O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta



Download 1,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/195
Sana30.12.2021
Hajmi1,88 Mb.
#94181
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   195
Bog'liq
2511-Текст статьи-7155-1-10-20200711

unifikatsiya qilingan qoidalarga (URC) muvofiq harakat qilishlari kerak. Mazkur hujjat 
XSP  tomonidan  ishlab  chiqilgan  va  o‘zining  mohiyatiga  ko‘ra  hujjatlarshirilgan 
akkreditivlar uchun unifikatsiya qilingan qoidalardagi xususiyatlarga ega. Hozirgi vaqtda 
1995- yil tarirxidagi qoidalar amal qiladi (URC-522, XSPning 522-sonli nashri). 
Umumiy  qoidaga  ko‘ra,  URC-522  unga  ishora  bo‘lgandagina  ishlatiladi  (1-
modda),  ishora  to‘g‘risidan-to‘g‘ri  ifoda  etilishi  yoki  tomonlarning  o‘zaro 
munosabatlari  yoki  savdo  urflaridan  kelib  chiqishi  mumkin.  URC-522  inkasso 
turlarini, inkasso operatsiyalarnini amalga oshirish usullari va tartibini, tomonlarning 
majburiyatlari  va  masuliyatlarini  belgilaydi,  turli  tushunchalarning  umumiy  ta’rifini 
beradi  hamda  inkasso  operatsiyalariga  doir  bank  amaliyotida  yuzaga  keladigan 
boshqa masalalarni xal etadi.  
Inkasso  vositasidagi  hisob-kitoblarning  umumiy  sxemasi  URC-522ga  muvofiq 
quyidagi bosqichlardan iborat:  
1)  sotuvchi  (ishonib  topshiruvchi),  tovarni  tushirib,  remitent-bank  deb 
nomlanuvchi  o‘z  bankiga  hujjatlar  to‘plamini    inkasso  topshirig‘i  bilan  birgalikda 
taqdim etadi;  
2)  remitent-bank  ishonib  topshiruvchi  tomonidan    taqdim  etilgan  hujjatlarni 
inkasso topshirig‘ida takidlangan hujjatlar bilan solishtiradi hamda inkasso topshirig‘i 
bilan  birgalikda  xaridorning,  import  qiluvchining  mamlakatida  joylashgan,  bankiga 
(inkasso qiluvchi bank) yuboradi;  
3)inkasso  bajarayotgan  bank  qabul  qilib  olgan    hujjatlarini  xaridordan 
(to‘lovchidan)  to‘lovni  qabul  qilib  olish  maqsadida    tekshirish  uchun    taqdim  etadi; 
agar  inkasso  bajaruvchi  bank  hujjatlarni  o‘zi  taqdim  etsa,  u  vakil  bank  deb 
nomlanadi;  
4)xaridordan  to‘lovni  qabul  qilib  olgach,  inkasso  bajarayotgan  bank  unga 
hujjatlarni  topshiradi,  olingan  mablag‘ni  esa  pochta  yoki  telegraf  (teleks)  orqali  
remitent-bankka  o‘tkazadi,  u,  o‘z  navbatida,  daromadni  eskport  qiluvchi  (ishonib 
topshiruvchi)hisobiga o‘tkazib qo‘yadi. To‘lovchi to‘lovni amalga oshirishni rad etsa, 
xizmat  ko‘rsatuvchi  bank  remitent-bankni  ogohlantirishi  kerak,  u,  o‘z  navbatida, 
ishonib  topshiruvchisini  (sotuvchini)  bu  xatardan  ogohlantiradi.  Shundan  keyin, 
sotuvchi  to‘lovni  undirish  uchun  savdo-sotiq  shartnomasi  va  qonunchilik  asosida 
davo qilish tartibida chora ko‘rishi mumkin.          
URC-522  ga  ko‘ra  to‘lov    maxalliy  valyutada  ham,  xorijiy  valyutada  ham 
amalga  oshirilishi  mumkin,  bu  inkasso  topshirig‘ida  belgilangan  tartibga  bog‘liq. 
(17,18-modda).  Biroq  bunda  O‘zbekiston  Respublikasi  valyuta  qonunchiligi 
talablarini inobatga olish zarur. Inkassoga vekselni ham taqdim etish mumkin. Bu 
holda  remitent-bank,  xaridor  mamlakatida  joylashgan  o‘zining  korrespondenti, 
inkasso  bajaruvchi  bankka  o‘tkazma  veksel  va  yuk  tushirishhga  oid  hujjatlarni 
quyidagi  yo‘riqnomalar  bilan  jo‘natadi:  hujjatlarni  faqat  vekselga  to‘lov 
o‘tkazilganidan  keyin  (D/P  -  «documents  against  payment»  deb  belgilanadi)  yoki 


