Energiyadan oqilona foydalanish to‘G‘risida I. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi



Download 119,73 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/15
Sana02.06.2023
Hajmi119,73 Kb.
#947843
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
412-I-сон 25.04.1997. Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risida

9-modda. Metrologiya
Oldingi
 tahrirga qarang.
Energiya hosil qilish va uni sarflash chog‘ida, majburiy davlat metrologiya tekshiruvi va
nazorati amalga oshiriladi.
(9-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-116-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 39-son, 402-modda)
Energiyadan oqilona foydalanishni davlat tomonidan metrologik ta’minlash energiya hosil
qilish va uni sarflash chog‘ida o‘lchashning bir xilligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar
normativ hujjatlar majmuini nazarda tutadi.
Quyidagilar energiya hosil qilish va uni sarflash ustidan davlat metrologiya tekshiruvi va
nazorati obyektlaridir:
o‘lchov vositalari;
axborot-o‘lchov tizimlari;
moddalar va materiallar tarkibi hamda xossalarining standart namunalari;
energiyani va energiya manbalarini hisobga olish majmui hamda tarmoqlari;
o‘lchash uslublari;
metrologiya normalari va qoidalarida nazarda tutilgan boshqa obyektlar.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Energiyadan oqilona foydalanish tizimini ta’minlash ustidan davlat metrologiya tekshiruvi va
nazorati “O‘zstandart” agentligi zimmasiga yuklatiladi.
(9-moddaning to‘rtinchi qismi 2003-yil 25-apreldagi O‘zbekiston Respublikasining 
Qonuni 
tahririda —
Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
II. ENERGIYADAN OQILONA FOYDALANIShNING DAVLAT BOShQARUVI ASOSLARI
10-modda. Energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi davlat siyosatining asosiy
yo‘nalishlari
Oldingi
 tahrirga qarang.
Energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari
quyidagilardan iborat:
davlat, tarmoq va hududiy dasturlar hamda loyihalarni amalga oshirish;
iqtisodiyotni jadal rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan energiyaning hosil qilinishini va
sarflanishini barqarorlashtirish;
energiyaning hosil qilinishi va sarflanishi rejimlarini maqbullashtirish, uning hisobga olinishini
tashkil etish;
energiya jihatidan samarador va energiyani tejaydigan asbob-uskunalar hamda energiya
sarfi miqdori eng kam bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarilishini rag‘batlantirish;
energiya hosil qiluvchi va energiyani ishlatuvchi asbob-uskunalar hamda mahsulotga doir
normativ hujjatlarga energiya jihatidan samaradorlik va energiya jihatidan tejamkorlik
ko‘rsatkichlarini kiritish;
energiyaning sifati, ishlab chiqarishning energiya jihatidan samaradorligi va energiya
tejamkorligi hamda mahsulotga energiya sarfi miqdori ustidan davlat tekshiruvi va nazoratini
tashkil etish;
korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda energiya jihatidan samaradorlik va energiya
tejamkorligi tekshiruvlarini tashkil etish;
mahsulotning, ishlab turgan va rekonstruksiya qilinayotgan obyektlarning, texnologiyalar va
asbob-uskunalarning energetika ekspertizasini o‘tkazish;


energetika jihatidan samarador bo‘lgan loyihalarni amalga oshirish uchun energiya jihatidan
samaradorlik va energiya jihatidan tejamkorlik namoyish etiladigan zonalarni barpo etish;
energiya jihatidan samarador, energiya jihatidan tejamkor va ekologik xavfsiz texnologiyalarni
hamda ishlab chiqarishlarni rivojlantirishni pag‘batlantirish;
energiyaning hosil qilinishi va sarflanishi yuzasidan statistika kuzatuvlarini tashkil etish.
(10-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 14-iyuldagi O‘RQ-628-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2020-y., 03/20/628/1068-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 119,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish