O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta


Shartnomaning matnini rasmiylashtirish tartibi



Download 1,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/195
Sana30.12.2021
Hajmi1,88 Mb.
#94181
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   195
Bog'liq
2511-Текст статьи-7155-1-10-20200711

 
2.3. Shartnomaning matnini rasmiylashtirish tartibi 
 
Amaldagi  qonun  hujjatlariga  muvofiq,  agar  shartnomaning  barcha  ahamiyatli 
shartlari  bo‘yicha  tomonlar  bir  to‘xtamga  kelgan  bo‘lsalar,  shartnoma  tuzilgan 
bo‘ladi.    Shartnoma  tuzilgan  vaqt  deb,  kelishuvga  belgilangan  shakl  berilgan  vaqt 
hisoblanadi.     
Shartnomalar bir necha usulda tuziladi, ulardan asosiylari quyida keltirilib, tahlil 
etilgan. Ammo, ixtiyoriy holda, shartnoma tuzish usuli ishtirokchilar ixtiyorida qoladi 
hamda aniq bir shartnomaning xususiyati va ixtisosiga bog‘liqdir.      
Oldi-sotdi shartnomasi -tashqi savdo operatsiyalari ishtirokchilarining huquq va 
majburiyatlarini 
belgilaydigan 
asosiy 
tijorat 
hujjati 
bo‘lib, 
unda 
savdo 
ayirboshlashiga doir harakatlar majmui bayon etiladi. 
Shartnomaning amal qilish mexanizmi asosiga uning tarkibi, taraflarning o‘zaro 
majburiyatlari  hajmi,  to‘lov  shartlari,  yetkazib  berishlarning  bazis  shartlari, 
sug‘urtalash  shartlari,  texnik  shartlar,  shartnoma  pozitsiyalarini  buzganlik  uchun 
sanktsiyalar  qo‘yilgan.  Demak,  tashqi  savdo  shartnomasining  mexanizmi  deb  tashqi 
savdo  bitimi  tarkibiy  unsurlarining  majmui  va  ularning  kontragentlar  bilan 
kelishilgan yuridik meyorlarga muvofiq, hamkorligini hisoblash mumkin. 
Fuqarolik  kodeksiga  ko‘ra,  shartnoma  -  bu  ikki  tomonlama  yoki  ko‘p 
tomonlama  tuziladigan  bitimdir.  Doktorinada  esa  shartnoma  deganda,  tomonlarning 
o‘z huquqi va majburiyatlarini o‘rnatishi, o‘zgartirishi va tugatishi tushuniladi. Oldi-
sotdi  shartnomasida  kamida  2  ta  subyekt  ishtirok  etadi,  aks  holda,  kelishuv 


31 
 
bo‘lmaydi.  Xalqaro  oldi-sotdi  shartnomasi-bu  shunday  hujjatki,  unda  sotuvchi 
shartnomada ko‘rsatilgan tovarni ikkinchi tomonning mulkiga o‘tkazib berishi kerak. 
Ikkinchi  tomon  ham  o‘z  navbatida  tovarni  qabul  qilib,  uning  pulini  to‘lab  berishi 
kerak.  
Shartnomalar quyidagicha rasmiylashtirilishi mumkin: 
•  muddatli shartnoma  -  tovarni qatiy  belgilangan  muddatda  yetkazib berilishini 
nazarda  tutadi  va  muddat  buzilgan  taqdirda  xaridor  shartnomani  bekor  qilishga 
haqlidir; 
• uzoq muddatli shartnoma - 3-5 yil va undan ko‘proq muddatga tuziladi; 
•  mahsus  shartnoma  -  loyixalash,  montaj  ishlari,  texnik  xizmat  ko‘rsatish, 
sinovlar o‘tkazishga va xokazolarga tuziladi; 
• chegarali shartnoma - keyin aniqlashtirilishi kerak bo‘lgan asosiy shartlarnigina 
o‘z ichiga oladi; 
•  niyatlar  shartnomasi  -  xaridorning  tovarni  qatiy  majburiyatlarsiz  xarid  qilish 
niyatini belgilaydi. 
Bayon  etish  shakliga  ko‘ra  oldi  -  sotdi  shartnomalari  yozma  shaklda  tuzilishi 
kerak.  Lekin  xalqaro  amaliyotda  ko‘pincha  bitimlar  og‘zaki  shaklda,  telefon  orqali, 
auksionlar, birjalarda tuziladi. Biroq keyin og‘zaki kelishuv albatta yozma shartnoma 
bilan  tasdiqlanib,  ikkala  taraf  tomonidan  imzolanadi.  Shu  paytdan  boshlab 
taraflarning majburiyatlari ham paydo bo‘ladi. 
Ko‘pincha  xalqaro  savdoda  ikki  tarafli  shartnomalar  uchraydi,  shuning  uchun 
uning tarkibi,  tuzilishi, amal qilish jarayoniga zarur etibor berilishi kerak. 
Xalqaro oldi-sotdi shartnomalarining turli ko‘rinishlari mavjuddir:  
Birlamchi  yetkazib  berish  shartnomasi-  bir  vaqtning  o‘zidagi  kelishuv  bo‘lib, 
shartnomada  ko‘rsatilgan  tovar  miqdorini,  belgilangan  muddatdagi  sanada  yetkazib 
berishdir.  Tovarni  yetkazib  berish  belgilangan  muddat  ichida  bir  yoki  bir  necha 
marotaba  amalga  oshiriladi.  Belgilangan  majburiyatlar  bajarilishi  bilan  shartnoma 
bekor  qilinadi.  Birlamchi  shartnomalar  qisqa  muddatli    va  uzoq  muddatli  yetkazib 
berishli shartnomalari bo‘lishi mumkin.  
Davriy  yetkazib  berishli  shartnomalari-  belgilangan  miqdordagi  tovarlar 
partiyasini  shartnomada  belgilangan  muddatlar  ichida  muntazam  (vaqti-vaqti  bilan) 
ravishda  yetkazib  berib  turishni  nazarda  tutuvchi  shartnomalarga  aytiladi.  Bunday 
shartnomalar  qisqa  muddatli  (odatda  1yil)  va  uzoq  muddatli  (5-10  yil,  bazan  undan 
ham ko‘proq) bo‘lishi mumkin. 
Yuqorida  ko‘rsatilgan  ikkala  shartnomaning  bajarilishi  qisqa  hamda  uzoq 
muddatli  bo‘lishi  mumkin.  Ularni  bir-birlaridan  ajratib  turuvchi  asosiy  narsa,  bu 
bitim  tomonlarining  o‘zaro  munosabatlaridir.  Komlektli  uskunalarni  yetkazib 
berishni ko‘zlovchi shartnomalarda, eksportyor va importyor orasidagi munosabatlar 
katta  muhim  amaliy  ahamiyat  kasb  etadi.  Bunda  tovarni  yetkazib  beruvchi 
komlektlarning  to‘liq  bo‘lishi  va  belgilangan  muddat  ichida  yetkazib  berilishiga 
hamda uning sifatiga to‘liq javobgar bo‘ladi.  
To‘lov  shartiga  qarab  shartnomalar  yetkazilgan  tovar  uchun  pul  bilan  hisob-
kitob  qilish  shaklida  va  tovar  bilan  to‘liq  yoki  bo‘laklab  hisob-kitob  qilish 
ko‘rinishida bo‘ladi. Pul shaklidagi hisob-kitobda tomonlar bilan muvofiqlashtirilgan 


32 
 
valyutada,  shartnomada  belgilangan  to‘lovni  amalga  oshirish  (naqd  pul,  oldindan 
to‘lov,  kredit)  va  hisob-kitob  shaklini  (akkreditiv,  inkasso,  veksel,  chek)    orqali 
bajariladi.  Hozirgi  kunda  to‘lovlarni  aralash  ko‘rinishida  amalga  oshirish  keng 
tarqaldi. Masalan, shartnoma qiymatining 30-50% oldindan to‘lovni amalga oshirish 
orqali bo‘lsa, qolgan qismi akkreditiv orqali to‘lov amalga oshiriladi.  
Yuqorida  aytib  o‘tilgan  belgilardan  tashqari,  xalqaro  oldi-sotdi  shartnomasi 
o‘ziga xos bir spetsifik harakterga ham egadir. Bu tijorat harakteri bo‘lib, unda chet el 
elementi (chet el yuridik yoki jismoniy shaxsi)ning mavjudligidir. Ushbu shartnoma 
bo‘yicha  sotuvchi  molni  (mulk,  tovar)  sotib  oluvchi  ixtiyoriga  topshirishga  majbur. 
Sotib oluvchi esa qabul qilib, uning pulini to‘lab berish majburiyatini oladi. Bunday 
ko‘rinishdagi  shartnomalarni  rus  olimi  Musin  V.A.  shunday  ta’riflaydi:  "Tashqi 
savdo  oldi-sotdisi,  avvalambor  oldi-sotdining  turli  ko‘rinishi  bo‘lib,  bunda  shunday 
majburiyat  turadiki,  tovarga  egalik  huquqini  boshqa  bir  shaxsning  mulkiga  o‘tkazib 
berish  tushunilsdi.  Tashqi  savdo  oldi-sotdi  shartnomasining  predmeti  bo‘lib,  mulk 
hisoblanadi. Tashqi savdoning  tarkibiga xususan, mashina va ehtiyot qismlar , temir 
rudasi va neft, gaz, xalq iste’moli mollari va boshqalar kiradi. Oxirgi yillarda xalqaro 
savdoda  asosiy  o‘rinni  mashina,  asbob  uskuna  va  extiyot  qismlarning  komplekt 
holdagi  savdosi  egallamoqda.  Bu  borada  shuni  aytish  darkorki,  xalqaro  savdo 
muxitida, turli  mamlakatlar  tovar  va xom  ashyo  eksporti  va importi  ustidan  turlicha 
nazorat o‘tkazadilar.  
Xalqaro  oldi-sotdi  shartnomasining  tarkibiga  kelsak,  shuni  aytish  kerakki, 
xatlarning  turli  ko‘rinishlari  bo‘lgani  kabi  shartnomalar  ham  bir  necha  yuz  ming 
yillar  mobaynida  xalqaro  tijorat  amaliyotining  takomillashib,  rivojlanib  borishi 
tufayli, hozirgi kunga kelib, ma’lum bir belgilangan ko‘rinishiga ega. Natijada tashqi 
savdo  shartnomasi  ma’lum  bir  darajada  standart, unifikatsiyalashtirilgan  ko‘rinishga 
ega  bo‘lib,  hozirgi  kunda  ham  qo‘llanilib  kelmoqda.  Shu  sababli  shartnoma  etarli 
darajada ananaviy va konservativ hujjat hisoblanadi va agarda uning shakli uzun yoki 
eskiroq bo‘lib ko‘rinsa, uni tuzatish yoki soddalashtirishga hojat yo‘qdir.  
Tashqi  savdo  shartnomasining  strukturasi,  (har  qanday  yozma  shartnoma  kabi) 
ketma-ketlikda raqamlar bilan belgilangan shartnoma shartlarining joylashuvi bo‘lib, 
ularning har biri o‘z-o‘zidan aloxida bir tashqi savdo bitimining ijro etilishi bo‘yicha 
konkret  savollarni  boshqarib,  tartibga  solib  turuvchi  bo‘limlarni  namayon  etadi. 
Bunday  bilimlar  tashqi  sado  shartnomasida  odatda  11  tadan  151  tagacha  bo‘ladi. 
Klassik  variantdagi  tashqi  savdo  shartnomasining  shartlari  «umumiylikdan 
aloxidalikka» printsipi asosidagi ketma-ketlikda joylashtiriladi. Unda avval umumiy, 
boslang‘ich  axborot  va  ma’lumotlar  (nima,  qancha,  qaysi  sifatda,    narx,  qaysi  bazis 
shartlarda  sotiladi)  joylashtiriladi.  Keyin  esa,  bitimni  amalda  qanday  bajarilishiga 
javob  beruvchi  shartlar  (tovarni  topshirish,  qabul  qilish,  to‘lov  shartlari,  transport 
shartlari, jarima va pretenziyalar, arbitraj, sud va shu kabilar) joylashtiriladi.  

Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish