245
– muntazam o‘tkazib turish;
– huquqiy, ðedagogik va ðsixologik
tamoyillarga asoslanganligi;
– umumiy qabul qilingan baholash standartiga asoslanganligi.
Natijalarni baholash orqali bir ðaytning o‘zida butun ta’lim
tizimi va uning barcha komðonentlari tekshirilib ko‘rilishi mumkin.
Bilim va ko‘nikmalarni baholashda quyidagilarni inobatga olish
tavsiya etiladi:
1. Bilim va ko‘nikmalarni baholash mezonlari bilan o‘quvchi
oldindan xabardor qilinishi kerak.
2. Baholashdan keyin o‘quvchiga uning natijalari iloji boricha
qisqa vaqt ichida bildirilishi kerak.
3. O‘quvchi olgan yomon natijalar sabablari baholash suhbati
orqali muhokama etilishi kerak.
Bunda o‘qituvchining xatti-harakatlari
ham ushbu yomon
natijalarga sabab bo‘lishi mumkinligini inobatga olish lozim.
4. Birgalikda yomon natijalarni yaxshilash borasida ko‘riladi-
gan chora-tadbirlar haqida maslahatlashib olish kerak.
O‘quvchilar bilim va ko‘nikmalarini baholash asosan testlar va
toðshiriqlar orqali amalga oshiriladi.
Òoðshiriqlar natijalarni o‘lchash va baholash maqsadida ongli
ravishda qo‘yilgan talablardir. Òestlar bilim, qobiliyat, ko‘nikma,
shuningdek, xarakter va munosabatni
tekshirish jarayoni va
vositasidir.
Erkin javob berish lozim bo‘lgan toðshiriqlar tuzishni «Bichish
usullari» mavzusi misolida ko‘rib chiqamiz:
1. Erkin javob berish lozim bo‘lgan yozma toðshiriqlar
natijalarni aniqlashning an’anaviy shaklini ifoda etadi.
Òoðshiriq: «Òikuvchilik sanoatida bichishning qanday usullari
keng qo‘llaniladi va ular to‘g‘risida tushunchalar bering».
Ushbu savolga javob berish jarayonida o‘quvchilardan mustaqil
harakat talab etiladi. Natija o‘z navbatida o‘quvchining bichish
usullari to‘g‘risidagi
olgan bilimlariga, qarashlariga, yozish va ifoda
etish qobiliyatiga bog‘liq bo‘ladi. Vaqt bu yerda muhim shart-
sharoitlarni tashkil etadi.
2. Berilgan javoblardan birini tanlashni talab etuvchi toðshi-
riqlar (testlar) tuzish.
Ko‘ðincha bu toðshiriqlar «dasturlashtirilgan toðshiriqlar» deb
ataladi. Bunda bitta to‘qima to‘g‘ri javobdan chalg‘itadigan bir
246
qancha noto‘g‘ri javoblar kiritilgan bo‘ladi.
Bu bilan talabadan
qaror qabul qilish qobiliyatini ko‘rsatish kutiladi.
Òest toðshirig‘i: universal asbobli bichish usuliga qaysilar kiradi?
A) Disk ðichoqli, lenta ðichoqli va qaychili;
B) choðqilar, matritsa va ðuonson;
C) disk ðichoqli, ðlastinka ðichoqli, lenta ðichoqli va qaychili;
D) sirðantirib bichish, ðlastinka ðichoqli, matritsa va ðuonson.
3. Alternativ toðshiriqlarda faqatgina bitta to‘g‘ri va bitta no-
to‘g‘ri javoblar berilgan bo‘ladi. Òoðshiriq shartiga ko‘ra to‘g‘ri
javobni toðib belgilash kerak bo‘ladi.
Òoðshiriq: universal bichish usulining asosiy kamchiligi nimada?
A) Kiyim detallari aniq bichib olinmay, balki kengaytiribroq
qirqiladi va ko‘ð mehnat talab qiladi;
B) universal bichish usuliga xarajat ko‘ð sarf bo‘ladi hamda
asboblar uzoq vaqt ishlashga moslashmagan.
4. Òo‘ldirish toðshiriqlari.
Bunday toðshiriqlarda javoblar sifatida berilgan fikrlar,
tushun-
chalar, gað bo‘laklari, simvollar, sonlar maxsus raqamlar vositasida
yechim o‘rinlariga kiritiladi.
Og‘zaki toðshiriqlar orqali nazariy bilimlar bilan birga o‘quv-
chining o‘zini tutishi, harakati va muloqot qilish qobiliyati inobatga
olinadi. Ularga quyidagilar kiradi:
– Kasbiy
holatlarni tahlil qilish;
– yechim yo‘llarini toðish bilan bog‘liq muammoli holatlarni
muhokama qilish;
– o‘quvchining muammoli holatlarga bo‘lgan shaxsiy muno-
sabati.
Do'stlaringiz bilan baham: