Kurs ishini maqsadi:
Xarajatlarni to‘g‘ri yo‘naltirish va va daromadlarni
oshirish ha ularni hisobga olishni amalga oshirish.
Ushbu kurs ishining vazifalari:
Xarajatlar to‘g‘risida tushuncha va huquqiy-me’yoriy asoslari
Xarajatlarni guruhlanishi
Asosiy ishlab chiqarish xarajatlari va uni hisobdan chiqarish hisobi
Korxonaning daromadi turlari
5
1. ADABIYOTLAR SHARHI
1. D.Q.Usmanova Buxgalteriya hisobi. O‘quv qo‘llanma. – Samarqand,
SamDU, 2020. -388 bet.
Mazkur o‘quv qo‘llanma «Buxgalteriya hisobi» fanining o‘quv dasturi asosida
tayyorlangan. Unda Buxgalteriya hisobi va hisobotining konseptual asoslari, aktivlar,
majburiyatlar va xususiy kapitalning hisob va hisobotda aks ettirilish xalqaro hamda
milliy standartlarga asoslangan holda ochib berilgan.
Oliy o‘quv yurtlarida 5230100 – «Iqtisodiyot», 5111000 – “Kasb ta’limi
iqtisodiyot” 5231700 - “Kadrlar menejmenti” mutaxassisliklari bo‘yicha bakalavriat
talabalari uchun mo‘ljallangan.
Ushbu kitob 9-mavzusi: Xarajatlar hisobi nomlangan. Unda xarajatlar
to‘g‘risida tushuncha va ular hisobini tashkil qilishning huquqiy me’yoriy asoslari,
xarajatlarni guruhlanishi, egri va to‘g‘ri xarajatlar tarkibi hamda ularning hisobi,
mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish usullari, asosiy ishlab chiqarish xarajatlari va
uni hisobdan chiqarish hisobi yordamchi va umumishlab chiqarish xarajatlari va
ularning hisobni tashkil qilish, xizmat ko‘rsatish va davr xarajatlari hisobiga oid
mavzular yoritilgan.
2.S. Yuldasheva, I. Masteyeva, B. Maxkamov “Buxgalteriya hisobi asoslari”
«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati Toshkent 2007
Mazkur o‘quv qo‘llanma Germaniya texnikaviy hamkorlik tash kiloti (GTZ)
hamda Germaniya taraqqiyot banki (KFW) ishtirokidagi «Axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari sohasida kasb-hunar ta'li mini rivojlantirishga ko‘maklashish» loyihasi
doirasida ishlab chi qilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim
vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi tomonidan axborot-kommu
nikatsiya texnologiyalari sohasidagi kasb-hunar kollejlari uchun tavsiya etilgan.
6
Ushbu kitob 9-mavzusi: Xarajatlar hisobi deb nomlangan.
Unda daromad olishga xarajatlarning ta'siri, qo‘shimcha xarajatlarni taqsimlash
usullari, mahsulot birligiga xarajatlarni taqsimlash tizimlari, buxgalteriya hisobi
schyotlarida tannarxni aks ettirish haqida mavzular yoritilgan.
3. R.D.Dusmuratov “Buxgalteriya hisobi nazariyasi” Toshkent - «Fan va
texnologiya» - 2013
Darslik 5230900-«Buxgalteriya hisobi va audib) bakalavriat ta'lim
yo‘nalishining namunaviy dasturi asosida yozilgan. Muallif buxgalteriya hisobining
asosiy tamoyillarini, uning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi rolini batafsil bayon etgan
va
tahlil
qilgan.
Shuningdek,
hisobning
ahamiyati
va
axborotdan
foydalanuvchilaming har xiI toifalari uchun taqdim etiladigan ma'lumotlarga batafsil
to‘xtalgan.
Buxgalteriya hisobining mohiyati, maqsadi va vazifalari, predmeti va
uslubi,balansning mohiyati va tuzilishi bozor iqtisodiyoti sharoitidan kelib chiqqan
holdagi yoritilgan. Buxgalteriya hisobining schotlari va ikki yoqlama yozuv, analitik
va sintetik hisobning xususiyatlari kabi o‘zlashtirish murakkab bo‘lgan masalalar
tushunarli va batafsil bayon qilingan. Bozor iqtisodiyoti sharoiti uchun aktivlarni
baholash, kalkulatsiyalash uslublari va ta'minot, ishlab chiqarish hamda sotish
jarayonlarini hisobga olishning xususiyallarini yoritish muhim o‘rin egallagan.
Hujjatlashtirish, inventarizatsiya, hisob registrlari va shakllari, buxgalteriya
hisobotining mohiyati va ahamiyati yetarli darajada bayon etilgan. Korxonaning hisob
siyosati, buxgalteriya hisobini miIliy va xalqaro standartlarga muvofiq isloh qilish
masalalari alohida o‘rin tutadi. Darslikdagi barcha materiallar yangi huquqiy-me'yoriy
hujjatlar, jumladan, buxgalteriya hisobining milliy standartlari asosida bayon qilingan.
Darslik 5230900-«Buxgalteriya hisobi va audib) bakalavriat ta'lim yo‘nalishi
talabalari, magistrantlar va o‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan.Shuningdek,
kitobamaliyotdagi buxgalter-iqtisodchilar, tadbirkorlar va korxona rahbarlari uchun
hamfoydali bo‘ladi deb o‘ylaymiz.
7
Ushbu 9-bobida mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxini kalkulatsiyalash dab
nomlangan. Kalkulatsiyalashning mohiyati va ahamiyati, xarajatlarning turkumlanishi
KaIkuIatsiyaning turlari, xarajatlar hisobi va kaikulatsiyalash obyektlari, kalkulatsiya
birligi va kalkulatsiyalash bosqichlari, xarajatlar hisobi va tannarxni kalkulatsiyalash
usullari mavzulari to‘liq yoritilgan.
4. Hasanov Bahodir Akramovich, Xashimov Akram Abdievich, “Boshqaruv
hisobi” darslik
Mazkur darslik xarajatlar hisobi va mahsulot tannarxini kalkulatsiya qilish,
ishlab chiqarish zararsizligining tahlili, byudjetlashtirish, segmentlar bo'yicha hisob
va hisobot kabi boshqaruv hisobining zamonaviy yo'nalishlariga bag'ishlangan.
Davlat ta’lim standartlari asosida tuzilgan o‘quv dasturiga muvofiq
tayyorlangan. Kitobda rivojlangan davlatlarda qo'llanilayotgan va BMT tomonidan
tavsiya etilgan boshqaruv hisobi tamoyillari hamda tashkiliy asoslaridan keng
foydalanilgan."Boshqaruv hisobi" darsligi iqtisodiy oliy o'quv yurtlarining shu
sohadagi o'qituvchilari, aspirantlari, magistrlari va yuqori bosqich talabalariga
mo'ljallangan. Shuningdek, korxona boshqaruvchilari va mutaxassislar ham
foydalanishlari mumkin
Ushbu 2-bobi xarajatlarni turkumlash va hisobga olish deb nomlangan. Unda
xarajatlar haqida tushuncha va ularning turli xil belgilariga qarab turkumlanishi,
ishlab chiqarish xarajatlarini asosiy va yordamchi ishlab chiqarishlar bo‘yicha hisobga
olishni tashkil etish, qo‘shimcha xarajatlarni hisobga olishga oid ma’lumotlar to‘liq
yoritilgan.
8
Do'stlaringiz bilan baham: |