Янги Ўзбекистонни қуриш ва ривожланишида ёшларнинг фаоллиги
414
Iqtidorli bolalar odatda kuchli xotira, nutq va abstrakt tafakkurga ega bo’ladi.
Iqtidorli bolalar ko’p savol berishlari,‖ ma’lumot‖ va‖ tajribalarni‖ sinflarga‖ ajrata‖
olishlari,to’plangan bilimlardan keng foydalana olishlari bilan tengdoshlaridan
ajralib
turadilar,ular lug’at va ensiklopediyalarni bajonidil o’qiydi, aqliy faoliyatni
rivojlantiruvchi masalalarni yaxshi ko’radi . Iqtidorli bolani odatda test, savol-javob,
kuzatuv, suhbat, anketa metodlari, nostandart masalalar, qiziqarli,
mantiqiy va
murakkab masalalar berish orqali aniqlanadi. Bundan tashqari g’arb mamlakatlarida
bola iqtidorini aniqlovi turli xil psixologik testlardan foydalaniladi.
Iqtidorli o’quvchilarni aniqlash birinchi masala bo’lsa, keyingi masala bu -
iqtidorni rivojlantirish, shakllantirish, o’quvchiga mos ish rejasini tuzishdir. Bu esa
o’qituvchidan katta mehnat va kasbiy tayyorgarlikni talab kiladi. Uzluksiz‖ta’limning‖
asosiy vazifasi bola iqtidorini o’z vaqtida aniqlash va rivojlantirishdir. Bola iqtidorini
rivojlantirish , shakllantirish va uni iqtidorli shaxsga aylantira olish o’qituvchining
iqtidorli bola bilan ishlay olish xususiyatlariga bog’liq. Bular- o’qituvchining
motivatsion tayyorgarligi , qiziquvchanligi, o’z ishiga sodiqligi, faol izlanuvchanligi,
mehnatsevarligi, inson faoliyatining
barcha sohalarini bilishi, iqtidorli bola
psixologiyasini tushunishidir. Yangiliklarga intilish, borliqning sir-sinoatlarini
ochish, o’rganishga intilish maktab partasidayok tug’iladi. SHuning uchun aynan
maktabdan fan va texnikaning turli sohalari bilan
qiziquvchi bolalarni aniqlash,
ularning orzu va rejalarini amalga oshirishiga, o’quvchilarning imkoniyatlarini
to’laraq yoyishlariga, ularning fan va hayotdagi izlanishlar yo’liga chiqishiga
yordam berish juda muhimdir.
Har bir bola iqtidor egasi bo’lib tug’iladi. Bu iqtidorni yuzaga chiqarish faqat
alohida
shaxs uchun emas, balki jamiyat va uning taraqqiyoti uchun zarurdir.
SHuning uchun zamonaviy malakali pedagoglarga qo’yiladigan asosiy talablardan
biri iqtidorli o’uvchilarni aniqlash, iqtidorni kerakli yo’nalishda rivojlantirish uchun
ijodiy yondashish va uni yuzaga chiqarish uchun zarur shart- sharoitni yaratish,
o’quvchi yoshlar ruhiyatini tushuna olish va malakali yordam bera olishdir.
Iqtidor – bu: Akliq salohiyat yoki intellekt, bilim olishga bo’lgan qiziqish va
salohiyatining, o’ziga bo’lgan ishonchning yuqoriligidir.
1. Iqtidor - intellektual imkoniyatlar va talabchanlik majmuidir.
2. Insonning sifat jixatdan yangi pog’onaga ko’tarilishini va uning o’ziga xos
faoliyatini‖ta’minlovchi‖umumiy‖xususiyatdir.
3. Inson faoliyatini yukori darajalarga olib chiquvchi
ichki imkoniyatlar
majmui.
Iqtidor – inson ruhiyatining butun xayoti davomida tizimli rivojlanadigan
psixikaning imkoniyati bo’lib, insonning boshqalarga‖ nisbatan‖ noan’anaviy‖ va‖
favqulodda‖ natijalarga‖ erishishini‖ ta’minlaydi.‖ Iqtidor insonning barcha
imkoniyatlarini va fikrlashini hayotning yangi talablarini hal qilishga va yangi
sharoitlarga moslashishga yo’naltiradi.
Iqtidor turlari: Badiiy iqtidor;
Umumiy intellektual iqtidor; Yetakchilik
iqtidori; Amaliy iqtidor;