O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta


 Vena Konvensiyasining amal qilish sohasi



Download 1,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/195
Sana30.12.2021
Hajmi1,88 Mb.
#94181
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   195
Bog'liq
2511-Текст статьи-7155-1-10-20200711

 
4.3. Vena Konvensiyasining amal qilish sohasi 
 
Konvensiyaning  91-moddasiga  muvofiq,    uni  imzolagan  davlatlar  tomonidan 
ratifikatsiya  qilinishi,  qabul  qilinishi  yoki  tasdiqlanishi  kerak.  Shunday  qilib, 
ishtirokchi-davlat  Konvensiya  majburiyligiga  rozilik  berishi  ratifikatsiyadan  farqli 
shaklda  ham  bo‘lishi  mumkinkiligi  nazarda  tutilgan.  Har  holda,  Konvensiyaning 
yakuniy  bandlaridan  ko‘rinib  turibdiki,  uning  tuzuvchilari  mazkur  hujjatni 
faqatgina  ratifikatsiya  qilish  kerak  degan  fikrdan  yiroq  edilar.  Shuningdek, 
“O‘zbekiston  Respublikasixalqaro  shartnomalari  to‘g‘risida”gi  FK    ga  muvofiq  
faqatgina ratifikatsiya federal qonun shaklida amalga oshirilishi lozim (17-modda), 
shartnomani  qabul  qilish  yoki  tasdiqlash  esa,  mazkur  shartnomani  qabul  qilish 
qaysi idora  zimmasida bo‘lishiga qarab  federal qonun shaklida ham,  O‘zbekiston 
RespublikasiPrezidenti,  O‘zbekiston  RespublikasiHukumati,  ijro  xokimiyatining 
federal  idoralari      aktlari  shaklida  ham  (6-moddaning  2-bandi,  20-modda)  amalga 
oshirilishi mumkin.  
Shunday  qilib,  tomonlar  munosabatlari  MDH    tasir  doirasiga  ham,  1980 
yildagi  mahsulotlarni  xalqaro  savdo-sotiq  shartnomalari  haqidagi  Vena 
Konvensiyasi  tasir  doirasiga  ham  tushib  qolsa,  birinchi  navbatda  MDH  bandlari 
bajarilishi lozim, Konvensiya esa subsidiar (yordamchi) holatda ishlatiladi.  
Xalqaro  shartnomalardan  foydalanilganda    hakamlar  va  munosabat 
ishtirokchilari    ularni  izohlash    zaruriyatiga  duch  keladilar.  Bunda  izohning, 
xalqaro  huquqda,  avvalambor,  1969-yildagi  xalqaro  shartnomalar  haqidagi  Vena 
Konvensiyasida  nazarda  tutilgan  vositalari  ishlatilishi  zarur  (31-33-modda). 
Izohlashning asosiy vositalari  - bu  bevosita shartnomaning matni (jumladan, so‘z 
boshi,  ilovalar  hamda  shartnomaga  ta’luqli    ixtiyoriy  bitimlar  va  hujjatlar). 
Shartnomaga  izohning  yoki  uning  bandlaridan  foydalanishga  doir  ishtirokchilar 
o‘rtasidagi  keyingi    ixtiyoriy  kelishuv,  “Xalqaro  huquqning  ixtiyoriy  mos 
meyorlari”dir.  Tomonlarning  rejalarini  aniqlashtirish  uchun  izohlashning 
qo‘shimcha  vositalariga,  jumladan  shartnoma  tuzishda  ishlatilgan  tayyorlov 
hujjatlari va vaziyatlariga murojat etish mumkin. 
Fuqaro-huquqiy  munosabatlarni  tartibga  soluvchi  aksariyat  shartnomalar  o‘z 
ichiga    izohlashga    oid  qoidalarni  oladi.  Masalan,  1980  yildagi  mahsulotlarni 
xalqaro  savdo-sotig‘i  shartnomalari  haqidagi  Vena  Konvensiyasi  7-moddasining  1 
bandida takidlanishicha: “Mazkur Konvensiyani izohlashda  xalqaro xususiyatlarni 
hamda  undan  foydalanishda  umumiylikka  erishish  borasida  ko‘maklashish 
zaruriyatini hisobga olish lozimdir”.  1988- yilda qabul qilingan xalqaro moliyaviy 
lizing  haqidagi  Konvensiyaning  6-moddasida,  1988-  yildagi    xalqaro    o‘tkazish 
veksellari va  oddiy veksellar haqidagi   Konvensiyaning 4-moddasida ham  aynan 
shunday bandlar mavjud. 


64 
 
Ko‘p tildagi shartnomalarni izohlashda va ulardan foydalanishda ham  ma’lum 
muammolar yuzaga keladi. Bunda quyidagi qoidalarga: shartnomalarni turli tildagi 
matnlarini  maksimal  darajada  ishlatish  qoidasi,  turli  tildagi  matnlarda  aks  etgan 
umumiy  manoni  o‘rnatish  qoidasiga  amal  qilish  lozim.  Masalan,  1980  yildagi 
mahsulotlarni xalqaro savdo-sotig‘i haqidagi shartnomalari Vena Konvensiyasining 
1-moddasida  keltirilgan  “tomonlarning  tijorat  korxonasi”  degan  iboraning  oddiy  
ma’nosini  sof  ingliz  tilidagi  mazmuniga  muxrojat  etmasdan    anglash  oson  emas. 
Mazkur  tushunchani  izohlash  natijasida    gap    xo‘jalik  yurituvchi  subyekt  sifatida 
namayon  bo‘layotgan  korxona  haqida  yoki  fuqarolik  huquqlari  obektlari  haqida 
emas,  balki  ish  operatsiyalarini  amalga  oshirish  uchun  mo‘ljallangan  doimiy  joy 
haqida borayotganini anglash mumkin.  

Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish