O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta


 Akkreditiv – xalqaro to‘lov shakli



Download 1,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/195
Sana30.12.2021
Hajmi1,88 Mb.
#94181
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   195
Bog'liq
2511-Текст статьи-7155-1-10-20200711

5.5. Akkreditiv – xalqaro to‘lov shakli 
 
Xalqaro  hishob-kitoblar  hujjatlashtirilgan  xususiyatga  ega,  yani  ular  moliyaviy 
va  tijorat  hujjatlari  asosida  bajariladi.  Moliyaviy  hujjatlar  qatoriga  oddiy  va 
o‘tkaziluvchi  veksellar,  cheklar,  to‘lov  bajarilganligi  haqida  tilxatlar  kiradi.  Tijorat 
hujjatlari  qatoriga  hishob-faktura,  tovarlarni  yuklash  yoki  tushirishhni  tasdiqlovchi 


76 
 
yoxud ortishga qabul  qilinib olinganligini   tasdiqlovchi  hujjatlar  va boshqa  hujjatlar 
(masalan,  ishlab  chiqarilgan  joyini,  og‘irligini,  sifatini  yoki  tovar  talqini  hamda 
chegaradan  o‘tganligini    tasdiqlovchi  sertifikatlar,  bojxona  va  konsul  hisob 
varaqalari) kiradi.      
Xalqaro hisob-kitobning akkreditiv shakli jahon amaliyotida eng keng tarqalgan 
shakldir. 
Undan 
tashqari, 
yuqorida 
takidlanganidek, 
O‘zbekiston 
RespublikasiPrezidentining  1994-  yil  20-  aprelidagi  “eksport-import  operatsiyalari 
bo‘yicha  valyuta nazoratini taminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga ko‘ra 
eksport-import  operatsiyalari  bo‘yicha  to‘lovlarning  asosiy  shakllaridan  biri  
hujjatlashtirilgan akkreditivdir   
Hujjatlashtrilgan akkreditiv-  bu akkreditiv ochgan bankka tovarga  to‘lovga oid 
majburiyatni  o‘tkazishdir.  Bu  eksport  qiluvchi  uchun    hisob-kitob  qilishning  eng 
foydali  shaklidir.  Chunki  u  to‘lovning  ishonchliligini  va  uning  tez  olinishini 
taminlaydi.  Eksport  qiluvchini    valyuta  va  siyosiy  xatarlardan  himoya  qiladi. 
Aksincha,  import  qiluvchi  uchun  akkreditivning  foydasi  kamroqdir,  chunki  u 
mablag‘ning akkreditivda himoyalashuvini nazarda tutadi va, demak, mablag‘larning 
aylanmashini  sekinlashtiradi.      Akkreditiv  ochishga  oid  xarajatlar,  odatda,  import 
qiluvchi  zimmasiga  tushadi.  Bankka  tushadigan    kommission    mukofot  inkassoga 
nisbatan ko‘proqdir. 
Takidlash  joizki,  hisob-kitobning  akkreditiv  shakli  eksport  qiluvchi  va  import 
qiluvchiga    majburiyatlarining  bajarilishini  taminlash  qurollaridan  biridir.  Hisob-
kitobning  akkreditiv  shaklida,  sotuvchi  tomonidan  shartnomada  belgilangan 
majburiyatlar bajarganligini tasdiqlovchi hujjatlar kelishilgan muddatda taqdim etilsa, 
bank sotuvchiga ma’lum miqdorda mablag‘ to‘lab berishga majbur.    
Shartnomada  tomonlar  akkreditiv  bo‘yicha  hisob-kitoblarning    harakat 
muddatini va tartibini kelishib oladilar. Qoida bo‘yicha, bu tovar yetkazib beruvchilar 
bilan ularning majburiyatlarini bajarishga oid muddatga moslanishi zarur.    
Akkreditivlarni  taminlanishi  va  to‘lov  usullari  bo‘yicha  dasdiqlaydilar. 
Taminlanishi  bo‘yicha  akkreditivlar  chaqirib  olinadigan,  chaiqrib  olinmaydigan, 
tasdiqlangan va tasdiqlanmagan bo‘lishi mumkin. To‘lov usuli bo‘yicha akkreditivlar   
talab  etilganidan  so‘ng  beriladigan  akkreditiv,  aksept  akkreditiv,  to‘lov  muddati 
surilgan akkreditiv, avans akkreditiv, revolver akkreditivga bo‘linadi.      
Chaqirib  olinadigan  akkreditiv  emitent-bank  tomonidan,  mablag‘  oluvchini 
oldindan ogohlantirmasdan, o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Boshqa so‘z 
bilan  aytganda,  chaqirib  olinadigan  akkreditiv  bo‘yicha  bank  xaridorning  talabiga 
binoan  uni  ixtiyoriy  vaqtda  o‘zgartirishi  yoki  bekor  qilish  huquqiiga  egadir.  Agar 
hamkorlar  o‘zaro  muddatli  ish  aloqalari  bois    bir  birlariga  to‘la-to‘kis  ishonch 
bildirsa,  akkreditivning  bu  turi  foydali  bo‘ladi.  Chunki,  yuqorida  qayd  etilganidek, 
bank xaridorning talabiga binoan, uni ixtiyoriy vaqtda o‘zgartirishi yoki bekor qilish 
huquqiiga ega, bu esa sotuvchi uchun ko‘zda tutilmagan qo‘simcha xarajatlarni yoki 
boshqa  oqibatlarni  keltirib  chiqarishi  mumkin.  Undan  tashqari,  agar  akkreditivda  u 
chaiqrib  olinadiganmi  yoki  chaqirib  olinmaydiganligi  ko‘rsatilmagan  bo‘lsa,  u 
avtomatik tarzda chaiqrib olinadigan deb tan olinadi. 

Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish