O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta



Download 1,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/195
Sana30.12.2021
Hajmi1,88 Mb.
#94181
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   195
Bog'liq
2511-Текст статьи-7155-1-10-20200711

5.10. Bank o‘tkazmasi 
 
O‘zbekiston 
Respublikasifuqarolarining 
xorijiy 
kontragentlari 
bilan 
munosabatlarida  bank  o‘tkazmalari  (  to‘lov  topshiriqlari  bilan  hisob-kitob  qilish)  ham 
keng miqyosda ishlatiladi. To‘lov topshirig‘i – bu, xaridorning (o‘tkazma beruvchining) 
iltimosiga  ko‘ra  va  hisobidan  xorijiy  sotuvchiga  (qabul  qilib  oluvchi,  benefitsiarga) 
ma’lum  miqdorda  pul  to‘lash  haqida  bankning  o‘z  korrespondentiga  yuborgan 
buyrug‘idir.  Bunda    to‘lovchi-bankka  to‘langan  pul  miqdorini  qoplash  usulini 
ko‘rsatitishi  zarur.  Undan  tashqari,  to‘lov  topshirig‘ida    benefitsiarga  belgilangan  pulni 
ko‘rsatilgan hujjatlar yoki tilxat taqdim etilishi evaziga to‘lash sharti ham mavjud bo‘lishi 
mumkin.  (TSB  1-sonli  Yo‘riqnomasi,  315,316-bandlar)  To‘lovchining  topshirig‘i  bank 
tomonidan  uning  hisobida  mablag‘  bo‘lsagina  bajariladi.  Biroq  shartnomada  boshqa 
narsa ham belgilangan bo‘lishi mumkin ( FK 313-moddasi): unda bank to‘lovchiga kredit 
beradi. 
Hisob-kitob  operatsiyasini  amalga  oshirishga  oid  tashabbus  xaridor  tomonidan 
ko‘rsatiladi,  u  bankka  o‘z  hisobidan  ma’lum  miqdordagi  pulni  sotuvchi  foydasiga 
o‘tkazish  haqida  topshirig‘i  yuboradi.  Mazkur  operatsiyani  amalga  oshirish  uchun 
sotuvchining mamlakatida joylashgan korrespondent-bank jalb etiladi, xaridorning banki 
unga    kelishilgan  mablag‘ni  o‘tkazadi.  Topshirig‘ini  bajarish  uchun  bank  tomonidan 
boshqa banklarni jalb etish majburiyat bajarishni  uchinchi shaxsga yuklanishini bildiradi. 
(  FK  313-moddasi)  Bank  o‘tkazmasini  bajarish  haqidagi  bitim  esa  uchinchi  shaxsga 
xizmat ko‘rsatish shartnomasi sifatida ko‘riladi (uchinchi shaxs foydasiga emas). Shuning 
uchun  mablag‘  qabul  qilib  oluvchi  o‘tkazmada  ishtirok  etuvchi  xorijiy  bankdan 
o‘tkazilayotgan pul miqdorini talab etish huquqiga ega bo‘lmaydi.     
Shunday  qilib,  O‘zbekiston  Respublikasi  banklari  xorijiy  banklarning  to‘lovni 
amalga  oshirish  haqidagi  to‘lov  topshiriqlarini  mahalliy  sotuvchilar  foydasiga 
bajarishadi,  shuningdek  xorijiy  banklarga  to‘lov  topshiriqlarini  xorijiy  sotuvchilar 
foydasiga  berishadi.  Bank  o‘tkazmalarini  amalga  oshirish  usullari  turlicha  bo‘lishi 
mumkin.  Agar  to‘lov  xorijiy  xaridor  tomonidan  O‘zbekiston  Respublikasi  sotuvchisi 
foydasiga  amalga  oshirilishi  kerak  bo‘lsa,  bank  o‘tkazmasi  ikkita  usulda  amalga 
oshirilishi mumkin:  
1)  xorijiy  bank  o‘tkazma  miqdorini  O‘zbekiston  Respublikasi  bankining  mazkur 
xorijiy bankda ochilgan “Nostro” hisobiga o‘tkazadi;  
2)  xorijiy  bank  O‘zbekiston  Respublikasi  banki  o‘zida  xorijiy  bank  tomonidan 
ochilgan “Loro” hisobidan o‘tkazma miqdorini hisobdan chiqarish huquqini beradi.  
Bank  o‘tkazmasi  -  hisob-kitoblarning  avvalgi  turlariga  nisbatan    eng  arzon 


89 
 
shaklidir, shu bilan birga sotuvchi uchun eng xatarlisi hamdir, chunki u tovarni jo‘natib, 
uning  evaziga    to‘lov  ololmasligi  ham  mumkin.  Bank  o‘tkazmasi  asosan  shartnoma 
bo‘yicha to‘lovlar birgallikda bo‘lsa ishlatiladi (masalan, bir vaqtli yuk yetkazib berish), 
kontragentlar  o‘rtasidagi    munosabatlar  davomli  bo‘lmagan  holda,  shuningdek    jarima 
to‘lash,  yillik  foizlar  to‘lash    hollarida  va  h.k.  Agar  xorijiy  sheriklar  bilan  hamkorlik 
doimiy  xususiyatga  ega  bo‘lsa,  shuningdek  to‘lovni  olish  kafolatini    ko‘paytirish 
maqsadida hisob-kitobning boshqa shakllaridan foydalanish lozim.    
Xalqaro  bank  o‘tkazmalari  asosan    bank  qoidalari    va  milliy  qonunchilik  bilan 
tartibga  solinadi.  Xususan,  O‘zbekiston  Respublikasida  bu  sohada    FK  bandlari 
(“To‘lov topshiriqlari bilan hisob-kitob” 2-§ 46-bob) hamda  MB aktlari ishlatiladi. 
1992- yilda YUNSITRAL doirasida tayyorlanib davlat uchun milliy qonun akti 
modeli  sifatida  ishlatish  uchun  Xalqaro  kredit  o‘tkazmalar  to‘g‘risidagi    
YUNSITRAL  namunali  qonuni  tavsiya  etildi  (“kredit  o‘tkazmasi”  deganda  bank 
o‘tkazmasi nazarda tutilgan). Unga muvofiq, to‘lov topshirig‘ini qabul qilib oluvchi 
bank (qabul qilib oluvchi bank)  o‘z hisobidan, hamma  o‘tkazma beruvchi hisobidan 
emas,  yuboruvchi-  bankda  topshirig‘ida  ko‘rsatilgan  mablag‘  qabul  qilib  oluvchi 
(benefitsiar)  foydasiga  to‘lovni  amalga  oshiradi.  Keyin  qabul  qilib  oluvchi  bank 
benefitsiarga  to‘langan  mablag‘ni  hisob  raqami  ochgan  yuboruvchi-bank 
hisobidan  o‘chirish  huquqiiga  ega  bo‘ladi.  Qabul  qilib  oluvchi  banka  tegishli,  
qoplanishi  kerak  bo‘lgan,  miqdor  uning  yuboruvchi-bankda  ochilgan  hisob 
raqamiga  yoki  Biror  bir  uchinchi  bankda  oshilgan  hisob  raqamiga  o‘tkazilishi 
mumkin.  YUNSITRAL  namunaviy  qonuni    davlatlarga  ularning  milliy 
qonunchiligiga  kollizion  meyorni  kiritishni  tavsiya  etadi.  Ung a  muvofiq  to‘lov 
topshirig‘idan  kelib  chiadigan  huquq  va  majburiyatlar  tomonlar  tanlab  olgan 
huquqi  bilan,  tomonlar  kelishuvi  mavjud  bo‘lmasa  -  to‘lov  oluvchi  bank 
davlatining huquqi bilan tartibga solinadi. 
To‘lov topshiriqlari yordamida hisob-kitoblarda xabar yuborishning elektron 
shakli  tobora  keng  tarqalib  bormoqda.  Xususan,  savdo-sotiqga  oid  shartnoma 
ishtirokchilari  to‘lov  topshiriqlarini  elektron  aloqa  kanallari  orqali  uzatishga 
kelishib  olishlari  mumkin.  Bunda,  SWIFT  tizimi,  shuningdek  YUNSITRAL 
tomonidan  1987-  yilda  ishlab  chiqilgan  elektron  o‘tkazishlar  haqidagi  huquqiy 
yo‘riqnoma ishlatiladi.   

Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish