Annotatsiya. Ta'lim sifati har qanday davlatning jadal rivojlanishida hal qiluvchi
ahamiyatga ega, buni rivojlangan mamlakatlar misolida ko'rishimiz mumkin. Shuning uchun
umumiy o`rta ta`lim maktablarida huquq fanlarini o`qitishda yangi pedagogik vositalarning
qo`llanilishi hususida ushbu maqolamizda muxtasar to`xtalingan.
Hozirda butun dunyo davlatlari o'zining ilmiy, intellektual salohiyatini
yuksaltirishga juda jiddiy yondashmoqda. Mamlakatimizda ham innovatsion
texnologiyalarga
asoslangan
ta'lim-tarbiya
tizimini
takomillashtirish,
sifat
o'zgarishlari va yuqori samaradorligi jahon ta'lim talablariga mos pedagogik
jarayonni tashkil etish borasida tub o'zgarishlar amalga oshirilmoqda.Bu borada,
ayniqsa, raqobatdosh mutaxassis kadrlar tayyorlashga katta e'tibor qaratilmoqda.
Jamiyatning huquqiy rivojlanishi, barqaror taraqqiyotining harakatlantiruvchi
kuchi bu amaliyotchi yuristlar, huquqshunos olimlar hamda o'z navbatida
o'qituvchilardan iborat professional yuridik jamoa, desak mubolag'a bo'lmaydi.Unib-
o'sib kelayotgan yosh avlodni huquqiy savodxonligini oshirish huquqshunos
pedagoglar
zimmasiga
ulkan
mas'uliyat
yuklaydi.Darslarni
tushunarli
,
o'zlashtirilishi oson bo'lishi o'quvchilarda ham fanga bo'lgan qiziqishni
kuchaytiradi.Bugun shunday bir zamonda yashamoqdamizki, ta'limdagi innovatsion
g'oyalar, ilg'or pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlar bu borada o'qituvchiga
qator qulayliklarni tug'dirmoqda.O'qituvchi ana shu metodlardan mavzuga moslab,
to'g'ri foydalana bilishi zarur, shunda bu metodlar dars samaradorligiga ta'siri
yaqqol seziladi.Darslarni to'g'ri loyihalashtirish, metodlarni tanlash, o'quvchilarni
ijodiy, ilmiy rivojlantirish pedagogdan yuqori kasbiy mahorat, ijodiy izlanish va
albatta, ko'p vaqt talab etadi.Zamonaviy metodlar o'quvchilarda kreativ fikrlash
qobiliyatini yuzaga chiqaradi, ba'zida og'zaki nutqi u qadar yaxshi bo'lmagan
o'quvchining ijodkorligi namoyon bo'ladi.Bunda mantiqiy metodlar (topshiriqni
bosqichma-bosqich bajarish, hal etish, tashxislash), treningli metodlar(testlar, amaliy
ishlar), o'yinli metodlar (belashuvlar, munozara, topshiriq o'yin mazmuniga
singdirilgan)dan o'z o'rnida foydalanish yaxshi natija beradi.Avvalo, noan'anaviy
dars tashkil etishning komponentlariga e'tibor qaratish lozim.Bular:
- motivatsiya-ijodiy , ilmiy faoliyatga munosabat, qiziqish, yo'naltirish;
- faoliyat-fikrlashga oid mantiqiy jarayon, amaliy faoliyat usullari;
- refleksiya(lotincha, ortga qaytish, aks etish) - shaxsiy ijodiy yoki amaliy, ilmiy
faoliyati haqida fikrlash va tahlil etish.
Shuningdek, o'quv jarayonini to'g'ri tashkil etish shart, ya'ni o'qituvchi va
o'quvchi munosabatlari ijobiy shakllangan bo'lishi, qulay psixologik muhit
yaratilishi, o'qitishni zamonaviy-kommunikatsion texnologiyalar vositasida amalga
oshirish (ko'rgazmalilik), har bir o'quvchiga individual yondashish, muammoli-
Do'stlaringiz bilan baham: |