Jarima. Bu - qonunda yoki shartnomada belgilab qo‘yilgan pul miqdoridir,
qarzdor o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarmasa yoki zarur darajada bajara
olmasa, jumladan, shartnoma shartlarini vaqtida bajarmasa, mazkur mablag‘ni
muqobil tomonga to‘lashga majburdir. Jarima turlari sifatida penya va shtrafni
ko‘rsatish mumkin.
Shtraf – qarzdor, oldindan belgilangan miqdorda yoxud qarz miqdori yoki
bajarilishi lozim bo‘lgan butun predmetga (shartnoma bahosiga) nisbatan foiz
ko‘rinishida, qarz beruvchiga to‘lash majburiyatini olgan, shartnomada belgilangan,
ma’lum pul miqdoridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |