I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov


nomenklatura, tizim.  92  Nazorat savollari



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet65/172
Sana22.06.2023
Hajmi5,01 Kb.
#952908
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   172
 
nomenklatura, tizim. 


92 
Nazorat savollari: 
1.
“Lipidlar” tushunchasini izohlab bering. 
2.
Oddiy va murakkab lipidlar deganda nimani tushunasiz? 
3.
Gomologlar degani nima? 
4.
“Gomologik qator” deganda nimani tushunasiz? 
5.
Alifatik yog` kislotalarining nomlanishi nimaga asoslangan?
6.
Yog’lardagi to’yingan yog’ kislotalari miqdori bilan ularning suyuqlanish 
harorati orasida qanday bog’liqlik bor? 
7.
To'yingan va to'yinmagan yog 'kislotalarining biologik ahamiyati 
nimalardan iborat? 
8.
To'yingan yog 'kislotalarini me’yordan ortiq iste’mol qilish qanday 
oqibatlarga olib kelishi mumkin? 
9.
Alkenpoliyen kislotalariga misollar keltiring. 
 
2.2. MOYLAR VA YOG`LARNING YOG` KISLOTALARI
TARKIBI. ASOSIY YOG’LARINING TAVSIFI. 
2.2.1. Yog’ qatori birikmalari sifatida triglitserid tarkibiga
kiruvchi yog’ kislotalarining tavsifi. 
Tabiiy yog`lar tarkibida turli xil yog` kislotalari kiradi. Ular o`z navbatida 
tarkibi va molekulasining tuzilishi bilan bir-biridan farq qiladi. Tabiiy yog`larning 
yog` kislotalari uchun quyidagilar xarakterlidir: 
Yog` kislotalaridagi uglerod atomlari soni ko`pincha juft bo`ladi. Uglerod 
atomlari soni toq bo`lgan yog` kislotalari tabiiy yog`larda juda kam hollarda 
uchraydi;
Tabiiy yog`lar tarkibidagi yog` kislotalari asosan monokarbon kislotalardir, 
bundan mustasno hollar juda kam uchratiladi;
Yog` kislotalari asosan to`g`ri (tarmoqlanmagan) zanjirli uglerod 
atomlaridan tashkil topgan;
Yog` kislotalari to`yingan va to`yinmagan bo`lishi mumkin. To`yinmagan 
yog` kislotalari olefin (qo`shbog`li) yoki uchbog`li (alkin) bo`lishi mumkin. Ahyon 


93 
hollarda to`yingan va to`yinmagan yog` kislotalari tarkibida qo`shimcha 
funktsional guruhlar – gidrooksil (gidrooksikislota) yoki karbonil (ketokislota) 
guruhlari ham uchrab turadi. 
To`yingan yog’ kislotalaridan chumoli, sirka va propion kislotalari tabiiy 
yog`lar tarkibida juda kam uchraydi. 
Moyli (maslyanaya kislota), geksan, oktan, dekan kislotalari juda kam 
miqdorda sut yog`i atsilglitserinlarida uchrab turadi. Oktan va dekan kislotalari 
kokos yong`og`i va boshqa pal’ma mevalari yog`lari tarkibida uchratiladi. 
Laurin
va miristin
kislotalari, ko`pgina o`simliklar, xususan ekzotik 
o`simliklar, jumladan, pal’ma o`simliklari mevalari yog`larida, muskat va kokos 
moylarida borligi aniqlangan. Ba`zi bir hayvonlar yog`i tarkibida miristin kislotasi 
ham uchraydi. 
Pal’mitin va stearin kislotalari yog`larning deyarli barchasi tarkibida bor. 
Suyuq o`simlik moylarida pal’mitin kislotasi miqdori odatda stearin kislotasinikiga 
nisbatan birmuncha ko`proq bo`ladi. Qattiq o`simlik yog`lari ham bu kislotaga 
boy, masalan pal’ma yoki kakao yog`i (moyi). Qattiq va eruvchanlik harorati 
yuqori bo`lgan hayvon yog`laridagi yog` kislotalarining 20-30% ni stearin kislotasi 
tashkil etadi. 
Araxin va begen kislotalari ko`pgina o`simlik yog`larida juda kam miqdorda 
(3-5%mas.) uchraydi. Bundan ham yuqori molekulyar yog` kislotalari mumlar 
tarkibiga kiradi. 
Ba`zi bir bakteriyalarning lipidlari tarkibida tarmoqlangan uglerod atomlari 
zanjiridan iborat yog` kislotalari bo`lishi mumkinligi aniqlangan. 
Aniqlanishicha, o`simlik yog` va moylari tarkibida ko`pincha uglerod 
atomlari soni 18 ta bo`lgan to`yinmagan yog` kislotalari uchratiladi. 16 ta uglerod 
atomli (pal’mitolein kislotasi) va 22 ta uglerod atomli (eruk kislotasi) to`yinmagan 
yog` kislotalari o`simlik yog`lari tarkibida birmuncha kamroq uchratiladi. Uglerod 
atomlari soni boshqacha bo`lgan to`yinmagan kislotalar esa bundan ham kam 
hollarda va juda ham kam miqdorda uchraydi. 
Qurug’likda yashovchi hayvonlarning yog`ida asosan 18 ta uglerod atomi 


94 
bo`lgan to`yinmagan yog` kislotalari bo`ladi. Bular asosan olein kislotasi va uning 
izomerlari, hamda ba`zan linol kislotasidir. 
Dengiz hayvonlari va baliqlar yog`ida esa uchratiladigan to`yinmagan yog` 
kislotalari molekulalarida uglerod atomlari soni turlicha bo`lishi mumkin. Bu 
molekulalardagi uglerod atomlari soni 16 tadan 24 tagacha etadi. 
Yog`larda qo`shbog`lari soni 1 tadan 6 tagacha bo`lgan to`yinmagan 
kislotalar uchraydi. O`simlik va qurug’lik hayvonlari yog`ida qo`shbog`lari soni 1 
tadan 4 tagacha bo`lgan to`yinmagan yog` kislotalari aniqlangan. To`yinmaganlik 
darajasi bundan yuqori bo`lgan kislotalar asosan dengiz hayvonlari va baliqlar 
yog`i tarkibida bo`lishi mumkin. Yuqorida ta’kidlab o’tilganiday, agar 
qo`shbog`lar soni bir nechta bo`lsa, odatda ular molekulaning uglerod zanjirida 
shunday tartibda joylashgan bo`ladiki, bunda qo`shbog`lar uglerod atomlari 
zanjirini uchga karrali ravishda (3-, 6-, 9-, 12- va h.k. uglerod atomlaridan keyin) 
bo`lib chiqadi. 
Yog`larning 
bir 
necha 
xil 
klassifikatsiyalari 
ma`lumdir. 
Bu 
klassifikatsiyalardan birida asos qilib yog` olinadigan xom-ashyoning tabiati va 
kelib chiqishi olingan. Bu klassifikatsiyaga asosan yog`lar hayvon va o`simlik 
yog`-moylariga bo`linadi. 
O`z navbatida hayvon yog`lari quyidagilarga bo`linadi: qurug’likda yashovchi 
hayvonlarning zahira (jamg`arma) yog`lari, sut yog`lari, qush va parrandalar 
yog`lari, suv hayvonlari va baliqlar yog`lari va h.k. 
O`simlik yog`lari esa urug`lardan va mevalar mag`zidan olinadigan yog`-
moylarga bo`linadi. 
Bundan tashhari yog`-moylar ular tarkibidagi asosiy yog` kislotalari (20% dan 
ortiq bo`lganlari) nomiga qarab ham klassifikatsiyalanadi. Masalan, zaytun moyini 
oleinli moylar (80-90% olein kislotasi), kungaboqar moyini linol-oleinli moylar 
(50-60% linol va 35-40% olein kislotasi), mol yog`ini oleino-pal’mito-stearinli 
yog`lar jumlasiga kiritish mumkin. 


95 
Ammo bu klassifikatsiya ham mukammal emas, chunki bunda yog`larning 
fizik-kimyoviy xossalarining glitseridlar strukturasi bilan bog`liqligi hisobga 
olinmaydi. 
Yog`lar xona harorati sharoitida qattiq va suyuq yog`larga bo`linadi. Suyuq 
yog`larga 
moylar
deb aytiladi. O`z navbatida qattiq o`simlik yog`lari ikki guruhga 
bo`linadi: tarkibida uchuvchan yog` kislotalari bilan birga anchagina miristin va 
laurin kislotasi bo`lgan va bu kislotalari deyarli bo`lmagan yog`lar. 
O`simlik moylari qurib, yuzasida parda hosil qila olish qobiliyatiga qarab besh 
guruhga bo`linadi: 
1.
Tarkibida uchta ketma-ket qo`shbog`i bo`lgan (trisopryajyonnie dvoynie 
svyazi) moylar (tungovoe maslo). 
2.
Tarkibida juda ko`p miqdorda linolein kislotasi bo`lgan moylar (zig’ir). 
3.
Tarkibida juda ko`p miqdorda linol kislotasi bo`lgan moylar (ko`knor urug`i 
moyi). Bunday moylar tarkibida linolein kislotasi umuman yo`q, yoki juda 
kam miqdorda. 
4.
Zaytun moyiga o`xshagan tarkibida olein kislotasi (boshqa to`yinmagan 
kislotalar bilan birgalikda) ko`p bo`lgan moylar. 
5.
Tarkibida ko`p miqdorda ritsinol kislotasi bo`lgan kastor moyi. 
Yog`larning yog` kislotalari tarkibi juda muhim ahamiyatga ega, ammo 
yog`lardagi glitseridlar tarkibi va tuzilishi ham ularning xossalariga katta ta`sir 
ko`rsatadi. Lekin glitseridlar tarkibi haqida to`la ma`lumotga ega bo`lish amalda 
juda murakkab tajribalar o`tkazishni va ko`p vaqtni talab qiladi. 
Tajribalar shuni ko`rsatadiki, yog`lardagi yog’ kislotalari qoldiqlarining
glitserin qoldig’idagi 1-, 2- va 3 - holatlarda joylashuv tartibi ham o`ziga xosdir. 
Ko`pgina o`simlik moylarida uglerod atomi soni 18 ga teng bo`lgan to`yinmagan 
yog` kislotalarining 95-99% gachasi glitserin qoldig’ining 2- holatida joylashgan 
bo`ladi. Masalan, paxta moyida bu 89% ni, kungaboqar moyida 93-95% ni, masxar 
(soya) moyida 97-99% ni tashkil etadi. 
Pal’mitin, stearin va eruk kislotalari atsillari o`simlik moylarida deyarli doimo 
glitserin qoldig’ining 1 -va 3- holatlarida uchraydi. Kakao moyining o`ziga xosligi 


96 
shundan iboratki, uning molekulasida to`yingan va to`yinmagan atsillar simmetrik 
joylashgan bo`ladi. 
Hayvon yog`laridagi glitseridlarning glitserin qoldig’idagi 2- holatida asosan 
to`yingan yog` kislotalari joylashgan bo`ladi. 

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish