16-modda. Energiya hosil qilish va uni sarflash ustidan statistika kuzatuvi
Oldingi
tahrirga qarang.
Energiyaning hosil qilinishi va sarflanishi hajmi hamda uning tuzilmasi, energiyadan oqilona
foydalanilishi ustidan statistika kuzatuvini O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda tashkil etadi va
amalga oshiradi.
(16-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 14-iyuldagi O‘RQ-628-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2020-y., 03/20/628/1068-son)
III. ENERGIYADAN OQILONA FOYDALANIShNING IQTISODIY MEXANIZMLARI
17-modda. Aniq maqsadga qaratilgan dasturlar va loyihalarni moliyalash
Oldingi
tahrirga qarang.
Energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi aniq maqsadga qaratilgan milliy, tarmoq va
mintaqaviy dasturlar va loyihalarni moliyalash energiya jihatidan samarali dasturlar va loyihalarni
ro‘yobga chiqarishdan foyda oladigan korxonalarning ishlab chiqarish faoliyatidan keladigan
daromadlari, budjetdan tashqari aniq maqsadga qaratilgan fondlar, ichki va chet el investitsiyalari,
budjet manbalari va boshqa manbalar hisobidan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga
oshiriladi.
(17-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
18-modda. Tarmoqlararo energiyani tejash fondi
Oldingi
tahrirga qarang.
Energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi davlat siyosatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash
maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan budjetdan tashqari tarmoqlararo
energiyani tejash fondi (matnda bundan buyon energiyani tejash fondi deb yuritiladi) tashkil
etiladi.
(18-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 14-iyuldagi O‘RQ-628-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2020-y., 03/20/628/1068-son)
Quyidagilar energiyani tejash fondini shakllantirish manbalari bo‘lishi mumkin:
kreditlar berganlik uchun va fondning boshqa moliya-xo‘jalik faoliyatidan olinadigan foyda;
Oldingi
tahrirga qarang.
energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi davlat, tarmoq va hududiy dasturlar hamda
loyihalarni amalga oshirishdan olinadigan foydaning ulushi;
(18-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 14-iyuldagi
O‘RQ-628-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2020-y., 03/20/628/1068-
son)
yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarning aniq
maqsadga qaratilgan ixtiyoriy badallari;
Oldingi
tahrirga qarang.
(18-moddaning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi O‘RQ-355-sonli
Qonuniga
asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
amaldagi qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa tushumlar.
(18-modda ikkinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi
O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Do'stlaringiz bilan baham: |