21
immunologiya. Chast 1. Obshaya mikrobiologiya. M. KolosS, 2006 g. S.134-136.
2. Yemelyanenko P.A. i dr. Veterinarnaya mikrobiologiya.M.,Kolos.,1982.S.49-56.
Qo‟shimcha adabiyotlar:
1. Vorobyev A.A. Medisinskaya mikrobiologiya, virusologiya i immunologiya.
M. 2008 g. S. 87.
2. Asonov N.R. Mikrobiologiya. M.: Agropromizdat. 1989. S.109-124.
Tayanch
iboralar
:
organik
azot,
parchalanish,
chirituvchi
fermentlar,
urobakteriyalar, mochevina, azot to‘plovchi bakteriyalar,
nitrifikasiya, denitrifikasiya,
bijg‘ish jarayonlari, fosfor, oltingugurt, temir bakteriyalari.
Tabiatda mikroorganizmlar keng tarqalgan bo‘lib, unda beto‘xtov sodir
bo‘ladigan moddalar almashinuvida aktiv ishtirok etadi.Tabiatda organik va anorganik
moddalarning o‘zgarishi natijasida ularning shakllari ham o‘zgaradi. Miqdor
jihatdan
tugallanmay va yangidan ham paydo bo‘lmaydigan holat moddalarning va energiyaning
almashinuvi deyiladi.
Azotning aylanishi
. Atmosferada 75,5% azot bo‘lib, qolgan 24,5%
suvda va
tuproqda organik va mineral birkmalar ko‘rinishida bo‘ladi. Oqsilning tarkibida 16-
18%, tuproqda 6-18 t cha birikkan azot bor ammo hayvon va o‘simliklar havodagi
azotdan foydalana olmaydilar. Erkin va birikkan havodagi azotlar oldin
mikroorganizmlar tomonidan o‘simlik va hayvonlar uchun iste‘mol
qilinadigan
shaklgacha aylantirilishlari kerak. Organik azotning mineral azotga, mineral azotning
organik azotgacha aylantirilishi birqancha bosqichlarda o‘tadi.
Chirituvchi mikroblar
oqsilni parchalashi natijasida oraliq moddalar birikmasi (albumoz, pepton, amid,
aminokislotalar), sassiq hidli moddalar (indol, skotol, vodorod sulfid, uchuvchi yog‘
kislotalar) va ammiak hosil bo‘ladi. Bu
ammonifikasiya
deb atalib, qo‘zg‘atuvchilari
amonifikatorlar deb nomlanadi. Bu jarayon tabiatni tozalashda muhimdir. Chirituvchi
mikroblarga
Cl.sporogenes, cl.septicum, cl.purtificus, p.vulgaris, b.subtilis,
zamburug‘lar va h.k. kiradi. Ular proteolitik ferment ishlab chiqaradilar.
Mochevina
hayvon organizmida oqsillar almashinuvi natijasida to‘planib, siydik
bilan chiqariladi. Urobakteriyalar ureaza fermenti ta‘sirida mochevinani – suv, karbonat
angidridi va ammiakgacha parchalaydi. Ammiakni o‘simliklar o‘zlashtiradi.
Mikroorganizmlarning azot aylanishidagi ammonifikasiyadan
keyingi ikkinchi
bosqichi – nitrifikasiyadir.
Nitrifikasiya
jarayonida nitrifikasiyalovchi mikroblar ammiak va ammoniy
tuzlarini
nitrit
(
2NH
3
+3O
2
=2HNO
2
+158
kal
)
va
nitrat
kislotalari
(2HNO
2
+O
2
=2HNO
3
+48) tuzlarigacha oksidlaydi. Hosil bo‘lgan nitrat kislota tuproqda
ishqorlar bilan birikib, selitra hosil qiladi. Selitra suvda yaxshi eriydi va o‘simliklar uni
o‘zlashtiradi. Bu jarayon natijasida tuproq azotga boyiydi va uning unumdorligi oshadi.
Nitrifikasiyalovchi mikroblarga
Nitrosomonas, Nitrosocystis, Nitrosospiralar
kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: