O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta


Tovarlarni oldi-sotdisi bo‘yicha Birlashgan Millatlar Tashkilotining



Download 1,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/195
Sana30.12.2021
Hajmi1,88 Mb.
#94181
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   195
Bog'liq
2511-Текст статьи-7155-1-10-20200711

Tovarlarni oldi-sotdisi bo‘yicha Birlashgan Millatlar Tashkilotining 
konvensiyasi 
Nyu – York.11 – 12 aprel 1988- yil 
Kotibiyat xati: 
Xalqaro  miqyosda  tovarlarni  oldi  –  sotdisini  nazorat  qiluvchi  yagona  haqiqiy 
meyoriy hujjatni tayyorlash 1930- yilda shaxsiy huquqlarni unifikatsiya qilish xalqaro 
tashkiloti  tomonidan  Rim  shaxrida  boshlangan.  Ikkinchi  Jaxon  Urushi  natijasida 
vujudga  kelgan  vaziyat  tufayli  yuz  bergan  uzoq  muddatli  tanaffusdan  so‘ng  mazkur 
loyixa 1964- yilda Gaaga shaxrida o‘tkazilgan diplomatik konferensiyada tanishtirildi 
va ikkita Konvensiya, yani «tovarlar oldi – sotdi shartnomalari to‘g‘risidagi» qonun  
va «Tovarlar oldi – sotdi shartnomalarini tuzish to‘g‘risidagi» qonun  qabul qilindi.  
Mazkur ikkita Konvensiya imzolangandan so‘ng ularga qarshi ko‘pgina  salbiy 


65 
 
fikrlar  bildirila  boshlandi.  Buning  natijasida  yuzaga  kelgan  tushunmovchiliklarni 
bartaraf  etish  maqsadida  YUNSITRAL  xalqaro  tashkiloti  mazkur  ikkala 
Konvensiyani  o‘rganib  chiqishga  qaror  qildi.  Qanday  o‘zgartirishlar  mazkur  ikkita 
meyoriy  hujjatni  turli  huquqiy  va  ijtimoiy  –  iqtisodiy  tizimdagi  mamlakatlar 
tomonidan  keng  miqyosda  tan  olinishi  mumkinligini  aniqlashni  o‘z  oldiga  maqsad 
qilib qo‘ydi. Ushbu o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida 1980- yilning 11- aprel sanasida 
diplomatik  Konferensiya  tomonidan  xalqaro  tovarlar  oldi  –  sotdi  shartnomalari 
to‘g‘risidagi Konvensiya qabul qilindi. 1988- yilning 31- yanvarida Konvensiyaning 
ishtirokchilari  yana  to‘rtta  davlatga  ko‘paydi,  ular  Avstriya,  Meksika,  Finlandiya  va 
Shvetsiya  davlatlari  edi.  Konvensiya  to‘rtta  katta  bo‘limdan tashkil topgan. Birinchi 
bo‘limi  Konvensiya  qo‘llanilish  sohalariga  taaluqli  va  umumiy  qoidalardan  tashkil 
topgan.  Ikkinchi  bo‘limda  xalqaro  miqyosda  tovarlar  oldi  –  sotdi  shartnomalarini 
imzolashni  tartibga  soluvchi  huquqiy  qonuniy  meyorlardan  iborat.  Uchinchi  bo‘lim 
sotuvchi va xaridorlarning majburiyatlari va huquqlariga taaluqlidir.  
Konvensiyaning  qo‘llanilish  sohalari  va  umumiy  qoidalari.  BMTning  xalqaro 
miqyosda tovarlar oldi – sotdisi bo‘yicha  (KMKPT)ni ko‘rsatadigan faoliyat sohalari 
Konvensiyaning birinchi oltita moddasida o‘z aksini topgan.  Konvensiyada 
qo‘llanish sohalariga nima kiradi va nima  tegishli emasligi ko‘rsatib o‘tilgan. 
3  –  moddada  oldi  –  sotdi  shartnomalari  va  xizmat  ko‘rsatish  shartnomalari 
o‘rtasidagi mavjud ikkita farq ko‘rsatib o‘tilgan. Qayta ishlash yoki ishlab chiqarish 
uchun mo‘ljallangan tovarlarni  yetkazib berish shartnomasi oldi  – sotdi shartnomasi 
hisoblanadi, qachonki tovarlarga buyurtma beruvchi tomon mahsulot tayyorlash yoki 
qayta ishlash uchun muhim bo‘lgan materiallarni yetkazib berish majburiyatini o‘ziga 
olmagandagina  yuz  beradi.  Qachonki  tovarlarni  yetkazib  beruvchi  tomonlarning 
majburiyatlari asosan biror bir ishni bajarish yoki xizmat ko‘rsatish bilan belgilangan 
bo‘lsa, Konvensiya qo‘llanilmaydi. 
Ko‘pgina  mamlakatlarda  oldi  –  sotdi  munosabatlarining  hamma  urinishlari 
maxsus qonuniy va huquqiy meyorlar bilan tartibga solinib turiladi. 
Bir qancha moddalarda (4 – modda) Konvensiyaning predmeti shartnoma tuzish 
bilan  bog‘liq  muammolar,  shuningdek  shartnomadan  kelib  chiquvchi  sotuvchi  va 
xaridorning  huquqlari  va  majburiyatlari  bilan  cheklanadi.  Xususan,  Konvensiyada 
shartnomaning haqiqiylik muddati, sotilgan tovarga egalik qilish huquqi yoki tovarga 
jismoniy  shikast  yetkazilgan  holda  sotuvchining  majburiyatlari  bo‘yicha  yuzaga 
keladigan muammolarga to‘xtalmagan. 

Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish