O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta


Ijro  uchun  buyurtmani  qabul  qilish



Download 1,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/195
Sana30.12.2021
Hajmi1,88 Mb.
#94181
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   195
Bog'liq
2511-Текст статьи-7155-1-10-20200711

Ijro  uchun  buyurtmani  qabul  qilish.  Shartnoma  buyurtmani  bajarish  uchun 
qabul  qilib  olish  yo‘li  bilan  tuzilishi  ham  mumkin.  Mazkur  usul,  ayniqsa, 
rejalashtirilgan  iqtisodiyotda,  xalq  iste’moli  mollari  va  ishlab-chiqarish  texnika 
ahamiyatiga  ega  mahsulotni  yetkazib  berishga  oid  shartnomalarda    keng  ishlatilgan. 
Takidlash  joizki,  erkin  tadbirkorlik  sharoitida  mazkur  usul  imkoniyatlari  juda 
cheklangan.       
Hozirgi  paytda,  bu  usul  vositachi  idoralar  va  ularning  mijozlari  o‘rtasidagi 
munosabatlarda,  vositachilik  xizmatini  ko‘rsatishga  oid  shartnoma  tuzilganda  keng 
ishlatiladi.  Xususan,  agar  vositachi  mijozdan  olgan  buyurtma  bo‘yicha  o‘zining 
etirozlarini  shartnomada  belgilangan  muddatda  bildirmasa,    shartnomaning  mazkur 
buyurtmaga  tegishli  qismini  tuzilgan  deb  hisoblash  mumkin.  Biroq,  vositachilik 
xizmatini  ko‘rsatish  shartnomada  boshqa  variantlar  ham  inobatga  olingan  bo‘lishi 
mumkin.      
Zamonaviy tadbirkorlarda  tez-tez quyidagi savol tug‘iladi: shartnomani telefon 
orqali tuzish mumkin-mi va «jentelmenlik kelishuv» qanday kuchga ega?    
Umumiy  qoidaga  ko‘ra,  bitim  uchun  qonun  hujjatlarida  yozma  yoki  boshqa 
shakl  belgilanmagan  bo‘lsa,  ushbu  bitim  og‘zaki  tuzilishi  mumkin.  Shaxslar 
harakatidan  ushbu  bitimni  tuzish  niyatlari  borligi  kelib  chiqsa  ham,  bitim  tuzilgan 
hisoblanadi.  Ammo,  oddiy  yozma  shaklni  to‘ldirmaslik  oqibatida  tomonlarda  nizo 
kelib chiqan holda, guvohlik ko‘rsatmalariga tayanish huquqidan maxrum bo‘ladilar, 
qonunda ko‘rsatilgan hollarda esa bitim yozma shaklining mavjud emasligi bitimning  
haqiqiy emasligiga olib keladi.      
Boshqa so‘z bilan aytganda,  shartnoma,  umumiy hujjat yoki bir nechta o‘zaro 
bog‘liq  hujjatlar  jamlanmasi    ko‘rinishida  mavjud  bo‘lmaganida,  manfa’tdor  shaxs 
bitim tuzilganini boshqa yo‘l bilan  isbotlashga haqli (guvohlik ko‘rsatmalari bundan 
mustasno),  masalan,  tashkilotlardan  olingan  xatlar,  tovarlarni  tushirish  yoki  ularga 
xaq to‘lashga oid hujjatlar bilan va h.k.   
Shartnoma  imzolanishi  uning  tuzilganligini  bildiradi.  Qoida  bo‘yicha,  u  o‘z 
ichiga  korxona    muxtor    vakilining  imzosi  hamda  tashkilot  muxri  bosmasini  oladi. 
Shartnomadagi  korxonaning  muxri  shartnoma  imzolagan  shaxsning  vakolatlarini 
ishbotlab  turadi.  Biroq,  shartnomada  muxrning  mavjud  emasligi  sharnomani 
avtomatik  tarzda  bekor  qilmaydi.    Umuman,  shartnomadagi  korxonaning  muxriga 
juda  katta  ahamiyat  berish  kerak  emas.  Amaldagi  qonun  hujjatlariga  ko‘ra, 
shartnomada  muxrning  mavjud  yoki  mavjud  emasligi  uni  haqiqiy  yoki  haqiqiy 
emasligi bilan hech qanday bog‘liq emasdir. Qonun «O‘zboshimchalar» vakolatlariga 
katta  ahamiyat  beradi.  Shuning  uchun,  vakil  etilmagan  shaxs  imzolagan 
shartnomadagi muxr uni haqiqiy qilmaydi, vaholanki, vakil etilgan shaxsning imzosi 
ustida muxrning yo‘qligi, baribir, shartnoma tuzilganligini anglatadi.     
Shartnomani  imzolash  tomonlarning  uni  tuzishga  xoxish-istaklarini  bildiradi. 


38 
 
Unga muvofiq tomonlarda mos huquqlar, majburiyatlar va mas’uliyat yuzaga keladi.  
Xalqaro  oldi-sotdi  shartnomasi  boshqa  tashqi  savdo  shartnomalari  ichida  eng 
muhimi hisoblanadi. Shunday shartnomani tuzish va ijro etish yo‘li bilan O‘zbekiston 
Respublikasitashqi  savdosini  asosiy  qismini  tashkil  etuvchi  tashqi  iqtisodiy  tovar 
ayirboshlash  amalga  oshiriladi.  Bu  ko‘rinishdagi  shartnoma  bilan  qandaydir  ishni 
bajarish yoki xizmat ko‘rsatish kabi shartnomalar o‘zaro bog‘liqdir. Masalan, tashish, 
sug‘urtalash,  litsenziyalash  kabi  shartnomalar.  Chet  el  kontragentlari  bilan  tuzilgan 
bitimlar  u  yoki  bu  mamlakatning  huquqiy  normalari  bilan  tartibga  solinib  turiladi. 
Qo‘llaniladigan  qonun  ikki  tomonning  roziligi  bilan  amalga  oshiriladi.  Ko‘pgina 
mamlakatlarning  qonunchiligida  tashqi  savdo  bitimini  tuzayotgan  tomonlar,  bitim 
qaysi  mamlakatning  qonunchiligi  bo‘yicha  boshqarilishini  tanlashda  mutlaqo 
erkindirlar. Ammo, bu borada bir qator murakkabliklar yuz bermoqda. Avvalam bor, 
qo‘llanilayotgan huquqiy tizimda bir qator tafovvutlar borligi ko‘zga taslanmoqda.  

Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish