4.2. Tovarlar xalqaro oldi-sotdi shartnomalari haqida
1980 Vena Konvensiyasi
Tashqi iqtisodiy bitimlarni tartibga solish xalqaro shartnomalar, xalqaro urf-
odatlar hamda xalqaro tashkilotlarning aktlari bilan amalga oshiriladi.
Ichki meyoriy aktlardan farqliroq, xalqaro shartnoma bu – davlatlarning
shartnomaviy meyorlar mazmuni (yani, shartnoma matni) xususidagi kelishuvi va
ushbu meyorlarning shartnoma ishtirokchilari bo‘lgan davlatlar uchun yuridik
majburiy meyorlar sifatida tan olinishidir.
Agar shartnoma mazmunidan, undan foydalanish uchun davlat ichki aktlarini
tuzish talab etilmasa, bevosita xalqaro shartnoma meyorlaridan foydalaniladi.
Bunda, O‘zbekiston Respublikasixalqaro shartnomalarining meyorlaridan bevosita
foydalanishga imkon bermaydigan xususiyatlar qatoriga, jumladan shartnomada
qayd etilgan, ishtirokchi davlatlar tomonidan o‘z ichki qonun hujjatlariga
o‘zgartirishlar
kiritish
haqidagi
ko‘rsatmalar
kiradi.
O‘zbekiston
Respublikasixalqaro shartnomalari yuridik kuchining nishbati bir qator omillarga
boјliq:
1) shartnoma qabul qilish darajasidan (davlatlararo, hukumatlararo,
idoralararo);
2) rozilik berish shaklidan (ratifikatsiya, qabul qilish, qo‘shilish va boshqalar);
3) shartnomani tadbiq etish usulidan (fakultativ yoki majburiy). O‘zbekiston
Respublikasihukumati tomonidan majburiyligiga rozilik berilgan O‘zbekiston
Respublikasixalqaro shartnomalari, O‘zbekiston RespublikasiHukumati Qarorlari,
O‘zbekiston RespublikasiPrezidenti farmonlari, shuningdek, ijro xokimiyatining
idoralari aktlari oldida ustunlikka ega. O‘zbekiston Respublikasifuqarolik
munosabatlarini tartibga soluvchi idoralararo xalqaro shartnomalari faqatgina
mazkur idora aktlariga nisbatan ustunlikka ega.
Masalan, MDHga azo davlatlarning tashkilotlari o‘rtasida mahsulotlarni
yetkazib berish umumiy shartlariga oid Bitimining (MDH, YUS) hamda 1980
yildagi mahsulotlarni xalqaro savdo-sotig‘i to‘g‘risidagi Vena Konvensiyasiga
62
mutanosibligi masalasini o‘rganib chiqamiz. Bu yerda M.G.Rozenbergning nuqtai
nazarini asosli deb hisoblash mumkin, uning fikricha, 1980- yilda qabul qilingan
Vena konvestiyasining 90-moddasiga ko‘ra, bu Konvensiya mazkur davlatlar
qatnashgan boshqa xalqaro shartnomalar ijrosiga ta’sir etmaydi.
Shuning uchun, agar shartnoma MDH, YUS amal qilish sohasiga tegishli
bo‘lsa, unda aynan shu hujjatdan foydalaniladi.
“O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi FK ga
tayanib, quyidagicha takidlanadi, 1980- yildagi Vena Konvensiyasining 90-
moddasida “Xalqaro bitim” tushunchasi faqat ratifikatsiya qilingan shartnomalarni
nazarda tutadi. Bu tasdiqlarga quyida keltirilgan sabablarga ko‘ra qo‘shilish qiyin:
Birinchidan, 1980- yildagi Vena Konvensiyasining 90-moddasini inkor etish
mumkin emas, chunki biror ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi yangi
xalqaro shartnoma mavjud bo‘lsa, unda u bu vaziyatda o‘zi mazkur munosabatlarni
tartibga solishdan voz kechadi.
Ikkinchidan, Vena Konvesiyasining ratifikatsiya qilinganligiga hamda
1992- yildagi Bitim hukumatlararo akt ekanligiga ishora o‘z-o‘zidan yuridik
mohiyat masalani hal etmaydi. 1969- yildagi xalqaro shartnomalarda huquq
to‘g‘risidagi Vena Konvensiyasi hamda umumiy xalqaro huquq qoidalariga ko‘ra
har bir xalqaro shartnoma majburiy shartda bajarilishi kerak. Adabiyotda haqqoniy
takidlanganidek, davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo shartnomalar
o‘rtasidagi tafovutlarga qaramay, “ularning barchasi, umuman olganda, davlat
shartnomalari hisoblanadi” va ularning darajasidan qatiy nazar, “ Xalqaro huquqga
muvofiq bir xil yuridik kuchga egadir”
Biroq, takidlash joizki, xalqaro shartnomalarning o‘zaro mutanosibligi
haqidagi masala mutloq qo‘yilmaydi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi“Xalqaro
shartnomalarining Arbitraj masalalariga qo‘llanishi haqida”gi Qarorida
takidlanishicha: “Ikki tomonlama xalqaro shartnoma hududiy va umumiy
xususiyatdagi ko‘p tomonlama shartnomalarga nisbatan maxsus meyoriy akt
hisoblanishini sud inobatga oladi”. Shunday qilib, maxsus meyoriy akt umumiy
akt oldida ustunlikka ega.
Uchinchidan, “O‘zbekiston Respublikasixalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi
FK asosida qurilgan, yuridik kuchiga oid xalqaro shartnomalarning mutanosiblik
ierarxiyasi faqatgina xalqaro shartnomalarning O‘zbekiston meyoriy aktlariga
nisbatan yuridik kuchining nishbatiga tegishlidir. Ratifikatsiya qilingan xalqaro
shartnoma O‘zbekiston RespublikasiHukumatining qaroriga nisbatan ustunlikka
egaligi haqidagi faktdan ratifikatsiya qilingan xalqaro shartnoma hukumatlararo
xalqaro shartnomadan ustun ekanligi kelib chiqmaydi. Bunday yondashuv
qonunga o‘ta keng mano berish deb, hisoblanishi mumkin.
To‘rtinchidan, O‘zbekistonning xalqaro shartnomalari tizimida aynan
ratifikatsiya qilinganlari eng yuqori yuridik kuchga ega. Biroq, O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutstiyasi “O‘zbekiston Respublikasixalqaro shartnomalari
to‘g‘risida”gi FKda bizga quyidagini xulosa qilishga imkon beradi. Xalqaro
shartnomalar meyorlarining O‘zbekiston Respublikasiqonunlari meyorlariga
nisbatan ustunlik qoidasi faqatgina ratifikatsiya qilingan va O‘zbekiston
63
Respublikasida rasman e’lon qilingan xalqaro shartnomalarini nazarda tutadi,
O‘zbekiston Respublikasixalqaro shartnomalari meyorlarini ichki davlat
munosabatlariga qo‘llash qoidasini, faqatgina shu shartnomalarni bajarishga
rozilik ratifikatsiyadan boshqa shaklda berilgani uchun ishlatmaslikka asos yo‘qdir.
Bu yerda, rozilik aynan federal qonun shaklida berilgani katta ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |