Alisher Navoiy nomidagi Toshkent
davlat o‘zbek tili va adabiyoti
universiteti
“O‘ZBEK MILLIY VA TA’LIMIY
KORPUSLARINI YARATISHNING NAZARIY
HAMDA AMALIY MASALALARI”
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
Vol. 1
№. 01 (2021)
217
oshirilayotgan siyosat, bir tomondan, jahon ta’lim standartlarining yuksak darajasiga erishishga
qaratilgan, ikkinchi tomondan esa muayyan ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni, shuningdek xalqimizning
ma’naviy-madaniy qadryatlari va o‘ziga xosligini hisobga oladi. O‘zbekistonda ta’lim sohasidagi
islohotlarning keng ko‘lamliligi, mazkur jarayonda davlatning o‘rni, ta’lim tizimini, shu jumladan oliy
ta’limni takomillashtirish yo‘lida olib borilayotgan oqilona yondashuvlarda ko‘rinadi. O‘quv jarayonida
yangi texnologiyalarni qo‘llash ta’lim sifatini oshirish maqsadida doimiy ravishda takomillashtirilib
borilmoqda. Bu esa sifatni mazkur tizim doirasida ta’lim oluvchilar va bitiruvchilarning jamiyat
tomonidan qo‘yilgan va o‘quv yurtlari bajarishga harakat qiladigan talablarga muvofiqligini ta’minlovchi
omildir. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ta’idlanganidek, “
Inson, uning har tomonlama uyg‘un kamol
topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro‘yobga chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan
mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur, ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini o‘zgartirish
respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi
kuchidir. Xalqning boy intelektual merosi, umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat,
iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal
tizimini shakllantirish O‘zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir
”. Fan va texnikaning jadal sur’atlar
bilan rivojlanishi natijasida ko‘plab ilmiy bilimlar, tushuncha, tasavvurlar va axborotlar hajmi keskin
ortib bormoqda. Bu bir tomondan fan va texnikaning yangi bo‘limlari hamda sohalarining shakllanishini
ta’minlayotgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, fanlar orasidagi integratsiya jarayonining tezlashishiga olib
keladi. Ta’lim yo‘nalishlari boshidan kechirayotgan bunday differentsiyalashish va integratsiya
jarayonlarining o‘qitishda o‘z aksini yetarli darajada topa olmayotgani ham bugungi o‘rta maxsus va oliy
ta’lim tizimida ma’lum muammolarni keltirib chiqarmoqda. Xususan, ta’lim mazmuni va to‘plangan boy
ilmiy axborotlar o‘rtasida uzilish vujudga kelmoqda. Shu sababdan o‘qitishni va o‘quv materiallarini
bayon etishni takomilashtirish tamoyillarini qayta qarab chiqish zarur.
Bugungi o‘quv jarayon o‘qituvchilardan faqat o‘z predmetini mukammal bilishnigina emas, balki
mutaxassisligi asosida namunali o‘quv-uslubiy, metodik qo‘llanmalar yarata olish, dars jarayonini
tashkil etishda kompyuter va telekommunikatsiya texnologiylaridan unumli foydalana olish malakasiga
ega bo‘lishini ham talab etmoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad o‘qituvchini texnik vositalar yordamida
ta’lim jarayonidan “siqib chiqarish” yoinki, “hissiz robot”ga aylantirish emas, balki uning tashkilotchilik
qobiliyatini o‘stirish, vazifalariga yengillik kiritish shu bilan birga, o‘qituvchilik faoliyatini yanada
serqirra kasbga aylantirishdir. Dars jarayonida o‘qituvchi nafaqat dars berishning turli shakl va
usullaridan, balki o‘quv vositalaridan ham foydalanadi [Qudratov, 2019: 203]. Buning uchun an’anaviy
o‘qitish usullari bilan birgalikda o‘quv jarayonini tashkillashtirishda elektron o‘quv vositalaridan
foydalanish samarali hisoblanadi. Bu albatta o‘qituvchidan katta mehnat talab qiladi, ya’ni informatsion
texnologiyalar yordamida har bir darsning dars rejasini ishlab chiqishi, har bir o‘quvchi yoki talabaning
individual xususiyatidan kelib chiqqan holda alohida vazifalar va didaktik materiallar yig‘ishi lozim.
Lekin boshqa tomondan, bu vositalar o‘qituvchining dars jarayonidagi vazifasini osonlashtirish orqali
ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi. Kompyuter texnologiyalaridan foydalanishda, o‘qituvchi uning
mazmuniga ko‘ra bir qancha vazifalarni bajarishi mumkin. Ta’lim tizimini tashkillashtirishda faol
foydalanish imkoniyatiga ega kompyuter texnologiyalari quyidagi didaktik vazivalarni bajaradi:
multimedia texnologiyasini qo‘llash o‘quvchi va talabalarda fanga qiziqishni rivojlantiradi;
ta’limning interfaolligi tufayli o‘quvchi va talabaning fikrlash qobiliyatini faollashtiradi va
o‘quv materialini o‘zlashtirilishining samaradorligi oshadi;
o‘quvchi va talabalarga mustaqil izlanish yo‘li blan materiallarni izlash, toppish hamda
muammoli masalalarga javob topish orqali ma’lum tatqiqot ishlarini bajarish uchun
imkoniyat yaratadi;
o‘quvchi va talabalarning yangi mavzuni o‘zlashtirishi, insho, bayon yozish ishlarida o‘quv
materiallari bilan mustaqil tanishish, tanlash va ma’lumotlarni tahlil etish kabi masalalarni tez
bajarish uchun sharoit yaratadi;
o‘quvchi va talabalar jahonning salmoqli ilmiy- metodik adabiyotlaridan foydalanish
imkoniyatlariga ega bo‘ladilar;
turli mavzularda videokonferentsiyalar tashkil qilishga erishiladi;
fan o‘qituvchilari tomonidan o‘zaro trening va seminarlar tashkil etiladi;
masofaviy ta’lim va axborotlar almashish kabi juda ko‘plab imkoniyatlarga ega bo‘ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |