Eksperimental psixologiya va praktikum


Ikki qator so’zni eslab kolish metodikasi



Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/135
Sana03.06.2023
Hajmi0,6 Mb.
#948542
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   135
Bog'liq
Eksperimental psixologiya va praktikum

 
2. Ikki qator so’zni eslab kolish metodikasi. 
Ilgari saqlangan axborotni chiqarish egiluvchan xarakterga ega bo’lib, xotira 
chiqarilishini o’lchash uchun odatda qo’lllaaniadigan metodlarning boy 
to’plamidan iborat. Insondan ilgari berilgan axborotni eslash yoki tan olish iltimos 
qilingan vaziyatlar xotiraning eng oddiy choralaridir. Binobarin, jumladan xotirani 
tiklash bavosita tekshirilishi mumkin. Masalan, tadqiqotchilar affektiv fikrlar, fikr 
so’zlari va validlik fikrlaridan axborotni xotiradan chiqarish uchun foydalanganlar. 
SHuning uchun xotiraning turli choralari keng doirasi mavjudki, ularni 
klassifikatsiya qilish uchun turli tizimlar taklif etilgan (masalan, Richardsona-
Klavehn & Bjork, 1988; SHakter & Tulving, 1994; Squire, 1992). Djonson va 
Hasher (1987) uchun bitta oddiy (nazariy jihatdan neytral) klassifikatsiya 
sxemasini taklif qildilar, bu sxemada sharh va tan olish kabi to’g’ridan-to’g’ri 
choralar, shuningdek, yuqorida aytib o’tilganidek, sud qaroriga ko’ra turli vazifalar 
ko’rinishidagi bavosita choralari o’rtasida olib boriladi. Xotiraning to’g’ridan-
to’g’ri choralari – bu hodisani olish va qatnashchilarning xotirasi bilan mos kelgan 
holda reaksiya bildirishga qatnashchilarni yo’naltirishdan iboratdir. Boshqa bir 
tomondan xotiraning bevosita choralari ilgari kechinilgan hodisaga oid hech 
qanday manbaga ega emas. Ishtirokchilar avvalgi hodisa bilan bog’liq bo’lmagan 
vazifani bajaradilar. Eksperiment olib boruvchi vazifa mahsuldorligini qayd qilib 


boradi va ishtirokchilar xulq-atvorining ilgari kechinilgan hodisa ta’siri ostidagi 
darajasini o’lchaydi.
Xotiraning bevosita vazifalari. Xotira testlarida odatda ishtirokchiga oldin 
takdim etilgan ma’lumotlarni kayta takdim etish vazifasi ko’yiladi. Erkin usulda 
ishtirokchilar ma’lumotni istalgan tartibda taqdim etishlari mumkin, seriyali usulda 
esa kodlanish bosqichida qanday taqdim etilgan bo’lsa, shudayligicha 
takrorlashilari kerak bo’ladi. Vazifani taqdim etilishi juda oddiy: tadqiqotchi 
umumiydan bir qismni topish replikasini taqdim etishi (masalan, ro’yxatda 
o’zingiz ko’rgan barcha so’zlarni yozing) yoki juda spetsifik (ro’yxatdagi “ko’l” 
so’ziga mos so’zni yozing) kabi vazifani taqdim etishi mumkin. Ishtirokchilar esa 
ushbu savollarga og’zaki yoki yozma tarzda javob qaytarishga harakat qiladilar. 
Qayta tiklovchi signallar butun so’zning qandaydir taxminiy ko’rinishi sifatida 
ham paydo bo’lishi mumkin (masalan, “qizg’anchiq” so’zi izlovchi replikada 
“rashkchi” holatida yuzaga chiqishi mumkin) yoki tajriba fazasida hosil bo’lgan 
boshka assotsiativ so’z sifatida qayta tiklanadi. Masalan, tajribada qo’llanilayotgan 
ro’yxatda so’zlar juftligi, masalan, “muz-rashkchi” kabi bo’lsa, unda “muz” so’zi 
“rashk qilish” kabi namoyon bo’lishi mumkin.
Txomson va Tulving (1970) klassik tajribalar mobaynida so’zga turli 
ta’riflarni aytib turishning samaradorliligini ko’rib chiqishdi. Bu tajriba davomida 
ishtirokchilar nishon so’z bilan kuchli yoki sust semantik alokada bo’lgan alohida 
yoki boshqa so’z bilan birgalikda berilgan butun so’zlarni yod oladilar. Masalan, 
ishtirokchilar “qora” butun so’zini “oq” so’zi bilan birgalikda yod oladilar (kuchli 
birlashgan), “poyezd” (sust birlashgan) so’zini yakka holda yod oladilar. Keyin esa 
ishtirokchilarga izlash uchun signal beriladi va bunda ular kerakli so’zni eslab 
berishlari kerak bo’ladi. Signal so’z berilmagan holatga qaraganda signal so’z 
berilgandagi xolat birlashgan so’zlarni taqdim etish uchun qulayroq bo’lishi 
kuzatildi. Soddaroq qilib aytganda, kodlanish jarayonida “oq” so’zi “qora” so’zi 
uchun qayta ishlash signali bo’lib xizmat qiladi. Biroq, eslashning foydasi 
kodlanish jarayonida «oq» so’zi kiritilganida namoyon bo’ldi. Sust birlashgan so’z 
(«poyezd») signal so’zi mavjud bo’lmaganligi sababli kodlanish bosqichida
samarali bo’ldi. Eslatib o’tamiz, kuchsiz birlashgan so’zga nishon so’z kodlanish 
fazasida yuzaga kelgan edi; biroq, qayta tiklash testi vaqtida sust assotsiyalashgan 
so’zni kuchli birlashgan so’z bilan birgalikda qabul qilish mumkin emas. 
Boshqacha qilib aytganda, “poyezd” so’zi “qora” so’zi uchun “poyezd-qora” kabi 
tajriba ro’yxatida birga kelganidagina samarali izlovchi replika bo’lishi mumkin. 
Bu natijalar kodlash spetsifikligi prinsipining to’g’riligini tasdiqlaydi. Semantik 
birlashmalar izlovchi signal sifatida foydali bo’lishi mumkin. Istalgan izlovchi 
replikaning foydaliligi kodlanish jarayonida namoyon bo’ladi.


Ma’lumotlarni tahlil qilish jarayoni, tajriba olib borish jarayoni kabi oddiy 
jarayon emasligini eslatib o’tamiz. Tajriba asosida joylashgan kalit vazifa bu 
olingan ma’lumotlar orasida to’satdan yuzaga kelgan natija emas, balki bir-biriga 
o’xshash bo’lgan natijalarni aniklashdir. Seriyali holatni eslatuvchi tipdagi 
ma’lumotlar, kodlanish bosqichida yuzaga chiquvchi ma’lumotlar ketma-ketligi, 
ushbu ma’lumotni yuzaga chiqish vaqti va xotira jarayonining tabiati hamda 
xotirada ushbu hodisalarning saqlanishi tadqiqotchi uchun kerakli ma’lumotlar 
hisoblanadi. Olingan natijalarni integratsiyalash jarayonida yuzaga keluvchi 
birlamchi muammo bu eslangan ma’lumotni to’g’riligini aniqlashdir. Eslash 
testlarida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan muammolar ikki tipga bo’linadi: juft 
eslash (bunda bir xil tipdagi ma’lumot bir martadan ortiq eslanadi) va inkor qilish 
(bunda ishtirokchi javob so’z tajriba ro’yxatida mavjud emas, deb ta’kidlaydi). 
Eslash tajribalaridagi muammolarni hal qilishning eng qulay usuli bu aniq 
bo’lmagan natijalardan voz kechishdir (Murpxy & Puff, 1982). Biroq eslash 
testlarida yuzaga keladigan muammolar informativ ahamiyatga ega bo’lishi 
mumkin. So’nggi yillarda nima uchun insonlar hech kachon boshlaridan 
o’tkazmagan hodisa yoki ma’lumotlarni ham eslashlari olimlarda qiziqish 
uyg’otmokda. Royediger va MsDermott (1995) Diz (1959) tomonidan birinchi 
bo’lib o’tkazilgan, tajribaga nisbatan qiziqish bildirishdi. Ushbu tajriba davomida 
tajriba ro’yxatida berilgan so’zlar ro’yxatidagi semantik bog’langan so’zni esga 
tushirishga chaqiruvchi bir nechta yolg’on signallardan foydalandilar. Masalan, 
ishtirokchilar “aqlsiz, g’azab, hasadgo’ylik, g’azab, temperament” kabi so’zlar 
qatorini yod olsalar, keyinchalik ishtirokchilardan ushbu so’zlarni qayta aytish 
so’ralganida, ular yolg’on eslatuvchi bo’lgan “yomon” so’zini eslaydilar. YUqori 
darajadagi yolg’on so’zni chaqirilishini fonologik o’xshash bo’lgan so’zlarni 
taqdim etish orqali ham chaqirilishi mumkin (Sommers & Lyuis, 1999). 

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish