81
taqdim etganda yoki akkreditivni bazi bir shartlarini buzganda, xizmat ko‘rsatuvchi bank
va emitent-banki to‘lovni, akseptni yoki gossignatsiyasizni amalga oshirish uchun
hujjatlarni qabul qilib olishdan tonishi mumkin. Akkreditiv bitimning mustaqillik
nazariyasining mohiyati shundaki, emitent-bankning to‘lovni amaldga oshirish bo‘yicha
majburiyati sotuvchi va xaridorning savdo-sotiq shartnomasi (asosiy bitim) bo‘yicha o‘z
zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarishiga bog‘liq emas. Bank benetsifarga to‘lovni
xaridor iltimosiga ko‘ra, hamma o‘z nomidan amalga oshiradi. UCP-500 ga muvofiq,
akkreditiv, savdo-sotiq yoki boshqa bitimdan farq qiladigan bitimdir, akkreditiv matnida
yuqoridagi shartnomalarga ishora bo‘lsa ham u boshqacha bitimdir (3- modda).
Xususan, bank, hujjatlarni to‘lov uchun qabul qilish jarayonida, faqat akkreditiv
shartlariga bo‘ysunadi. Hamda, to‘lovga qarshi, xaridor yoki boshqa bank bilan
shartnomaviy munosabatlarga asoslangan biror bir e’tirozni qo‘llashi mumkin emas.
Agar, misol uchun, xaridor manziliga yuborilgan tovar yo‘lda nobud bo‘lsa yoki buzilib
qolsa, bank baribir taqdim etilgan hujjatlar evaziga to‘lovni amalga oshirishi, xaridor esa
(akkreditiv buyuruvchi) to‘langan miqdorni qoplab berishi shart.
Shunday qilib, akkreditiv bitimga tomonlar o‘rtasidagi shartnomaga bog‘liq
bo‘lmagan, mustaqil bitim deb qaraladi. Akkreditiv bitim va savdo-sotiqqa oid
shartnomaning bog‘liqligi shundaki, akkreditiv shartlari ishtirokchilar tomonidan
shartnomada kelishib olinadi (odatda, shartnomada amalga oshirilgan to‘lovga asos
bo‘lgan hujjatlar, ularni taqdim etish muddati va bosh.). Banklar savdo-sotiqqa oid
shartnoma asosida ish yuritishmaydi, ular to‘lovni, akkreditivda belgilangan, hujjatlar
asosida amalga oshiradi. Sotuvchi bankka, shartnomada ko‘rsatilmagan, hujjatlarni
taqdim etishdan bosh tortishi mumkin. Bank, o‘z navbatida, agar hujjatlar akkreditiv
shartlariga mos kelmasa, to‘lovni amalga oshirmaydi. Boshqa tomondan, savdo-sotiqqa
oid shartnomaning o‘zgartirilishi, masalan, yuk yetkazib berish muddatlarining
o‘zgartirilishi, bank va xaridor o‘rtasidagi akkreditiv kelishuvga o‘zgartirish kiritish
zaruriyatini keltirib chiqarishi mumkin.
M.G.Rozenberg takidlashicha, agar bank yetarli sabablarsiz akkreditiv bo‘yicha
tovarga pul to‘lab bermasa, sotuvchi quyidagi huquqlarga ega:
a) xaridordan tovarga to‘lovni savdo-sotiq shartnomasiga asosan talab etish; o‘z navbatida,
xaridor bank tovarga vaqtida pul to‘lanmaganligi bois undan ziyonni qoplashini talab etishi;
b) akkreditivdan kelib chiquvchi qatiy majburiyatga tayanib bankka tegishli talab
qo‘yishi. Qayd etilgan xaridan oxirgisi, inkor etish “hisob-kitoblarning akkreditiv
shakli o‘zining eng muhim funkstiyasi – sotuvchi akkreditiv talablarini bajarganligini
tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etganda tovarga xaq to‘lanishiga oid bank kafolatini -
yo‘qotganini bildiradi. Bank akkreditivdan tovarga xaq to‘lanishi bo‘yicha qatiy
majburiyatlarini bajarmasligi undan davo miqdorini undirib olishga asos bo‘la oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: