O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta



Download 1,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/195
Sana30.12.2021
Hajmi1,88 Mb.
#94181
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   195
Bog'liq
2511-Текст статьи-7155-1-10-20200711

Kafillik.  Kafillik  (kafolat)  shartnomasi  qarz  beruvchi  va  kafil  bo‘lgan  shaxs 
o‘rtasida  tuziladi.    Kafillik  (kafolat)  tufayli  kafil  bo‘layotgan  shaxs      boshqa 
shaxsning  (qarzdorning)  majburiyatlarni  to‘la  yoki  qisman    bajarishi    uchun 
javobgarlikni  o‘z  zimmasiga  oladi.  Qarzdorning  mablag‘i  (faqatgina  pul  mablag‘i 
emas,  balki  boshqa  mulki  ham)  yetmagan  holda,  agar  qonun  hujjatlarida  yoki 
shartnomada  kafil  bo‘layotgan  shaxsning  va  qarzdorning    birgalikdagi  javobgarligi  
(birgalikda kafil bo‘lish) nazarda tutilmagan bo‘lsa, kafil bo‘layotgan shaxs  qarzdor 
majburiyatlari  bo‘yicha  qarz  beruvchi  oldida  subsidiar  (qo‘shimcha)  javobgarlikni 
o‘z zimmasiga oladi.     
Kafil  shaxs  sifatida  faqat  tijorat  tashkilotlari  emas,  balki  notijorat  tashkilotlar 
ham  chiqishi  mumkin,  masalan,  jamoat  va  diniy  tashkilotlar,  matlubot  jamiyatlari, 
xayriya  fondlari  va  h.k.    Kafil  shaxs  sifatida    mulkdor  moliyalashtirayotgan 
muassasalar,  jumladan  byudjet  tashkilotlar    ham    xizmat  qilishi    mumkin,  biroq, bu 
holda,  tezkor  boshqaruv  huquqida  mulkka  egalik  qilayotgan  muassasa  o‘z 
majburiyatlari  bo‘yicha  faqat  unda  mavjud  pul  mablag‘lari  bilan  javob  beradi,  ular 
yetishmagan holda esa, muassasa majburiyatlari bo‘yicha javobgarlikni tegishli mulk 
egasi o‘z zimmasiga oladi.        
Kafil  shaxslar  bir  nechta  bo‘lishi  ham  mumkin,  agar  kafillik  (kafolat) 
shartnomasida  boshqa  narsa  nazarda  tutilmagan  bo‘lsa,    ular  qarz  beruvchi  oldida 
birgalikda  javob  beradilar.  Kafil  bo‘layotgan  shaxs  qarzdor  o‘rniga  barcha 
majburiyatlar  bo‘yicha  javob  beradi,  jumladan  jarima  va  foizlar  to‘lash,  yetkazilgan 
zararni  oplash  va  h.k.,  agar  kafillik  shartnomasida  boshqa  narsa  nazarda  tutilmagan 
bo‘lsa.   
Agar  kafil  shaxs  qarzdor  o‘rniga  barcha  majburiyatlarni  bajargan  bo‘lsa,  unga 
qarz  beruvchining  barcha  huquqlarii  o‘tadi.  Kafil  shaxs  qarzdordan  uning  o‘rniga 
to‘lagan pul miqdorinii qayta talab etish huquqiga ega.   
Kafil  shaxs  qarzdor  o‘rniga  qarz  beruvchiga  nisbatan    majburiyatlarni  bajarsa, 
qarz  beruvchi,  qarzdorga  nsbatan  talablarni  tasdiqlovchi  hujjatlarni    kafil  shaxsga 
topshirishi  va mazkur talabni ta’minlovchi huquqlarini o‘tkazishi lozim.    
Agar qarzdor kafillik bilan ta’minlangan majburiyatni bajarsa, kafillik (kafolat) 
tugaydi.  Kafillik  (kafolat),  shuningdek,  agar  majburiyat  bajarilishi  lozim  bo‘lgan 
vaqtdan  bir  yil  o‘tib  qarz  beruvchi  kafil  shaxsga  davo  bildirmasa    tugagan 
hisoblanadi. Agar majburiyat bajarilishi lozim bo‘lgan  muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa 
yoki  talab  etilish  vaqti  bilan  aniqlangan  bo‘lsa,  kafillik  (kafolat)  kafillik  (kafolat) 
shartnomasi tuzilgan kunidan ikki yil o‘tgandan keyin tugatqiladi.    
Kafillik  bitta  yagona  «kafillik  shartnomasi»  deb nomlangan  hujjat  tuzish  bilan 
rasmiylashtirilishi  mumkin.  Ammo,  amalda  ayniqsa,  bank  faoliyatida,  kafolat 
ananaviy ravishda kafolat xati shaklida rasmiylashtiriladi.   
Kafolat  xatlari  bir  shart  bilan  ishlatiladi  va  o‘zining  yuridik    ahamiyatiga  ega 


43 
 
bo‘ladi  -  kafil  shaxsning  qarz  beruvchiga  yuborilgan  kafolat  xati  qarz  beruvchi 
tomonidan  qabul  qilib  olinadi  va  u  yozma  ravishda  (  xat,  telegramma, 
telefonogrhamma  yordamida)  kafil  shaxsga  kafolat  xatini  olganligi  haqida  xabar 
beradi.    
Agar, qarz beruvchi kafil shaxsga kafolat xatini olganligi haqida xabar bermasa, 
Arbitraj  sudi  kafillik  (kafolat)  berayotgan  shartnoma  matnidan  foydalanadi.    Agar  
qarz  beruvchi  va  kafil  shaxs  o‘rtasidagi  shartnomada  mazkur  kafolat  xatiga  ishora 
mavjud  bo‘lsa,  unda  kafil  shaxs  va  qarz  beruvchi  o‘rtasida    kafillikka  (kafolatga) 
nisbatan tegishli shartnomaviy munosabatlar o‘rnatqilgan hisoblanadi.  Kafolat xatiga 
ishora  mavjud  bo‘lmasa,  qarz  beruvchi  va  kafil  shaxs  o‘rtasida  shartnomaviy 
munosabatlar  o‘rnatilganligini  tasdiqlovchi  asos  mavjud  bo‘lmaydi,  tomonlar 
o‘rtasidagi kafillik (kafolat) shartnomasi tuzilmagan hisoblanadi.          
Kafillik  (kafolat)    kafil  shaxs  tomonidan  qarz  beruvchi  va  qarzdor  o‘rtasida 
tuzilgan  shartnomaga  tegishli  yozuv  kiritish  yo‘li  bilan  rasmiylashtirilishi  mumkin, 
uning majburiyatlar kafil shaxs tomonidan ta’minlanadi.    
Kafillik  (kafolat)  shartnomasi  quyidagi  ma’lumotlarni  o‘z  ichiga  olishi  kerak:  
aniq  qaysi  shartnoma,  qaysi  muddatga  majburiyatga  ega  va  qanday  pul  miqdoriga 
kafolatlanadi.  Aks holda, kafillik shartnomasi haqiqiy  deb hisoblanmasligi mumkin.   

Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish