O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta


 Akkreditivlar uchun xalqaro savdo to‘lovlarining



Download 1,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/195
Sana30.12.2021
Hajmi1,88 Mb.
#94181
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   195
Bog'liq
2511-Текст статьи-7155-1-10-20200711

5.6. Akkreditivlar uchun xalqaro savdo to‘lovlarining 
unifikatsiyalashtirilgan qoidalari 
 
Savdo-sotiq 
bo‘yicha 
tashqi-iqtisodiy 
bitim 
ishtirokchilari 
o‘rtasidagi        
akkreditiv 
kelishuv 
borasidagi 
munosabatlar 
hamda 
banklar 
o‘rtasidagi        
munosabatlar  hujjatlashtirilgan  akkreditivlarga  doir  unifikatsiya  qilingan  qoida  va  
urflar    (UCP)  bilan    tartibga    solinadi.    Mazkur    hujjat  xalqaro  savdo  palatasi  (XSP) 
tomonidan,  xalqaro  akkreditiv  hisob-kitoblar  sohasidagi    banklar  tajribasini 
umumlashtirish    va  bank  sohasida  paydo  bo‘lgan  urf    odatlar  asosida  ishlab  chiqilgan. 
Hozirgi paytdagi qoidalar 1993- yil tarixidan beri amal qiladi (XSP    500 - 11SR-500 
sonli  nashri). Inkotermsga o‘xshab, UCP-500 meyoriy akt emas va unga mijoz va bank 
o‘rtasidagi  shartnomada  ishora  bo‘lsagina  ishlatiladi.  UCP  xalqaro  bank  amaliyotining  
aks  sadosidir  va  ularga  ishora  mavjud  bo‘lmasa  ham  ishlatilishi  mumkin.    Chunki  ,  bu 
holda,  ular  shartnomaga  bilvosita  (impliedly)    ishonchli        bank  turlari  mavjudligini 
isbotlaydi.    
Shu bilan birga, XSP unifikatsiya qilgan qoidalarni urflar deb qabul qilish noto‘g‘ri 
bo‘lar edi. Chunki  ularga kiritiladigan bandlar aksariyat hollarda  aynan XSP tomonidan 
yaratilgandir.  Vaqti-  vaqti  bilan  UCP  qayta  ko‘rilib  chiqiladi  (mazkur  ish    bilan  XSP 
tarkibidagi  maxsus    ishchi  guruhi  shug‘ullanadi).  Bu  ularni    ma’lum  darajada  meyoriy 
aktlarga yaqinlashtiradi.  
Akkreditivlar 
uchun 
xalqaro 
savdo 
to‘lovlarining 
(XST)    
unifikatsiyalashtirilgan  qoidalari  mavjud.Unifikatsiya  qilingan  qoidalar  har  bir 
hujjatlashtirilgan  akkreditivning  tarkibiy  qismi  sifatida    amal  qiladi,  buni  akkreditiv 
matniga  kiritiladigan  standart  qo‘simcha    ko‘rsatadi:  “Hujjatlashtirilgan  akkreditivlar 
uchun  unifikatsiya  qilingan  qoida  va  urflar,  1993-  yildagi  500-  sonli  XSP  nashri”.  
Xalqaro  hisob-kitoblarni  amalga  oshirganda      UCP  ni  keng  tadbiq  etilishining  boisi, 
akkreditivni  ochish  to‘g‘risidagi  ariza  kunidan  boshlab    barcha  bank  hujjatlari  mazkur 
qoidalarga  ishora  qiladi.  Shunday  qilib,  ular  shartnomaviy  shartlar  sifatida  amal  qiladi.  
Bu  holda  tomonlar  ‘qoidalarda  ko‘rsatilgan  bandlardan  voz  kechib,  akkreditiv  bitim 
bo‘yicha  munosabatlarni  boshqacha,  UCP-500  dagidan  farqliroq  ravishda  tartibga 
solishlari mumkin. Biroq, qoidalarning amaliyotda qo‘llanishi shunchalik keng-ki, UCP-
500  ning  bandlari  barcha  banklar  tomonidan  o‘zgartirishlarsiz  qo‘llaniladi.  Bunga  XSP 
tomonidan  tavsiya  etilgan  akkreditivlarning  standart  shakllari,  banklar  tomonidan 
ishlatiladigan  hujjatlarning  elektron  aylanmasi,  jumladan    SWIFT  tizimi  ham  ijobiy   
ta’sir  etadi.  Hujjatlashtirilgan  akkreditivlar  uchun  unifikatsiya  qilingan  qoidalarni 
ishlatish yuk yetkazib berishning ham bazi umumiy shartlarini nazarda tutadi 
Unifikatsiya  qilingan  qoidalar  akkreditivlar  turini,  ularning  bajarilishi  va 
topsirilishi usullari va tartibini, banklarning majburiyatlari va mashulityaini belgilaydi. 
Qoidalarda  akkreditiv  bo‘yicha  topshiriladigan  hujjatlarni  rasmiylashtirish  shartlari 
batafsil ochib berilgan, turli transportga oid hujjatlarning (konosamentlar,  aralash, va, 
avtomobil,  temir  yo‘l,  yuk  tashishlarga  oid    transport  hujjatlari,  sug‘urta  hujjatlar  va 
h.k.) batafsil tasnifi berilgan.  
UCP-500  ga  muvofiq,  emitent-bank  xizmat  ko‘rsatuvchi  bankga  to‘lovni  bajarish 
yoki  akkreditivni  boshqa  usul  bilan  amalga  oshirish  vakolatini  berganda,  emitent-bank 
xizmat  ko‘rsatayotgan  bankga  akkreditivni  amalga  oshirgani  bois  mablag‘ning  o‘rnini 


80 
 
to‘ldirishi  kerak.  (14  A-  modda).  Undan  tashqari,  emitent-bank  xizmat  ko‘rsatuvchi 
bankdan  akkreditiv  bo‘yicha  majburiyatni  o‘z  zimmasiga,  uni  tasdiqlash  yo‘li  bilan 
olishini iltimos qilishi mumkin (9V-modda).  O‘zining tasdiqlashini qo‘shib qo‘ygandan 
so‘ng  bank  tasdiqlovchi  bank  deb  nomlanadi.  Bunday  bank,  sotuvchi  akkreditivda 
nazarda tutilgan hujjatlarni taqdim etgandan so‘ng, unga to‘lovni amalga oshirishi lozim. 
Emitent-bank,  o‘z  navbatida,  tasdiqlovchi  bankdan  hujjatlarni  sotib  oladi,  shu  bilan 
uning harajatlarini qoplaydi.  
UCP-500  ga  muvofiq  (10A-band),  akkreditiv  tarkibida    uni  bajarishga  oid 
ko‘rsatma mavjud bo‘lishi zarur:  
1) taqdim etish asosida to‘lovni amalga oshirish yo‘li,  
2) kechiktirish orqali to‘lovni amalga oshirish yo‘li ,  
3) aksept yo‘li bilan,  
4) gossignatsiyasiz yo‘li bilan.   

Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish