Generativ urugʻlaridan kartoshka yetishtirish texnologiyasi
Kartoshkani botanik urugʻidan oʻstirish texnologiyasining elementlari
koʻpchilik olimlar tomonidan oʻrganilgan.
Ma‘lumotlariga qaraganda kartoshkani botanik urugʻidan oʻstirishning
urugʻni toʻgʻridan-toʻgʻri dalaga ekish va urugʻkoʻchat usulida parnikda
urugʻlardan koʻchat oʻstirib ularni dalaga oʻtqazish orqali yetishtirish mumkin.
Ular orasida koʻchat ekini sifatida oʻstirishning afzalliklari boʻlib, bu usul
baquvvat oʻsimliklar olish va dalada yuqori hosil toʻplash imkonini beradi.
Koʻchatlarni ma‘lum shaklga kirguncha oʻstirish imkoni yaratiladi va dalada
vegetasiya davri 30-40 kunga kam boʻlib, tutuvchanligi yuqori boʻladi, hosil
toʻplash qobiliyati ham yuqori boʻladi. Urugʻdan oʻstirishning koʻchat, gidrovisev,
granulalangan urugʻdan ekish usullari 1985-1990 yillar mobaynida Samarqand
viloyatida professor T.E.Ostonaqulov tomonidan kartoshkani koʻchat ekin sifatida
oʻstirish texnologiyasini ishlab chiqilgan.
Subtropik sharoitlarda kartoshka botanik urugʻdan bevosita (toʻgʻri-toʻgʻri)
dalaga va koʻchat oʻtqazish yoʻli bilan ekilganda ham yuqori hosil olish
mumkinligi toʻgʻrisida ma‘lumotlar bor.
Botanik urugʻidan kartoshka yetishtirishning agrotexnik masalalari
O‘zbekistonda koʻpgina olimlar tomonidan oʻrganilgan.
Tajribalarida Samarqand viloyati sharoitida bu usulda yetishtirish uchun mos
duragay populyasiyalarini toʻgʻri tanlab koʻchat ekin sifatida oʻstirib gektaridan
18-20 tonna urugʻlik hamda tovar tuganaklar olish mumkinligi isbotlangan.
Urugʻni toʻgʻridan-toʻgʻri dalaga ekib koʻchat oʻstirish juda murakkab, urugʻ
unib chiqish energiyasini noqulay tuproq sharoitida saqlab qololmaydi.
Qurgʻoqchilik va hashoratlar bilan zararlanish tufayli tup son kamayishiga olib
keladi. Dastlabki rivojlanish davrida koʻchatlarning sekin oʻsishi, oʻsuv davrida
kasallik va zararkunandalar bilan zararlanishi, bu usulni qoʻllashning
111
chegaralovchi omillardan boʻlib hisoblanadi. Lekin, shunga qaramasdan Perudagi
Xalqaro kartoshka markazida urugʻni bevosita dalaga ekkanda hosildorlik
gektaridan 210-320 sentnerni tashkil etgan. Shu usul bilan Angliya, AQShning
shimoliy rayonlarida va Xitoyda oʻstirish mumkin. Ammo ekinni yetishtirishning
samarali texnologiyasi muayyan tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda
ishlab chiqishga bogʻliq.
Rossiya sharoitida oʻsimliklarning vegetasiyasi davri qisqa boʻlganligi
uchun koʻchatlar toʻligʻicha tovar tuganaklar toʻplay olmaydi. Shu sababli bunday
sharoit uchun ba‘zi olimlar generativ urugʻlaridan kartoshka yetishtirishni ikki
yillik ekin sifatida foydalanishni taklif etadilar. Ya‘ni, birinchi yil dastlabki
koʻchatlarda mayda tuganaklar ekmalar (sevkalar) olinadi va kelgusi yil esa
ulardan xoʻraki kartoshka yetishtirish uchun urugʻlik material sifatida
foydalaniladi.
Generativ urugʻlaridan yetishtirib kartoshkadan ikki yillik ekin sifatida
oʻstirish borasida bir qator olimlar izlanishlar olib borishgan.
Respublikamiz sharoitida oʻtkazilgan tadqiqotlar natijasida ayrim
koʻchatlardan 470-530 g oʻstirish sharoitiga qarab 1-3 kg gacha hosil olish
mumkinligi aniqlangan. Ularning tuganak reproduksiyalarining hosildorligi esa
gektaridan 19-23 sentnerni tashkil etgan.
Kartoshkalarni urugʻdan yetishtirishning samaradorligini turli tuproq-iqlim
sharoitlarida oʻrganish kerakligini ta‘kidlaydilar. Perudagi xalqaro kartoshka
markazida kartoshkani botanik urugʻidan yetishtirishning texnologik elementlari
urugʻlar ekish, issiqxonadan dalaga oʻtqazish, dala tuprogʻi, qum va torf
aralashmalari tayyorlash; urugʻni nishlatib ekish, koʻchat oʻtqazish chuqurligi va
koʻchatlar boʻyi koʻchatlarni ildizlari bilan yoki qisman tuproq bilan oʻtqazish,
madanli oʻgʻitlar bilan oziqlantirish muddatlari, oʻsimlikning oʻsuv davrida turli
xil pestisidlardan foydalanish, yerni ekishga tayyorlash va koʻchat oʻtqazilgandan
keyin ishlash va boshqa ekinni yetishtirish texnologiyasi elementlarini ishlab
chiqish borasida izlanishlar olib borilmoqda. Ba‘zi olimlar generativ urugʻlarni
dalaga ekilganda oʻsimliklarning unib chiqishni himoya qilib turuvchi bosma
112
(perfonirovanniy) qogʻozni tavsiya etadilar. Bunday tadbir tuproqdagi namlikni
ushlab turishiga va begona oʻtlar oʻsishini sekinlashtirishga yordam beradi.
Afsuski, ushbu qogʻoz hozir ishlab chiqilmaydi.
Urugʻ ekilganda qator ustini torf bilan mulchalash koʻchat hosildorligini 40-
5% ga oshiradi. Eng ma‘qul moʻlchalash materiali torf hisoblanadi. Polietiliyen
plyonkalardan foydalanilganda va goʻng bilan moʻlchalanganda past hosil olingan,
chunki goʻng tuproq yuzasida tezda qurib namlikni yoʻqotadi.
Olimlar tomonidan keyingi yillarda urugʻlarni seyalkalar yordamida yoki
suv bilan (gidrovusev) ekishni mexanizasiyalashtirishga imkon beruvchi texnik
jarayonlarini va qator oralariga ishlov berish masalalari ishlab chiqilgan.
Masalan, kartoshka urugʻlarini piyoz ekish uchun moʻljallangan SLN-8A
seyalkasini oʻzgartirilgan markasini taklif etishadi. Tadqiqotlarni koʻrsatishicha
urugʻlarning unuvchanligi ekish oldi tayyorlash texnologiyasi va ekish usullariga
bogʻliq.
Urugʻni unuvchanligini oshirish uchun oʻstiruvchi stimulyatorlar, mikro
element va fungisidlar bilan ekish oldidan ishlov berish shart. Yuqori natijaga
oʻstiruvchi stimulyatorlar mikroelementlar va fungisidlar aralashmasi bilan 12 soat
davomida ishlaganda dala unuvchanligi 73,3-90,4% gacha oshadi. Urugʻni ekishga
tayyorlashda 2-3 kun suvda ivitib ekish ham yaxshi natija beradi.
Kartoshka urugʻlarini unib chiqishini tezlashtirish uchun 2-3 kun suvda
saqlash yoki 24 soat gibberillin yeritmasida ivitib, qisman quritib soʻngra ekishni
tavsiya etadi. Suvda saqlanganda unuvchanligi 6-kun 91-94 %, gibberillinda
ishlaganda esa 89-90% ni tashkil etgan. Ma‘lumotlarga koʻra, duragay
populyasiyalarning generativ urugʻlaridan yetishtirish uchun mosligini belgilovchi
asosiy mezonlaridan biri dala unuvchanligi 52,4-67,5 % va tutuvchanligi 92-100%
boʻlgan (GP-32, GP-1652; GP-1150; GP-30; GP-11; GP-28 va P-3) duragay
populyasiyalari tanlab olingan.
Urugʻni (gidrovisev) suv orqali maxsus vakum idish orqali ekish usulini
V.O.Kuchumov (1985) taklif etadi. Bunda ekish normasi urugʻni unuvchanligiga
113
qarab belgilanadi. Urugʻ ekish oldidan nishlatilib suv bilan birga ekiladi. Bu usulda
ekilganning 10-14 kuni oʻsimliklarning unib chiqish boshlanadi.
Urugʻlarning eng yuqori dala unuvchanligi rezavor meva yigʻishtirib
olingandan keyin ikkinchi yil ekilganda kuzatilgan. Bunday natijalarni mualliflar
rezavor mevadagi ingibitor moddalar ta‘sir etishining tugashi bilan bogʻliq oshadi.
Olimlar tomonidan kartoshkani botanik urugʻlari koʻchat ekin sifatida turli tup
qalinliklarida oʻsishi, rivojlanishi va hosildorligiga ta‘siri oʻrganilgan.
Koʻchatlarni 70x30 sxemada har bir uyaga 1,2,3,4,5 ta oʻsimlik va 70x10
hamda 70x6 sxemada oʻstirib samaradorligini oʻrganilgan. Ularning tajribalarida
variantlar boʻyicha hosildorlik 196,4 dan 306,7 s/ga gacha oʻzgargan va eng yuqori
koʻrsatkich 70x30 sm sxemada har bir uyada 2 ta (306,7 s/ga) va 70x30 sm da har
bir uyada 3 ta (280,3 ga/s) oʻsimlik oʻtkazilganda 243-47 x Anoka duragay
kombinasiyasidan olingan. Ushbu varianlarda har bir tupda shakllangan tuganaklar
soni 18,6-22,2 donani tashkil etgan. 70x30 sm sxemada bir uyada 5 oʻsimlik
oʻtqazilganda hosildorlik 251,6 ga/s va tuganaklar soni esa 28,1 dona, tuganaklar
oʻrtacha vazni esa 16,8 g ni tashkil etgan. Koʻpayish koeffisenti 70x30 sm ekish
sxemada uyada 3 ta oʻsimlik ekilgan tajriba variantida 14,2-14,3 donani tashkil
etgan.
Maydon birligidan yuqori miqdorda urugʻlik tuganaklari olish uchun
koʻchatlarni 70x30 sm sxemada ekishni va gektaridan olingan hosil bilan 16
gektarni urugʻlik bilan ta‘minlash mumkinligini qayd etadilar. Bu usulda
yetishtirilgan urugʻlik tuganaklarning oʻrtacha vazni 15-20 g ni tashkil etgan.
Ekish sxemasini toʻgʻri tanlangan holda 1 uyadagi koʻchatlar sonini 2-3 ta
oshirish umumiy hosildan urugʻlik tuganaklar chiqimini oshiradi. O‘z
tadqiqotlarida Lvovyanka x Zareva; Lvovanka x 800174; Movka x Dobro; Mavka
x Zareva duragay kombinasiyalarini 70x30-1, 70x30-2, 70x30-3 sxemalarda
ekilganda tajriba variantlari boʻyicha kombinasiyalarda har bir oʻsimlikda
shakllangan tuganaklar chiqimi 17,4-23,2 donagacha oʻzgarishi mumkinligini
aniqlaganlar.
114
Ya‘ni, odatdagi 70x30 sxemada esa 440 ming donaoʻrnigatup qalinligi
oshirish hisobiga gektaridan 760 ming dona tuganaklar (ekma) olingan.
Kartoshkani botanik urugʻidan yetishtirishning texnologik elementlarini
oʻrganish borasida O‘rta Osiyoda, jumladan O‘zbekistonda keyingi yillardagi
tadqiqotlarda urugʻni ekishga tayyorlash, ekish chuqurligi, tutuvchanligini oshirish
maqsadida TUR preparatini turli dozalarda qoʻllash, koʻchatlarni turli oʻtkazish
sxemalarida ekish, mineral va organik oʻgʻitilarning turli normasida oziqlantirish,
sugʻorish rejimi va soni kabi texnologik elementlari oʻrganish boʻyicha tadqiqotlar
oʻtkazilgan.
Urugʻlarning parnikka ekishning optimal muddati mahalliy sharoitda fevral
oyining ikkinchi yarmi boʻlib, har 1 m
2
maydonga 0,8-0,9 g urugʻ sarflanganda
koʻchatlarning qora ildiz chirish va rizoktoniz bilan kasallanishi 26,3 % kamaygan
va standart koʻchatlar chiqimi oshganligi kuzatilgan. Urugʻlarni ekish oldi
oʻstiruvchi stimulyator va mikroelementlar arlashmasida 12 soat davomida ishlash,
unib chiqish energiyasini 94,4-98,6 % gacha oshirishi, urugʻlarni ishlov berish
muddatini oshirishi urugʻlarning unuvchanligini pasaytirishi aniqlangan. Bunday
natijalarni mualliflar gibberilinni uzoq muddat ta‘siri esa ingibitor kabi ta‘sir
qilishi bilan izohlashgan.
O‘simliklarga TUR preparatining turli dozalarda koʻchatlarning turli
fazalarida qoʻllanilib ulurning tutuvchanligiga ta‘siri tekshirilganda, bu koʻrsatkich
97,1-99,2 % gacha oshganligi, koʻchatlarni unib chiqqandan keyin 25-30 kuni
ishlaganda esa, koʻchatlarni parnikda boʻyiga oʻsishi sekinlashishi standart
koʻchatlar chiqimining oshganligi kuzatilgan.
Koʻchatlardan yuqori miqdorda urugʻlik tuganaklari olish uchun (70x10,
70x20, 70x30 sm) tup qalinligida uchta duragay populyasiyalar hosildorligi
oʻrganilgan.
O‘rganilgan duragay populyasiyalarda koʻchat oʻtkazish sxemasi 70x20 sm
boʻlib, koʻchatlarni tutuvchanligi oziqlanish maydoniga bogʻliq emasligi qayd
etilgan. Xalqaro kartoshka markazida koʻchatlarni har bir uyada 5 donadan
ekilganda kamida 3 tasi tutuvchan boʻlishi aniqlangan. Ba‘zi olimlar bir uyaga 4
115
donadan urugʻ ekish koʻchat koʻkarib chiqqandan soʻng turli qalinlikda (yagona)
siyraklashtirib mahsuldorligini kuzatilganda optimal qalinligi 1 m
2
uchun 96 ta
oʻsimlik deb topilgan. Bunday tup qalinligida koʻchatlarni Sank-Peterburg
sharoitida 70x25, 70x10 sm sxemalarda ekib taqqoslanganda 1m
2
maydondan
tuganaklar chiqimi oʻrtacha 23 donani 70x25 sm sxemada 60 donani, 70x10 sm
sxemada esa 129 dona, nazorat variantida esa 32 donani tashkil yetgan.
Rossiyaning Tambov viloyatida urugʻlarni namiqtirib dalaga 70x15 va 70x25 sm
sxemalarda ekilganda 1m
2
maydondan tuganaklar chiqimi muvofiq ravishda 169
donadan 174 donagacha, shu sharoitda koʻchatlar 70x10 sm sxemada ekilganda
tuganaklar chiqimi 163 donani, 70x25 sm sxemada esa 74 donani tashkil yetgan.
Boshqa mualliflar tomonidan olingan tuganaklar yuqori sifatli urugʻlik materiali
boʻlib, keyingi tuganak reproduksiyalarida yuqori hosil olishni ta‘minlanganligini
ta‘kidlashgan.
Koʻchatlarni muqobil oziqlanish maydoni 70x10-15 sm boʻlib, gektaridan
200-500 s/ga gacha hosil olingan. Yuqori miqdorda urugʻlik tuganaklar chiqimi
ya‘ni, koʻchat oʻtkazish sxemasi 10x10 sm variantida koʻchatlar qalinligi 1 m
2
maydonda kuzatilgan kamida 100 dona tuganak olingan. Hosil miqdori esa, 1 m
2
da 4-5 kg tashkil etgan. Koʻchatlardan har biridan oʻrtacha 4-5 dona tuganak
oʻsimliklarni 6-7 sm oraligʻida ekilganda olingan.
Keltirilgan ma‘lumotlarga qaramasdan, Markaziy Osiyo sharoitida,
jumladan O‘zbekistonda kartoshka botanik urugʻidan oʻstirilganda koʻchatlar
oʻtkazish sxemasi va tup qalinligining tovar hosil va urugʻlik tuganaklar chiqimiga,
urugʻlik sifatiga ta‘siri yetarli darajada oʻrganilmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |