1.9. ÒIKUV MASHINALARINING DEÒALLARI VA ULARNING SÒRUKÒURAVIY ÒASVIRI Hamma tikuv mashinalari detallardan yig‘iladigan uzellar va
mexanizmlardan tuzilgan. Detallarni to‘g‘ri birlashtirish, ularni bir-
biriga to‘g‘ri keltirish, baxyaqator hosil qilish va boshqa bir qancha
funksiyalar bajarilishida mexanizmlarning bir-biriga mos harakat-
lanishini ta’minlash uchun tikuv mashinalarida yig‘ish uzellari
qismlarini biriktiradigan, aylanma harakat uzatadigan va harakatni
o‘zgartiradigan detallar ishlatiladi (1-jadval).
Mashinaning ayrim qismlarini biriktiradigan detallar. Mashina-
ning qismlari ajraladigan yoki ajralmaydigan qilib biriktirilishi
mumkin. Ajralmaydigan biriktirishda bir detal ikkinchisiga nisbatan
hech qanaqasiga siljiy olmaydi.
Payvandlangan va ðarchinlangan birikmalar ajralmaydigan bi-
rikmalarga kiradi. Ajraladigan bikr birikmalar ancha keng tarqal-
gan bo‘lib, ular vintlar, boltlar, shðlintlar, shðonkalar va boshqa
detallar bilan biriktiriladi.
Barcha vintlar vazifasiga qarab tirak, qisuvchi, tortish va o‘rna-
tish vintlariga bo‘linadi.
Òirak vint (1-jadvaldagi 1-qator) bir detalni ikkinchisiga mah-
kamlashda ishlatiladi. Bunda rezbali qismining uchi detallardan
birining yuzasiga tiralib turadi. Vint (3) bo‘shatilgandan keyin detal
(2) ni sterjen (1) bo‘ylab surish yoki shu o‘q atrofida burish mumkin.
Qisuvchi vint (1-jadvaldagi 2-qator) ham bir detalni ikkinchisiga
biriktirishda ishlatiladi, bunda 1-va 3-ðlastinalar bir-biriga vintlar
(2) ning kallaklari bilan qisib mahkamlanadi. Detallarni bunday
mahkamlash vintlar (2) bo‘shatilgandan keyin ðlastinalarni bir-biriga
nisbatan uzunasiga surish imkonini beradi.
Òortish vinti (1-jadvaldagi 3-qator) qirqilgan bir detalni ikkin-
chisiga nisbatan tortish yo‘li bilan mahkamlashga xizmat qiladi.
Vint (3) detal (2) ning chað qismiga burab kiritiladi, bunda vint
(3) ning kallagi detal (2) ning chað yarmini o‘ng yarmiga tortib
sterjen (1) ga mahkamlaydi.
Vint (3) bo‘shatilgandan keyin detal (2) ni sterjen (1) ga nisbatan
shu sterjen o‘qi bo‘ylab surish yoki uning atrofida burish mumkin.
O‘rnatish vinti (1-jadvaldagi 4-qator) bir detalni ikkinchisiga
qat’iy aniq holatda mahkamlashda qo‘llaniladi. Krivoshið (2) val
(3) ga vint (1) bilan mahkamlanadi. Bunda vintning silindrik
barmog‘i (7) krivoshið (2) teshigiga kiradi. Detallarni bunday
mahkamlash bir detalning ikkinchisiga nisbatan surilishiga yo‘l qo‘y-