6.3. UNIDRUA Konvensiyasi
Xalqaro moliyaviy lizing to‘g‘risidagi UNIDRUA Konvensiyasi
1988- yil
28-may oyida Ottava shahrida 60 dan ortiq davlatlar ishtirokida qabul qilingan.
UNIDRUA Konvensiyasi uchta bob va 25- moddadan iboratdir.
Konvensiyadagi kirish so‘zining bandida :«ijaraga oid an’anaviy sharnomani
tartibga soluvchi huquqiy me’yorlarni moliyaviy lizing bitimlaridan kelib
chiqadigan mustaqil uch tomonlama shartnomalarga moslashtirish zarur»
deyilgan. M.Yu.Savranskiy yuk yetkazib berish shartnomalarini va bevosita
lizingni umumiy uch tomonlama bitim, deb tan olinishini Konvensiyaga asos
bo‘lgan qoidalarga yoyadi (6-moddaning 2 bandi). Shu bilan birga,
Konvensiyaning moddalarida ikki, o‘zaro bog‘liq bo‘lsa ham, mustaqil
sharnomalar – yuk yetkazib berish va bevosita lizing haqida so‘z boradi. Uning
fikricha, Konvensiyadan kelib chiqadiki, lizing ikki turdagi – savdo-sotiq (yuk
yetkazib berish), lizing beruvchi va yuk yetkazib beruvchi o‘rtasidagi va lizing
beruvchi va lizing oluvchi o‘rtasidagi shartnoma bilan rasmiylashtirilgan
bitimidir. Asosan fuqarolik qonunchiligi bandlariga moslab, lizingning huquqiy
mohiyatini I.V. Vitryanskiy batafsil o‘rganib chiqdi. Uning fikricha, lizing
95
munosabatlari, umuman olganda, umumiy bitim emas, balki shartnomaning ikki
turidan iborat shartnomaviy aloqalarning murakkab tuzilmasidir: sotuvchi va
lizing beruvchi o‘rtasida tuziladigan savdo-sotiq sharnomasi hamda lizing
beruvchi va lizing oluvchi o‘rtasida tuziladigan bevosita lizing shartnomasi.
O‘zbekiston Respublikasining qo‘llanishi mumkin bo‘lgan huquqiy masalalari
birinchi navbatda FK lizing shartnomalariga oid bandlari bilan tartibga solinadi.
Xususan, agar shartnomada boshqa narsa ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, sotuvchi mulkni
bevosita ijarachiga u turgan joyda topshiradi . Agar shartnomada boshqa narsa nazarda
tutilmagan bo‘lsa, mulkni topshirish vaqtidan boshlab, uning nobud bo‘lishiga
(buzilishiga) oid tavakkalchilik ham ijarachi zimmasiga o‘tadi .
Bitim ishtirokchilarining huquqiy holati, shartnomalarning qatiyligi va, xalqaro
Konvensiyalar bo‘yicha tartibga solishdan voz kechuvchi boshqa jihatlar boshqa
kollizion qoidalarga muvofiq xal qilinadi (shaxsiy status, shakl statusi va boshqalar).
UNIDRUA Konvensiyasi O‘zbekiston Respublikasida 1 fevral 2001- yilda
ratifikatsiya qilinib kuchga kirgan.«Lizing to‘g‘risida»gi FK o‘zgartirishlar kiritilgan
bo‘lsa ham uning UNIDRUA Konvensiyasi bilan ba’zi ziddiyatlari saqlanib qoldi.
Masalan, qonun lizingning ikkita shaklini ajratib beradi: ichki va xalqaro, binobarin,
ajratishning asosiy jihati tomonlarning tijorat korxonalari joylashgan joy
(Konvensiyadagi kabi) emas, balki ularning rezidentligidir: ichki lizingni amalga
oshirgan vaqtda lizing beruvchi va lizing oluvchi O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari
hisoblanadi.
Konvensiyaning 3-moddasiga muvofiq esa, modda, lizing shartnomasi tomonlarining
(ijaraga beruvchi, ijarachi va yuk yetkazib beruvchi) tijorat korxonalari Konvensiya
ishtirokchilariga bo‘lgan turli davlatlarda joylashgan holda yoxud yuk yetkazib berish
shartnomasi va lizing shartnomasi Konvensiya ishtirokchisi bo‘lgan davlat hududi bilan
tartibga solinsa ishlatiladi (3-moddaning 1-bandi).
«Lizing to‘g‘risida»gi qonun ishlatadigan «rezidentlik» haqidagi tushuncha stivilistik
xususiyatda emas, balki ma’muriy xususiyatga egadir. Bu UNIDRUA Konvensiyasining
«tijorat korxonaning joylanishi» tushunchasiga mos kelmaydi. Masalan, 2003- yildagi
«Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish to‘g‘risida»gi qonun bo‘yicha
rezidentlar deb «O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tashkil etilgang
yuridik shaxslar» hisoblanadi, norezidentlar esa – «xorijiy davlatlar qonunchiliga
muvofiq qaratilgan va mamlakat hududidan tashqarida joylashgan yuridik shaxslar»
hisoblanadi.
Konvensiyaga muvofiq esa, tijorat korxonasining xorijda joylashishi tashkilot
ro‘yxatga olingan joy bilan bog‘lanmaydi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi yuridik
shaxsi (yani, O‘zbekiston Respublikasihududida ro‘yxatdan o‘tgan tashkilot) o‘z
faoliyatini doimiy xorijiy davlat hududida amalga oshirishi mumkin ( yani, u yerda o‘z
tijorat korxonasiga ega bo‘lishi mumkin). Demak, O‘zbekiston Respublikasining
bunday yuridik shaxsi va boshqa O‘zbekiston Respublikasi tashkiloti bilan tuzilgan
lizing shartnomasi Konvensiya ta’siriga tushgan shartnoma sifatida ko‘riladi, hamda
bunda u «Lizing to‘g‘risida»gi qonun nuqtai nazaridan xalqaro deb tan olinmaydi.
Agar Konvensiyaning 6-moddasining 2-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi
huquqiga yordamchi huquq sifatida ishlatilsa, qayd etilgan qonunning Konvensiyaga
96
nisbatan ziddiyatlari, Konvensiyada aks ettirilmagan masalalarni xal etish uchun
qonun bandlarini ishlatishni qiyinlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |