Samarqand davlat universiteti I. T. Ergashev, B. M. Eshonkulov,D. S. Normurodov, F. A. Oblokulov


Generativ urugʻlaridan yetishtirilgan kartoshka tuganaklaridan



Download 1,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/71
Sana20.06.2023
Hajmi1,98 Mb.
#952606
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   71
Generativ urugʻlaridan yetishtirilgan kartoshka tuganaklaridan 
urugʻlik maqsadlarida foydalanish. 
O‘zbekistonda kartoshka urugʻchiligining 
asosiy muammolaridan biri ekinning virus kasalliklariga qarshi chora tadbirlarni 
ishlab chiqilishidir. Chunki virus kasalliklari kasallik turi, nav xususiyati, tuproq-
iqlim sharoiti va ekinni yetishtirishda qoʻllanadigan texnologiyaga bogʻliq ravishda 
hosildorlikni oʻrtacha 30 % va undan ortiq pasaytiradi. Bundan tashqari, 
kartoshkaning vegetativ (tuganaklari bilan) koʻpaytirilishi virus kasalliklarining 


116 
keyingi tuganak reproduksiyalariga berilishiga imkoniyat yaratilib, ularning zarari 
yildan-yilga oshib boradi. 
Jahon kartoshkachiligida sogʻlom dastlabki material yaratish har qanday 
qishloq xoʻjalik ekinlari kabi kartoshka urugʻchiligining asosiy vazifalaridan biri 
boʻlib hisoblanadi. Shuning uchun shu yoʻnalishdagi usullarning ishlab 
chiqarilishiga qaratilgan ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
O‘zbekistonda kartoshka urugʻchiligida vizual usulda hamda bu usulning 
serologik analizlar bilan qoʻshib olib borilgan usulda sogʻlom dastlabki material 
tanlab olinadi va urugʻchilik pitomniklariga beriladi. 
Keyingi yillarda uchki meristema usulida sogʻlomlashtirilgan tuganaklardan 
dastlabki material sifatida foydalanib elita urugʻlar yetishtirish tizimi ishlab 
chiqildi. Bu usul bilan yetishtirilgan elita umum qabul qilingan usulda 
yetishtirilgan elitaga nisbatan 25-30% yuqori hosil berishi aniqlangan. 
Shuningdek, generativ urugʻlaridan yetishtirib ham urugʻchilik uchun 
dastlabki material yaratish mumkinligi aniqlangan. Mualliflarning takidlashicha, 
urugʻdan oʻstirilgan koʻchatlar, tuganakdan oʻstirilgan oʻsimliklarga nisbatan 
kasalliklarga chidamli boʻladi.
Mavjud navlar orasidan generativ koʻpaytirishga moslarini tanlash bir necha 
yillar davomida olib borilgan. Lekin hosildorlikni pastligi tufayli ishlab 
chiqarishga tadbiq etilmagan. Keyingi vaqtlarda Moskvadagi KXITIda, Gorkiy 
QXI da va Sankt-Peterburgdagi Butunrossiya O‘simlikshunoslik institutida (VIR), 
SamQXI turli yoʻllar bilan nav, duragay populyasiyalari va liniyalari yaratilmoqda.
Nav, duragay populyasiya va oʻzidan changlangan liniyalarni mahsuldorligi 
va fenotipik jihatidan bir xilligini tekshirgan. Generativ koʻpaytirishga mos Dobro, 
Nevskiy, Kameraz navlarning urugʻlik tuganaklari olish uchun botanik 
urugʻlaridan foydalanish mumkin. Duragay populyasiyalardan bir xillik ya‘ni 
fenotipik jihatdan qimmatbaho xoʻjalik belgilariga erishish uchun dastlabki 
formalarini toʻgʻri tanlash ham ahamiyat kasb etadi. Duragay populyasiyalardan 
istiqbolli hisoblangan Atsimba x Dobro, Atsimba x Zarevo, Karpaskiy x Nevskiy, 
Karpatckiy x Zarevo. Bu populyasiyalar va shu kabi VR-3, VR-6, VR-8 liniyalar 


117 
avlodalarida tuganaklarning qimmatbaho belgilari boʻyicha yuqori fenotipik bir 
xillik kuzatilgan. Ba‘zi mualliflar ma‘lumotlarida yovvoyi va yarim yovvoyi 
turlarni chatishtirib, murakkab turlararo duragaylash asosida istiqbolli populyasiya 
hosil qilish mumkinligi aytilgan. Transgressiv geterozis birinchi, ikkinchi va 
uchinchi boʻlishi mumkin. Bu degani duragay formalari oʻzidan changlanib 
olinganda ota-ona formalarini hosildorligini dastlabki tuganak reproduksiyalarida 
pasaytirmasligidir. 
Umuman, urugʻdan koʻpaytirishga mos nav va duragay populyasiyalar 
yaratish va tanlash borasida seleksiya ishi keng miqiyosda amalga oshirilmoqda. 
Eng qulay va ma‘qul usul navlar va turlararo chatishtirib duragay populyasiyalar 
hosil qilishdir. Ulardan har bir tuproq-iqlim sharoitlari uchun maqsadga 
muvofiqlarini tanlash va keng tadbiq etish, ya‘ni kartoshkani urugʻdan koʻchat ekin 
sifatida koʻpaytirish, oʻstirish texnologiyasini ilmiy asosda ishlab chiqish bilan 
bogʻliqdir.
Diploid duragaylarni chatishtirib yuqori hosilli shakllarni yaratganlar. Bunda 
belgilarning variasiya koeffisiyentining oʻzgarishi 9,3 dan (S.Tuberosum 220 x 
21665 Ju) 9,8 % gacha (64 Anco x 259 Amsel-UXS microdontum 
kombinasiyasida) boʻlgan. Dastlabki ota-ona formalari asosiy belgi xususiyatlari 
boʻyicha gomozigota boʻlsa, bir marta chatishtirib olganda duragay ham huddi 
shunday belgi-xususiyatlarni saqlaydi, ba‘zida ijobiy tomonga oʻzgaradi.
Urugʻdan koʻpaytirishga mos nav-populyasiyalarni yaratishning birdan-bir 
yoʻli navlararo chatishtirish hisoblanadi. Boshqa mualliflar oʻz tajribalarida ota-
ona formalarini turli xil chatishtirish (interploid, tetraploidlararo) yoʻllari bilan 
ham qimmatbaho xoʻjalik biologik belgilari boʻyicha fenotipik bir xillikka 
(oʻxshashlikka) erishgan. Bulardan tashqari diploidli va diplogaploidli namunalar 
mahsuldorligini oʻrgangan. Ba‘zi olimlar tadqiqotlari boʻyicha ota-ona formalar 
chatishtirishda gullash intensivligi va rezavor meva tugishi tabiiy boʻlishini 
ta‘minlash kerak.


118 
Tadqiqotchilar tomonidan yuqori geterozisli namunalar olishning yana bir 
yoʻli fitoftoraga chidamli va kraxmal koʻp saqlaydigan navlarni chang 
aralashmalari bilan changlatib olish mumkinligi aniqlangan. 
Adabiyotlar ma‘lumotlarida fenotipik jihatdan oʻxshash geterozisli avlodlar 
olish borasida Moskvada katta ishlar izlanishlar olib borilganligi, lekin generativ 
urugʻlar olish mahsuldorligini chuqur oʻrganish talab etilishi ta‘kidlangan. Chunki, 
oʻzidan changlangan navlar koʻchat hosili duragay populyasiyalarga nisbatan 20-
50 % past boʻlishi aniqlangan. Koʻpchilik olimlar kartoshkani botanik urugʻidan 
oʻstirishga mos nav va duragay populyasiyalari oldiga quyidagi talablarni 
quyadilar. Bular: 
-Tuganak reproduksiyalaridan qimmatbaho xoʻjalik belgilari boʻyicha 
fenotipik bir xil oʻxshash boʻlishi, yuqori hosildorlik va tovarlikka ega boʻlishi, 
tanlangan populyasiyalar asosiy kasallik va tuproq-iqlim sharoitlarining 
noqulayliklariga chidamli boʻlishi, urugʻlarning unuvchanligi va koʻchat dalaga 
oʻtqazilganda tutuvchanligi yuqori boʻlishi hamda populyasiyalar koʻp va uzoq 
vaqt gullashi, ona formasi erkak sterilli boʻlishi, ota formasi yuqori fertilli va koʻp 
chang donachalarni hosil qilishi kabi xususiyatlardir. 
-Generativ urugʻlardan yetishtirish O‘zbekiston sharoitida (quruq havo va 
yuqori xarorat) navlarning meva (rezavor) hosil qilishiga bogʻliq. Buning uchun 
biz bir necha yillar davomida kartoshka navlarining rezavor hosil qilish 
imkoniyatlarini oʻrganib chiqish lozim.
-Kartoshka mevasi - ikki uyali, koʻp urugʻli yashil rezavordir. Uzunligi 1,5-
3,2 sm (navlarda har-xil). Mevasida 600 tagacha urugʻ hosil boʻladi. Rezavorlar 
gullash vaqtida voyaga yetgan changlar bilan urugʻlangan navlarda hamda 
chatishtirish natijasida hosil boʻladi va kuchli, oʻrtacha, kuchsiz holatda boʻlishi 
mumkin, hatto rezavor hosil boʻlmasligi ham mumkin. 
Akademik S.M. Bukasovning ma‘lumotlarda genetik uzoq shaklli 
duragaylarda meva hosil boʻlishi kamdan kam 48- 67 % gacha yetishi va xar bir 
mevada esa 48-68 donagacha urugʻ hosil boʻlganligini ta‘kidlagan. 


119 
Koʻpgina olimlarning tajribalarida kartoshkaning 1000 dona urugʻ massasi 
75 mg/ni tashkil qilgan, bitta rezavor mevadagi urugʻlar soni 200 ta urugʻ hosil 
boʻlgan boʻlsa, gektaridan 200 kg/ga gacha urugʻ olish mumkinligini aniqlagan.
Rezavor hosil boʻlishi navlarning biologik xususiyalari, gullarning 
rivojlanishi, havoning harorati, namligi, tuproq-iqlim sharoitlariga ham bogʻliq. 
O‘zbekiston sharoitida ayrim kartoshka navlarining gullari toʻkiladi yoki umuman 
hosil boʻlmaydi, ayrimlarida juda kam gul hosil boʻlib rezavor hosil boʻlmaydi.
Bu borada tadqiqotlar kartoshkachilik xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot institutida 
(Moskva), Butun Rossiya oʻsimlikshunoslik institutida, Samarqand qishloq 
xoʻjalik institutida va boshqa muassasalarda bir necha yillar davomida oʻtkazilib 
kelinmoqda.
Kartoshkaning Moskva va Sankt-Peterburgdan (VIR) olingan 383 ta duragay 
populyasiyalarini koʻchat ekin, 29 ta duragay populyasiyalarini gidrovisev (suv 
bilan ekish) va granulalangan urugʻlari bilan ekib, oʻrganish, sinash va baholash 
asosida ulardan koʻchat va urugʻidan bevosita dalaga ekishga moslari tanlangan. 
Olingan natijalar boʻyicha, koʻchat qilib oʻrganilgan 383 ta duragay 
populyasiyalarning 325 tasi gektaridan 10 tonnagacha, 28 tasi 10-15 tonna, 23 tasi 
15-20 tonna, faqat 7 tasi (GP-994 a, GP-1656, GP-11, GP-28, GP-32, GP-30, P-3) 
gektaridan 20 tonnadan oshirib hosil olishni ta‘minlagan.
O‘zbekiston sharoitida oʻtkazilgan tajribalar natijalariga asoslanib botanik 
urugʻdan yetishtirib kartoshkaning virussiz urugʻchiligi uchun sogʻlom dastlabki 
material yaratishni tavsiya etadilar.
Kartoshkani generativ urugʻlari bilan yetishtirishdan virussiz asosdagi 
urugʻchiligida foydalanishining bir qancha afzalliklari mavjud. Ya‘ni, generativ 
urugʻlar bilan yetishtirilganda vegetativ usuldan farq qilib virus, mikoplazma, 
viroid, bakterial va zamburugʻ kasalliklari avlodlarga uzatilmaydi. 
Shuning uchun kartoshkani generativ urugʻlari orqali koʻpaytirish usulini 
kartoshka namunalarini sogʻlomlashtirish uchun foydalanishni tavsiya etishadi. 
Chunki bunday usulda sogʻlom oʻsimliklarni tanlash imkoniyati yuqori boʻladi. 


120 
Bunday usulda olingan tuganaklaridan ekilgan tajribalarida 60 m

delyankadan 215 kg hosil olingan boʻlsa, boshqa olimlarning tajribalarida ayrim 
har bir tup oʻsimlikdan 2-3 kg hosil olishga erishilgan. 
Tadqiqotlarda koʻchatlardan olingan hosilga qaraganda mikrotuganaklardan 
olingan hosil yuqori boʻlishi ta‘kidlangan. Masalan, koʻchat hosili gektaridan 120-
168 s boʻlsa, mikrotuganaklar hosili 226-354 s/ni tashkil etganligi uchun ham 
generativ urugʻlari oʻstirishdan ikki yillik ekin sifatida foydalanish samarali 
ekanligi toʻgʻrisida ma‘lumotlar mavjud. 
Shuning uchun ham mualliflar, mikrotuganaklardan olingan urugʻlik 
materiali sogʻlomligi bilan vegetativ usul orqali koʻpaytirilgan tuganak 
reproduksiyalaridan ustun ekanligini ta‘kidlaydi.
Generativ urugʻlari orqali yetishtirilgan sifatli va sogʻlom urugʻlik material 
hisoblanib, 
birinchi, 
ikkinchi, 
uchinchi 
va hatto toʻrtinchi tuganak 
reproduksiyalaridan yuqori hosil olish mumkin. Xuddi shunday natijalar boshqa 
tadqiqotchilar tajribalarida ham kuzatilgan. Sankt-Peterburg sharoitida birinchi, 
ikkinchi va uchinchi tuganak reproduksiyalarining hosildorligi gektaridan 326-371 
s/ni, bir tupdagi tuganaklar soni esa 9,1-9,8 donani va tovarliligi 84-92 % ni tashkil 
etgan.
Shuni ta‘kidlash kerakki, kartoshka urugʻkoʻchatidan olingan hosilni 
urugʻlik maqsadida koʻpaytirish duragay populyasiya xususiyatlariga bogʻliq. 
Masalan, GP-1656 duragay populyasiyasini 4-tuganak reproduksiyasigacha, GP-
994

ni 3-tuganak reproduksiyasigacha, GP-32 2-tuganak reproduksiyasigacha 
urugʻlik maqsadlarida foydalanib ulardan gektaridan 23-25 tonnagacha hosil 
olishga erishiladi. 
Hosildorlik duragay populyasiyalarning birinchi tuganak reproduksiyasida 
gektaridan 30,9-32,4 tonnani yoki Nevskiy naviga nisbatan 2,9-4,3 tonna yuqori 
ekanligi aniqlangan. Yozda yangi kovlab olingan tuganaklari bilan qayta ekilganda 
tuganaklarni unuvchanligi duragay populyasiyalarining ikki hosilli ekin sifatida 
oʻstirishga mosligini belgilovchi koʻrsatkichlardan biri boʻlib hisoblanadi. 
Tajribadagi duragay populyasiyalarni ya‘ni, kovlab olingan tuganaklar bilan 


121 
ekilganda ularni unib chiqishi 25-29 kunni tashkil etib Nevskiy naviga nisbatan 2-6 
kun tezroq unib chiqishi kuzatilgan. O`suv davri bahorgi muddatga nisbatan 2-6 
kunga uzayib, duragay populyasiyalarining hosildorligi gektaridan 14,1-17,6 
tonnani, standart sifatida oʻrganilgan Nevskiy navida esa bu koʻrsatgich oʻrtacha 
17 tonnani tashkil etganligi toʻgʻrisidagi ma‘lumotlar keltirilgan. 
Olimlar tomonidan oʻtkazilgan tadqiqotlarda duragay populyasiyalarini 
koʻchat va ikki hosilli ekin sifatida oʻstirilganda qimmatbaho xoʻjalik va biologik 
belgilari boʻyicha oʻzgarishi juda kamligi qayd etilgan boʻlib, qimmatbaho xoʻjalik 
belgilari boʻyicha istiqbolli hisoblangan va bir necha yil davomida sinalgan 
duragay populyasiyalarni koʻchat ekini, bahorgi va ikki hosilli ekin sifatida 
oʻstirish orqali yuqori reproduksiyali urugʻlik material olish imkoniyati mavjudligi 
ta‘kidlangan.
Generativ urugʻlaridan yetishtirilgan tuganaklardan urugʻlik sifatida 
foydalanilgan ularning eng yuqori potensial imkoniyatlari birinchi tuganak 
reproduksiyasida 
kuzatiladi. 
Masalan 
n2668 
va 
B2670 
duragay 
populyasiyalarining birinchi tuganak reproduksiyalarining hosildorligi gektaridan 
18,2-19,0 tonnani tashkil etgan yoki VK 1680 duragay populyasiyasining birinchi 
tuganak reproduksiyasi hosildorligi Nevskiy navining super elita urugʻlariga 
nisbatan 2,3 tonna gektar yuqori hosil berishi mumkinligi isbotlangan. 
Shuni ham ta‘kidlash kerakki, kartoshkani generativ urugʻlaridan yetishtirib 
olingan ikkinchi tuganak reproduksiyasidan boshlab oʻrganilgan kartoshka duragay 
populyasiyalarining hosildorligi pasayib boradi. Buning sababini mualliflar 
tuganaklarining virus kasalliklari bilan zararlanishining oshib borishi bilan bogʻliq 
deb izohlashadi. 
Shuni ham ta‘kidlash kerakki, yuqorida keltirilgan afzalliklari bilan birga 
kartoshkani generativ urugʻlari bilan yetishtirishning ham kamchiliklari bor. 
Ulardan biri va asosiysi duragay populyasiyalaridan olingan urugʻlar va muvofiq 
ravishda tuganaklar genetik jihatdan gomozigota emas, balki geterozigota ekanligi 
sababli yetishtirilgan oʻsimliklarning genotipiga mos ravishda olingan hosilning 
tozaligi yuqori boʻlmaydi. Bundan tashqari, yuz berishi mumkin boʻlgan genetik 


122 
parchalanishlar tufayli faqat morfologik belgilari boʻyicha emas, balki biologik 
belgilar boʻyicha ham bir-biridan farq qiladigan genetik populyasiyalar hosil 
boʻladi. Ularning miqdori esa, oʻz navbatida koʻp jihatdan ekilgan urugʻning 
olinish usuliga bogʻliq. 
Turli genotipdagi populyasiya asosiy kasallik boʻlgan fitoftoraga chidamli 
boʻladi, bitta genotipdagi nav oʻsimligi esa kasalikka chidamsiz boʻlishi mumkin. 
Lekin dastlabki oʻsuv davrida sekin oʻsishi va bunda koʻchatlarni normal oʻsishini 
ta‘minlash uchun dala yuqori namlikda ushlab turiladi, bu oʻz navbatida begona 
oʻtlarning koʻpayishiga olib keladi. Kartoshka urugʻidan oʻstirilganda 
hosildorlikning pastligi, qimmatbaho xoʻjalik belgi-xususiyatlari (tuganak shakli, 
koʻzchalar chuqurligi, rangi, stolonlar uzunligi) ni yuqori darajada geterozigotali 
boʻlishi ishlab chiqarish uchastkalariga keng tadbiq etish uchun toʻsiqlardan biri 
hisoblanadi. 
Kartoshkani urugʻdan oʻstirish uchun gomozigotali liniya va navlardan 
foydalanish maqsadga muvofiqdir. Dastlabki bunday formalar hosil qilish uchun 
oʻzidan changlangan liniyalar olingan. Bunda asosiy vazifa belgilar parchalanishini 
yengish va geterozis kuchidan foydalanishdir. Fenotipik bir xil rangdagi va 
tezpishar tuganaklar olishga erishgan. Lekin hosildorlik oʻzidan changlangan 
liniyalardan dastlabki formalarga qaraganda uning kamayishi 6-boʻgʻin (avlod) da 
19 % ga yetgan. 
Shuning uchun ham generativ urugʻlardan kartoshka yetishtirishda bunday 
usul uchun mos boʻlgan namunalar, navlar, duragaylar, duragay populyasiyalari va 
oʻzidan changlatilgan liniyalarning to`gʻri tanlanishi katta ahamiyat kasb etadi. 
Kartoshka navlarini urugʻidan oʻstirishga mos shakllarni baholashda urugʻning 
vazni, rangi, unish kuchi, energiyasi kabi koʻrsatkichlarni e‘tiborga olish biologik 
va xoʻjalik ahamiyatiga ega.
Hozirgi vaqtda ajratilgan istiqbolli shakl va oʻzidan changlanganda belgi va 
xususiyatlari kam oʻzgarishi aniqlangan. Masalan, Agronomicheskiy, Kameraz, 
Akvilla, Giyevant, Drosell, Cheroki, Shvalbe, Dobro, Zubrenko, Nevskiy, 
Karpatskiy navlari urugʻidan oʻstirishga mos deb topilgan.


123 
Bu navlar mahsuldorlik, kraxmallik, oqsil va tuganaklarni ta‘mi boʻyicha 
navlar gomozigota va bular ishtirokida qimmatbaho belgi-xususiyatga ega boʻlgan 
urugʻdan koʻpaytirilganda oʻzgarmaydigan formalari olinadi.
Kartoshkaning Xitoyda Koannoye, Mira, Epaka, Shvalbe navlarining 
oʻzidan changlatib olingan urugʻlari keng ekiladi. Kartoshkani urugʻdan oʻstirib 
geterozis asosida yuqori hosildorlikka ega boʻlgan formalarini duragay 
populyasiyalar yaratish orqali erishish mumkin.
Duragay populyasiyalardan foydalanish Xitoyda gektaridan 154-382 sentner 
hosil olishni ta‘minlangan. Bunda Shvalbe x Katadin, Soskiya x Shvalbe, Lnemane 
x Katadin duragay kombinasiyalardan olingan.
Ma‘lumotlariga qaraganda kartoshka shakllarini urugʻidan oʻstirishda 
urugʻlarning unuvchanligi, koʻchat tutuvchanligi kartoshkani koʻchat ekini sifatida 
oʻstirishdagi asosiy talabalardan biri hisoblanadi. Bundan tashqari, oʻsimliklarni 
bir tekis oʻsib, rivojlanishi, kartoshka tupi hosili tuganaklarning bir xilliligi alohida 
ahamiyatga ega.
Bundan tashqari, tanlangan namunalar va duragay populyasiyalarining 
oʻsish va rivojlanishini hususiyatlarini oʻrganish bilan birga birinchi yil urugʻ ekib 
olingan tuganak reproduksiyalaridan keyinchalik urugʻchilikda foydalanish 
imkoniyatlarini oʻrganish ishning muvaffaqiyatini belgilaydi. 
Generativ urugʻlaridan kartoshka yetishtirishni iqtisodiy samaradorligi 
yuqori boʻlishidan tashqari ulardan olingan hosildan ya‘ni tuganaklaridan urugʻlik 
material sifatida foydalanish mumkin. Bunday tuganaklardan urugʻlik 
maqsadlarida va iste‘mol uchun foydalanish mumkin. 
Respublikamiz sharoitida generativ urugʻlaridan yetishtirish uchun mos 
namunalarining tanlanishi, ekindan yuqori va sifatli hosil olish texnologiyasining 
ishlab chiqilishi, generativ urugʻlardan yetishtirilgan kartoshka tuganaklaridan 
urugʻchilikda foydalanish respublikamizda asosiy qishloq xoʻjalik sohalaridan 
boʻlgan kartoshkachilikni yanada rivojlantirishga yordam berishi mumkin boʻlgan 
yangi yoʻnalishlaridan biri sifatida xizmat qilishi mumkin. 


124 

Download 1,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish