Sotuvchining majburiyatlari. Sotuvchining umumiy majburiyatlari ikki tomon
o‘rtasida tuzilgan shartnoma va ushbu Konvensiya qonun – qoidalariga muvofiq
ravishda tovarlar, ularga tegishli hujjatlarni yetkazib berishdan iborat. Shu bilan birga
Konvensiyada shartnoma va bitimlarda aks ettirilmagan qo‘shimcha qoidalar
(sotuvchi tomonidan tovarlarni yetkazish vaqti, joyi va yetkazish usuli) bilan bog‘liq
ko‘rsatmalarga to‘xtalib o‘tilgan. Konvensiyada tovarning sifati bilan bog‘liq bo‘lgan
sotuvchining majburiyati qoidalari qonuniy meyorlar bo‘yicha ko‘rsatilgan. Umuman
aytganda, sotuvchi shartnomada kelishilgan miqdorda, sifatli darajada, qadoqlangan
tarzda tovarlarni yetkazib berishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |