O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta


 Shartnomani ijro etish tartibi



Download 1,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/195
Sana30.12.2021
Hajmi1,88 Mb.
#94181
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   195
Bog'liq
2511-Текст статьи-7155-1-10-20200711

 
2.5. Shartnomani ijro etish tartibi 
 
Shartnomani  bajarish  usuli.  Har  bir  tomonning  shartnoma  bo‘yicha 
majburiyatlarini  bajarish tartibi ma’lum meyoriy qoidalarga bo‘ysunadi.    
Tajribadan  ko‘rinib  turibdiki,  shartnomani  bajarish  bitta  amalni,  masalan 
do‘konda  tovarlarni  savdo-sotig‘i  kabi  amalni  bajarish  bilan  tugamaydi.  Aksariyat 
hollarda,  shartnomani  bajarish  bu  bir  jarayon,  yani    ketma-ket  bajariladigan 
amallarning ma’lum tizimidir. Ko‘rilayotgan jarayonda ikki asosiy ishni ajratib olish 
mumkin.    
Shartnoma  bajarishning  moddiy  pog‘onasi.  Mazkur  pog‘onada  ikki    o‘zaro 
bog‘liq  amal  bajariladi:  bir  tomon  bajargan  ishni  topshiradi  va  boshqa  tomon 
bajarilgan ishni qabul qilib oladi. 
Majburiyatlarni bajarish tartibi amaldagi qonun hujjatlaridagi talablarga muvofiq 
bajariladi.   
Shartnomani  bajarish  muddati.  Agar  shartnomada  uning  bajarilish  kuni 
belgilangan  bo‘lsa,  uni  aynan  shu  kunda  bajarish  darkor.  Agar  shartnomada 
majburiyatning bajarilish muddati belgilangan bo‘lsa, uni aynan shu muddat ichidagi 
ixtiyoriy  vaqtda  bajarish  mumkin.  Umumiy  qoidaga  ko‘ra,  ishtirokchi  majburiyatni 
muddatidan  oldin  bajara  olmaydi.  Biroq,  agar  bu  hol  tomonlar  uchun  bu  
shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa, muqobil tomonning roziligi mavjud bo‘lsa yoki 
bu  majburiyat  mohiyatidan,  ishlbilarmonlik  yuzasidan  kelib  chiqsha,  tomonlar 
majburiyatlarni  muddatidan  ilgari  bajarishi  mumkin.  Aks  holda,  muqobil  tomon 
bajarilgan  ishni  qabul    qilmasligi  yoki  qabul  qilib,  qarshi  tomondan,  majburiyat  o‘z 
vaqtida bajarmaganligi bois yetkazilgan ziyon uchun mablag‘ undirib olishi mumkin.      
Shartnomani  bajarish  joyi.  Agar  shartnomani  bajarish  joyi  shartnomada 
belgilanmagan  bo‘lsa,  umumiy  qoidaga  ko‘ra,  majburiyat  uni  qabul  qilib  olayotgan 
ishtirokchi joylashgan  hududda bajarishi  kerak. 
Ammo bu qoidadan bazi istisnolar mavjud:   
– ko‘chmas mulkni obekti o‘zining turgan joyida topshirish majburiyati;   
– biror bir joyga yetkazib berilishi kerak bo‘lgan yukni, uning birinchi yuk qabul 
qiluvchi turgan joyda topshirish majburiyati;   


39 
 
–  tadbirkorning  tovar    ishlab  chiqarayotgan  yoki  saqlagan    joyi  xaridorga 
ma’lum bo‘lsa, uni o‘sha yerda topshirish majburiyati.    
Shartnoma  bahosi.  Maqsadli  shartnoma    ishtirokchilar  tomonidan    kelishilgan 
narxda    baholanadi.  Shartnoma  tuzilganidan  keyin  narxni  o‘zgartirish  faqat 
shartnomada nazarda tutilgan holda  mumkin.     
Shartnomani  bajarish  usuli.  Bajarish  usuli  –  bu    bajarish  jarayonidagi 
tomonlarning    shartnomada  belgilangan  tartibdagi  harakatlaridir.  Umumiy  qoidaga 
ko‘ra,  agar  tomonlar  kelishuviga  binoan  majburiyatni  qismlab  bajarish  nazarda 
tutilmagan bo‘lsa,  majburiyat butunligicha bir marta bajarilishi shart.  Tomonlarning 
shartnoma  bo‘yicha  majburiyatlari  bir  vaqtda  bajariladi.  Yana,  agar  kelishuvda  aks 
holat  kelib  chiqmasa.  Shuning  uchun,  shartnoma  tuzishda  tomonlar  majburiyatlar 
qanday bajarilishini aniq va jiddiy belgilab berishlari zarur.  
Shartnoma  bajarilishing  texnik-huquqiy  pog‘onasi.  Mazkur  pog‘onaning 
mohiyati - bajarilgan ishning miqdori va sifatini teksirish hamda buni rasmiy hujjatlar 
bilan tasdiqlashdir.   
Bajarilgan  ishni  qabul  qilib  olgan  shaxs  qarama  -  qarshi  tomonga  tegishli 
hujjatni  taqdim  etishi  shart.    Faqat  majburiyatning  bajarilishigina,  majburiyat  olgan 
tomon  uchun  uning  tugashini  anglatadi.  Bundan  tashqari,    majburiyat  olgan  tomon 
majburiyat  bajarganligi  haqida  rasmiy  hujjat  olmasa,  u  o‘z  zimmasiga  olgan 
majburiyatlarni to‘laligicha bajargan bo‘lsa ham yuridik jihatdan qarzdor hisoblanadi.  
Majburiyatlarning ixtiyoriy bajarilishi rasmiy hujjatlar bilan tasdiqlanishi kerak, 
aks holda, majburiyatlar bajarilmagan hisoblanadi.   
Majburiyatlarning 
bajarganliligi 
haqida 
rasmiy 
tasdiqlovchi 
hujjatlar 
quyidagilar:  
a) tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) topshirish - qabul qilib olish akti;  
b)  tovarlarga  (ishlarga,  xizmatlarga)  xaq  to‘langanligi  haqida,  bank  tomonidan 
tasdiqlangan, to‘lov qog‘ozi;   
v)  transport  tashkilotidan      yuk  qabul  qiluvchi  manziliga  yo‘naltirilgan,    tovar  
tushirib bo‘linganligi  haqida kvitantsiya;  
d) sotuvchi omboriga yuk tushirilishi haqida kvitantsiya;  
e) qabul qilib oluvchining tilxati;  
f) boshqa hujjatlar va guvohliklar.  
Shuning  uchun  tashqi  iqtisodiy  faoliyat  qatnashchisi  tuzayotgan  bitimi  uchun 
qaysidir qonunchilikni to‘g‘ri tanlab, uni o‘rganib, mo‘ljallab olishi kerak.  

Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish