Tayanch iboralar:
Glitserin, kristalizatsiyalanish, gigroskopik xususiyat, metil va etil efirlari,
benzol, xloroform, kizel’gur, nitroglitserin, dinamit, glitseratlar, ketallar,
193
atsetallar, akrolein, propen, mumlar, alkogolyatlar, inozit, antipodlar, xolin,
kolamin, sfingozin.
Nazorat savollari:
1.
Glitserinning tarkibi va strukturaviy ko`rinishini ta`riflab bering.
2.
Glitserinning asosiy fizikaviy xossalarini ta`riflab bering.
3.
15
0
C da 100%-li glitserinning zichligi 1265,57 kg/m
3
ga teng, 20
0
C da bu
ko’rsatkich qanday qiymatga ega bo’lishi mumkin?
4.
Glitserinning asosiy kimyoviy xossalarini ta`riflab bering.
5.
Glitseratlar deganda nimani tushunasiz?
6.
Glitserindan akrolein hosil bo’lishi reaktsiyasini tavsiflab bering.
7.
Trinitroglitserin bu qanday modda?
8.
Propen asosida glitserinni sintez qilish reaktsiyalarini yozib ko’rsating.
9.
Yuqori molekulyar spirtlar va ularning hosilalari.
10.
Aminospirtlar, ularning xossalari.
3.2. GLITSERIDLAR, ULARNING SINFLANISHI,
IZOMERLANISHI, NOMENKLATURASI
.
Glitseridlar – qaynash harorati juda yuqori va suyuqlanish harorati past (40
0
C gacha) bo`lgan, yetarli darajada qovushqoq (moysimon), rangsiz, hidsiz,
uchuvchan bo`lmagan, suvdan yengil suyuq va qattiq moddalardir. Glitseridlarning
asosiy qismini triglitseridlar, ya`ni yog`lar tashkil etadi. Triglitseridlarning, ya’ni
yog’larning qaynash harorati yuqoriligi ularda oziq-ovqat mahsulotlarini qovurish
imkonini yaratadi, ularning uchuvchanmasligi sababli qovurish paytida tovadan
uchib bug`lanib ketmaydi. Yog`lar suyuqlanish haroratining pastligi ularni konditer
(qandolatchilik) mahsulotlari tayyorlashda ishlatishga (shokolad, holvalar va h.k.)
imkon yaratadi, bunda tayyor mahsulotlar tarkibidagi yog`lar iste`mol paytida
og`izda erib (suyuqlanib) ajoyib ta`m-maza hissiyoti uyg`otadi. Qattiq holdagi
glitseridlar odatda bir necha xil kristallik holatda bo`lishi mumkin (polimorfizm).
Oziq-ovqat sanoatida ishlatiladigan asosiy yog` mahsulotlari – bu o`simlik
lipidlari va ularni qayta ishlash natijasida hosil bo`lgan mahsulotlar hamda hayvon
yog`laridir. Umuman yog`lar oddiy lipidlar jumlasiga kirib, yuqorida ta’kidlab
194
o’tilganiday, kimyo tilida ularni triglitseridlar yoki atsilglitserollar, zamonaviy
yangi adabiyotlarda esa atsiltriglitserinlar deb atashadi. Atsiltriglitserinlar, ya`ni
yog`lar glitserin hamda yuqori molekulali karbon kislotalari (yog` kislotalari) ning
murakkab efirlaridir. Umuman, lipidlarning 95-96% ni moylar va yog`lar tashkil
etadi.
Gliserindagi eterifikatsiyalangan gidroksil guruhlari soniga qarab glitseridlar
mono-, di- va triglitseridlarga (mono-, di- va triatsilglitserinlarga) bo’linadi.
Ikki kislotali va uch kislotali glitseridlar ular tarkibidagi kislotalar
atsillarining holati bo’yicha farq qiluvchi bir necha izomerlar shaklida bo'lishi
mumkin. Atsil guruhining glitserin qoldig'idagi joylashgan holati raqamlanishi
glitserinning o’zidagi raqamlanish holatiga mos keladi. Bir xil atsil guruhlari 1,3
pozitsiyasida (holatda) joylashgan ikki kislotali atsiltrigliserinlarning tuzilishlari
simmetrik, 1,2 holatda joylashgan bo’lishsa - assimetrik deb nomlanadi.
Atsil guruhi 1,3 holatida bo'lgan diatsilgliserinlarga simmetrik, 1,2 yoki 2,3
holatlarda bo’lsa agar- assimetrik deyiladi.
Agar atsil guruhining holati 1 yoki 3 bo'lsa, monoatsilgliserinlar assimetrik
deyiladi, agar atsil guruhi 2- holatda bo'lsa, ular simmetrik hisoblanadi. Simmetrik
monoatsilgliserinlar tabiatda juda kam uchraydi.
Moy va yog`lar asosan triglitseridlardan iborat bo`lib, ularning tarkibiga di-
va monoglitseridlar hamda boshqa hamroh birikmalar (pigmentlar, fosfolipidlar,
boshqa murakkab lipidlar) ham kirishi mumkin:
OH
C
H
R
C
O
C
H
OH
C
H
OH
C
H
R
C
O
C
H
R
C
O
C
H
R
C
O
C
H
R
C
O
C
H
R
C
O
C
H
I
O
I
O
O
II
O
I
O
O
2
||
|
|
2
2
||
|
||
|
2
||
2
||
|
||
|
2
Triglitserid
α, β-Diglitserid
β-Monoglitserid
(triatsilglitserin)
(diatsilglitserin)
(monoatsilglitserin)
195
Ko`rinib turibdiki, yog`larning struktura komponentlaridan biri glitserin
bo`lib, yog`larning ma`lum xossalari ulardagi yog` kislotalari tarkibi va bu yog`
kislotalari qoldiqlarining (atsillarning) 1- , 2- va 3-holatlarda (sn-1, sn-2 va sn-3
holatlarda) qaysi tartibda joylashganligi bilan belgilanadi.
Triatsilgliserinlar yog ' kislotalari tarkibiga qarab bir-, ikki- va uch xil
kislotali bo’lishi mumkin:
Har xil kislotali glitseridlar ulardagi turli yog’ kislotalari atsillarining
joylashuv holatiga qarab bir necha izomerlar ko’rinishida bo’lishi mumkin,
masalan:
Xuddi shunday, uch kislotali triglitseridlar ham tuzilishi bo’yicha farq qilishi
mumkin:
Glitseridlardagi yog’ kislotalari xarakteriga qarab uchto’yingan (trito’yingan),
ikkito’yingan (dito’yingan), birto’yingan (monoto’yingan) va uchto’yinmagan
(trito’yinmagan) glitseridlar bo’ladi.
Glitseridlar tarkibida qanday yog’kislotalari va qanday tartibda
joylashishganiga qarab nomlanadi. Bunda har xil (aralash) kislotali va to’liqsiz
glitseridlar (ya’ni mono- va diglitseridlar) ularning molekulasida yog’ kislotalari
196
atsillarining o’rnashuv joyini yunoncha harflar α, β, α’ yoki 1, 2, 3 raqamlari bilan
glitserinnig gidroksil guruhlari joylashuvi o’rniga mos ravishda belgilanadi,
masalan, α, β- (yoki 1, 2)-distearomonopal’mitin.
Do'stlaringiz bilan baham: |