Foydalanilgan adabiyotlar
1. Александров А.Ю. Международный туризм. Уч.пособие для
вузов.- М.: Аспект Пресс, 2004.
2. Романов А.А. Саакянц Р.Г. География туризма. М. 2003 г.
3
.
Дурович А.П. Маркетинг в туризме. Учебное пособие, 2004 г.
4.
Дурович А.П. Маркетинг в туризме Учебное пособие 3-е изд.,
стереотип, (ГРИФ) 2004 г.
5. Дурович А.П. Маркетинг в туризме. Учебное пособие 4-е изд.,
стереотип, (ГРИФ) 2004 г.
6. Ушаков Д.С. Прикладной туроперейтинг. Учебное пособие, 2004
г.
7.
Морозов Н.С. Реклама в социално-културно сервисе и туризме.
Учебник, 2003.
8.
Дурович А.П. Реклама в туризме Учебное пособие, 2003 г.
9. Юрев А. П. «Планирование туризма», Донецск. 2004
10. Черных Н.Б. Технология путешествий и организация
обслуживания мижозов. Уч.пособие. 2002 г.
11. Борисов К.Г. Международный туризм и право. Уч. пособие. М.:
Издателство “НИМП”, 1999,
12. Биржаков М.Б., Никифров В.И. Большой глоссарий терминов
международного туризма - 2002 год.
4-MAVZU. MEHMONXONA XO’JALIGI MOHIYATI,
KLASSIFIKATSIYASI, ASOSIY FUNKSIYASI
4.1. Mehmonxonalar klassifikatsiyasi
4.2. Mehmonxona turlari
4.3. Mehmonxonalarda xizmat ko’rsatish bo’limlari va
ularning vazifalari
4.4. Bino va mehmonxona qurilishi
4.5. Xonalar. Interer
4.6. O’zbekistonda mehmonxona xizmatlari
4.1. Mehmonxonalar klassifikatsiyasi
Mehmonxonalarni toifalar bo’yicha tasniflash quyidagi talablarga
asoslanadi:
- Moddiy-texnik ta’minlanganligi;
- xizmat turlari va sifatli xizmatlar ko’rsatish;
- xizmat ko’rsatish darajasi.
Toifalar «٭» yulduz belgilar orqali tasniflanadi. Xizmatlar darajasi
qanchalik yuqori ekanligini yulduzlar soni ko’pligi bilan aniqlanadi.
Mehmonxonalar 5 ta toifaga bo’linadi.
Oliy darajali mehmonxonalar 5ta ٭٭٭٭٭ yulduz bilan belgilanadi. eng
past darajali mehmonxona «
٭
«
1
ta yulduz bilan belgilanadi.
Mehmonxonalarda quyidagi minimal darajadagi standart talablar
belgilangan:
1. Har qanday darajadagi mehmonxonalar quyidagilarga ega bo’lishi
kerak: qulay yurish yo’llari, yo’laklarga belgilar qo’yilgan bo’lishi,
barcha yerlar yetarli yoritgichlar bilan ta’minlangan bo’lishi, toifasi
ko’rsatilgan va memonxona nomlari mavjud «viveska»larga ega bo’lishi
kerak. Mehmonxona binoni bir qismini egallagan bo’lsa alohida kirish
yo’llari bo’lishi shart.
2. Binoning qurilish elementlari va arxitektura-rejalashtirish qarorlari,
hamda foydalanayotgan texnik vositalar qurilish normalariga (me’yor)
javob berishi zarur.
3. Mehmonxonaning ekologik jihatdan joylashuvi yashovchilarga qulay
bo’lishi kerak.
4. Mehmonxona sharoitlari yashov uchun bexatar, mehmonlarni
buyumlari va sog’liklari saqlanishiga javob bera olishi kerak. Binoning
avariya chiqish yo’llari, zinalari va ko’rsatkich belgilar avariya holatida
ham oddiy holatda ham aniq ko’rsatilishi zarur.
5. Mehmonxona yong’inga qarshi himoya vositalari bilan ta’minlangan
bo’lishi kerak.
6. Mehmonxonada sanitar-epidemiologiya nazorati tomonidan o’rnatilgan
sanitar-gigiena me’yori va qonunlariga rioya qilinishi zarur.
7. Mehmonxona issiq va sovuq suvlar zaxirasi bilan ta’minlangan
bo’lishi, quvurlar (kanalizatsiya), isitgichlar, sovutgichlar, havoni
yangilovchi jihozlar bilan ta’minlangan bo’lishi kerak.
Har bir nomerda radio, televizor va telefon aloqalari bilan ta’minlangan
bo’lishi zarur. Tabiiy va sun’iy yoritilish me’yorlariga javob berishi shart.
Nomer fondi bir va ikkitalik o’rinlar bilan ta’minlangan nomerlar 60 foiz
bir «٭» yulduzli mehmonxonalar, 80 foiz ikki «٭٭» yulduzli va 100 foiz
uch «٭٭٭», to’rt «٭٭٭٭» va besh «٭٭٭٭٭» yulduzli mehmonxonalarga
xos. Ko’p xonali nomerlar (apartament) uch va undan ortiq yulduzli
mehmonxonalarda mujassamlashgandir.
Mehmonxona xonalarining maydoni qo’yidagicha bo’lishi kerak:
- 1 xonali 1 o’rinli 8 kv.m. bir yoki ikki yulduzli, 10 kv.m. ikki yulduzli,
12 kv.m. uch yulduzli, 16 kv.m. to’rt yulduzli, 18 kv.m. besh yulduzli
mehmonxonalar uchun;
- 1 xonali 2 o’rinli nomer 12 kv.m. bir yoki ikki yulduzli, 14 kv.m. uch
yulduzli, 20-25 kv.m. to’rt yulduzli va besh yulduzli mehmonxonalarga
xos;
- 4 yulduzli va 5 yulduzli mehmonxonalarda trenajyor zallari, basseynlar,
sauna, do’kon va maishiy sotuv shaxobchalarida ham xizmat ko’rsatiladi;
- 2 va undan ortiq yulduzli mehmonxonalarda ovqatlantirish xizmatlari
ko’rsatiladi, 2 yulduzli mehmonxonalar kafe yoki restoranga ega bo’ladi,
3 yulduzli mehmonxonalar restoran va bar, 4 va 5 yulduzli
mehmonxonalarda restoranning bir necha zallari, alohida xonalari, banket
zallari, konferentsiya zallari, tungi klublarga ega bo’ladi.
Mehmonxonalarda taklif qilinayotgan taomlar variantini tanlash
imkoni beriladi (nonushta, 2 martalik, 3 martalik). 4 va 5 yulduzli
mehmonxonalarning bar va kafeterida va nomerlarida kecha-kunduz
istagan vaqtda xizmat ko’rsatiladi.
Mehmonxona xodimlariga qo’yiladigan talablarini, ishlash
xuquqlarini va majburiyatlarini yaxshi bilishlari, xizmat darajalari jahon
standartiga javob berishi zarur.
Rahbarlar va xodimlar kasbiy tayyorgarlikdan o’tgan bo’lishi shart.
eng asosiy talab – chet tilini bilish. 3dan 5 yulduzgacha bo’lgan
mehmonxonalarda xodim biron bir chet tilida bemalol gaplasha olishi
kerak, xizmat davrida 2-3ta chet tiliga tarjima qilishi ham zarur bo’ladi.
CHet el davlatlaridagi klassifikatsiya.
Hozirgi kunda 30 xildan ortiq klassifikatsiya tizimi mavjud. Bulardan
keng tarqalgani quyidagilar:
- YUlduz tizimi (1dan 5gacha) asosidagi frantsuz klassifikatsiyasi;
- Xarf tizimi (A-V-S-D) (asosan Gretsiyada qo’llaniladi);
- Ball tizimdagi (Hindiston);
- Razryad tizimdagi (AQSH);
- Toj tizimdagi (Buyuk Britaniya).
YUlduz tizimi.
Evropa tipi. Frantsuz tizimi asosida klassifikatsiyalanadi. U
mexhonxonalar uchun 5 daraja va motellar uchun 3 darajali belgilanadi.
Asosan Frantsiya, Avstriya, Vengriya, Belgiya, Gollandiya, Misr Arab
Respublikasi va Rossiya davlatlarida qo’llaniladi. Mehmonxonalarda
ularni kerakli jihozlar bilan ta’minlanishi sifati, qulaylilik jihatiga bog’liq
holda 1dan 5ga qadar ko’payib boradi. Motellarga esa 1dan 3ga qadar
belgilanadi.
Xind tipi. Mehmonxona 1 dan 5 gacha bo’lgan darajada
belgilanadi. Maxsus komissiya asosida ball beriladi. qanday darajaga ega
bo’lishidan qat’iy nazar minimal ball yig’indisini olishi zarur, chunki har
bir punkt uchun 50 foizdan kam ball olmasligi kerak.
Toj tizimi.
Listed-turar
joy bilan ta’minlanadi, ammo xizmat ko’rsatish
chegaralangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |