Фойдаланилган адабиѐтлар
1. Ғозиев Э.Ғ. Психология. Т.: Ўқитувчи, 1992.
2.
Боратов Ш.Р. Таълим тизимида психологик хизмат. Бух.ДУ, 2006.
3.
Шарфутдинова Х.Г., Қодирова А.Б. Психологик тренинг. ТерДУ, 2020.
120
BOSHLANG‟ICH SINF O‟QUVCHILARIDA O„QUV-BILUV
MOTIVLARINI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI
Sharopov Nabi Mirzaali o‟g‟li
TerDU 4-bosqich talabasi
O‘quvchining shaxs sifatida shakllanishi va rivojlanishining muhim
mezonlaridan biri bu ta‘lim jarayonidir. Ta‘limiy faoliyatning asosiy vazifalaridan
biri esa o‘quvchilarda o‘quv-biluv motivlarini shakllantirish hisoblanadi.
Barchamizga ma'lumki, ta'limning samaradorligi bir qancha omillarga:
- dars mashg‘ulotlarini to‗g‗ri tashkil eta olish (o‘quv jarayonidagi
tashkilotchilik);
- o‘quv jarayonini tashkil etishda ta‘lim qonuniyatlari va tamoyillariga rioya
qilish;
- dars jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan va axborot-
kommunikatsiya texnologiyalaridan to‗g‗ri va unumli foydalana olish;
- o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning qiziqishini, ularda o‘quv-biluv motivlarini
yanada rivojlantirish va boshqa bir qator omillarga bog‘liq hisoblanadi.
Shundan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, dastlab boshlang‘ich sinf
o‘quvchilarida o‘qishga bo‘lgan qiziqishini, o‘quv-biluv motivlarini rivojlantirish
muhim ahamiyat kasb etadi. Sababi, o‘quv-biluv motivlarini rivojlantirish o‘quvchi
shaxsini shakllantirish asosi sifatida qaraladi.
Bu borada ko‗pgina muammolar haligacha o‗z yechimini topmagan. Bu kabi
muammolarni ta‘lim-tarbiya jarayonida o‘qituvchilarning ta‘limni tashkil etishning
shakl, metod va vositalarini to‘gri tanlash hamda qo‘llash yuzasidan ko‗pgina
o‗qituvchilarda hali ham ko‗nikmalarning shakllanmaganligida, ba'zi holatlarda esa,
to‗g‗ri foydalana olmaganligida, o‗quvchilarning ana shunday darslarga yetarlicha
tayyor emasligi, bunday darslarni bir qator muammolarning yechimi (o‗quvchilarni
ijodiy fikrlash, mustaqil fikrlashi, ularning faolligini oshirish masalalari) sifatida
ko‗ra olmasliklarini aytib o‗tishimiz mumkin.
Motivlar o‗qish – bilish jarayonini boshqaradi, unga faollik kasb etish bilan bir
qatorda
ta'limning
mazmun-mohiyatini
belgilab
beradi.
Shunday
ekan,
o‗quvchilarning ta'lim jarayonida har tomonlama barkamol shaxs, yetuk malakali
kadr sifatida shakllanishida o‗quv-biluv motivlari, umuman keng qamrovli motivlar
tizimi muhim ahamiyat kasb etadi.
Mavlonova R.A. muallifligidagi ―Shaxs faoliyatida motivatsiyaning ahamiyati‖
mavzusidagi ilmiy maqolada motivatsiya shaxs faolligi, hulqi va faoliyatini tartibga
soluvchi muhim omil sifatida barcha insonlarda qiziqish uyg‗otishi aytib o‗tiladi,
shaxs faoliyatida motivatsiyaning ahamiyati ko‗rsatib beriladi.
Motivatsiya shaxs faolligi, xulqi va faoliyatini tartibga soluvchi muhim omildir.
Chunki insonning har xil xatti-harakatlari ostida ushbu xatti-harakatlarga undovchi
asoslar, ularning motivatsiyasi yotadi. Shuning uchun ta'lim jarayoniga faqatgina
o‗quv – biluv motivlarigina emas, barcha keng qamrovli motivlar o‗z ta'sir doirasi
bilan ta'sir etib turadi.
121
O‗qitish - ta'lim jarayoniga undash va uni qo‗llab-quvvatlash. Biz ta'lim
jarayonida faol qatnashuvchi, o‗z qarashlari uchun ma‘suliyatni his eta oluvchi
shaxsni tarbiyalashimiz lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |