradi: kun ma’shuqaning go‘zalligi sabab tush paytida pastga
tusha boshladi - bu misradan anglashilayotgan birinchi m a’no. Misra-
ning keyingi ma’nosi esa quyidagicha: quyosh tushida ma’shuqaning
go‘zalligini ko‘rib, quyilasha boshladi. Bunday xususiyat baytning ik
kinchi misrasiga ham taalluqli bo‘lib, undagi tong so‘zi ikki xil ma’noni
(tong payti va hayron qolmoq) anglatadi. Demak, bu misrani “Oy
ma’shuqaning jamoliga boqib, tonggacha qolib ketdi” tarzida ham, “Oy
ma’shuqaning go‘zalligini ko‘rib, hayron bo‘lib qoldi” mazmunida ham
tushunish mumkin. Mavlono Lutfiy ijodida iyhomning bu kabi go‘zal
namunalarinmg ko‘plab uchrashi, shoiming bu badiiy tasvir vositasi im
koniyatidan mohirona foydalanganligini bildiradi.
m
Хофич Хоразмий. Газаллар // Xaei васфи. Тошкент, Адабиёт ва санъат, 1988. Б. 67.
2|® Лугфий. Лугфий шсъриятидан. Тошкент, 1985. Б. 55.
539
She’r ta’sirchanligini oshirishda mubolag‘aning ham
Do'stlaringiz bilan baham: |