87 
 
veksel  aksepti  evaziga  (D/A  -  «documents  against  acceptance»)  topshirish  lozim 
(URC-522  7-moddasi).  Oldindan  veksel  egasi  (sotuvchi)  vekselda  bank  foydasiga 
kafillikka topshiruvchi indossamentni, yani «valyuta inkassoda”, “qabul qilib olish 
uchun  mo‘ljallangan  valyuta”,  “ishonchli  shaxsga”  kabi  eslatmalari  mavjud 
indossamentni  amalga  oshiradi.  Mazkur  eslatma  mavjudligi  bank  tomonidan 
vekselni  akseptga  yoki  to‘lovga  taqdim  etishga  imkoniyat  beradi.  Bank  mijozga 
veksel  bo‘yicha  olgan  barcha  mablag‘ni  topsirishga  majbur.  Shunday  qilib, 
vekseldan 
foydalanganda 
inkasso 
bo‘yicha 
paydo 
bo‘lgan 
hisob-kitob 
munosabatlari    tomonlar  o‘rtasidagi  veksel  qonun  munosabatlari  bilan 
murakkablashadi.    
Inkassoning  savdo-sotiqqa  oid  shartnoma  bilan  bog‘liqligi  shundaki,  asosiy 
shartnomada  hisob-kitobni    inkasso  vositasida  o‘rnatiladi.  To‘lovni  amalga  oshirish 
uchun  zarur bo‘lgan hujjatlar ta’rifi keltiriladi va inkasso  (URC-522 ga ko‘ra).  Banklar 
biror bir hujjatning shakli, to‘liqligi, aniqligi, qatiyligi, huquqiy kuchi uchun, u yoki bu 
hujjatlarda  ro‘yxatga  olingan  tovarning  ta’rifi,  miqdori,  holati,  yetkazib  berilishi,  narxi   
va  mavjudligi  uchun,  yuk  yuboruvchilarning,  yuk  tashuvchilarning,  ekspeditorlarning, 
yuk  qabul  qilib  oluvchilarning,  sug‘urtachilarning  va  boshqa  ixtiyoriy  shaxslarning 
moliyaviy  axvoli  uchun  masul  emasliklarini  hisobga  olish  kerak.  (13-modda).    Banklar  
qabul  qilib  olingan  hujjatlarning  faqatgina  tashqi  alomatlari  bo‘yicha  inkasso 
topshirig‘ida  sanab  o‘tilgan  hujjatlar  ekanligini  aniqlashlari  kerak.  Hamda  inkasso 
topshirig‘i  bergan  tomonni  biror  bir  hujjatning  mavjud  emasligi  yoxud  topshirig‘ida 
sanab  o‘tilgan  hujjatlardan  farq  qilishi  haqida  ogolantirishi  kerak  (12-modda).  Hisob-
kitoblarda  qatnashuvchi  bank  ishonib  topshiruvchini  yo‘riqnomalarini  bajara  olmasligi 
haqida inkasso topshirig‘ini bergan tomonni o‘sha zaxoti ogolantirishi kerak.   
Adabiyotda  takidlanganidek,  «hisob-kitobning  ikkala  shakli  ham  (akkreditiv  va 
inkasso  )  to‘lov  vaqtini  tovarni  topshirish  vaqti  bilan  moslashga  imkon  beradi.  Xaridor 
uchun  bitta  noqulaylik  qoladi:  u  bu  vaqtda  jismoniy  tovar  o‘rniga    tovarning  hayotiy 
o‘tkazilishini kuzatadi.   
Inkasso  hisob-kitob  turi-  ikki  korrespondent  banklarning  dallolchiligi  orqali 
amalga  oshiriladi.  Bu  banklarning  biri  eksportyor  bankini  inkassa  qilsa,  ikkinchisi 
importyor  bankini  inkassa  qiladi.  Eksportyor  tovarni  yetkazib  berganidan  keyin, 
mamlakatidagi inkassa qiluvchi banka shartnomada ko‘rsatilgan hujjatlar jamlamasini 
topshiradi (hujjatli inkasso). Inkassa   qiluvchi  bank  ham  o‘z  navbatida,  taqdim 
etilgan  hujjatlarni,  to‘lovchining  bankiga  taqdim  etadi.To‘lovchi  bank  hujjatlarni 
importyorga  teksirish  uchun  beradi.  Agar  hujjatlar  talabga  javob  bersa,  ularni  qabul 
(aksept)  qilib,  tovar  uchun  pulni  to‘lab  berish  haqida  o‘z  bankiga  buyruq  beradi. 
Bunda  bank  tovarni  kuzatib  boradigan  hujjatlarni  importyorga  topshiradi  va  unga 
mos  ravishda  pulni  eksportyorning  inkasso  qiluvchi  bankiga  o‘tkazib  yuboradi 
(oldindan  akseptli  inkasso).  Keyingi  akseptli  inkasso  ham  bo‘lishi  mumkin.  Bunda 
inkasso  qiluvchi  bank  hujjatlarni  qabul  qilib,  ularni  to‘g‘riligiga  ishonch  hosil 
qilganidan  so‘ng,  pulni  eksportyorning  hisob  raqamiga  o‘tqazib  yuborib,  qilingan 
operatsiya  haqida  importyorning  bankiga  xabar  qiladi  va  hujjatlarni  unga  yo‘llaydi. 
Importyor  bankidan  olgan  hujjatlarni  tekshirib,  agar  ular  talabga  javob  bersa,  ular 
bo‘yicha amalga oshirilgan to‘lovni tasdiqlaydi (aksept qiladi). 


88 
 
Oldindan to‘lov. Oxirgi vaqtda oldindan to‘lov hisob-kitob shakli juda ham keng 
tarqaldi.  Bunday  to‘lov  shakli  tashish  savdo  shartnomalarida  ham  yetarli  darajada 
qo‘llanilmoqda. Ushbu to‘lov shartiga ko‘ra, to‘lov tovar yetkazib berilishidan oldin 
amalga  oshiriladi.  Bu  borada  shartnomalarda  tovarni  yuklash,  to‘lov  sotuvchining 
hisobiga  kelib  tushgan  kundan  boshlab,  ma’lum  bir  muddat  ichida  (4-5kun)  amalga 
oshiriladi deb  ko‘rsatilishi  ham  mumkin. Bu  hisob-kitob  shakli  sotuvchi  uchun  juda 
qo‘l kelib, sotib oluvchi uchun esa ozgina xatarlidir. Chunki amaliyotda sotuvchi  o‘z 
majburiyatlarini bajarmaydigan vaziyatlar ham bo‘lib turadi. 
 

Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish