~ 49 ~
4-MAVZU.
INVESTITSIYALARNING
IQTISODIY
SAMARADORLIGINI
BAHOLASH
USLUBLARI
Reja:
4.1. Investitsiyalar iqtisodiy samaradorligini baholash
nazariyasi va amaliyoti
tarixi.
4.2 Investitsiyalar tuzilmasi va ularni investitsion qarorlar samaradorligiga
ta‘siri.
4.3 Investitsiyalarni iqtisodiy samaradorligini baholash uslublari.
4.4 Investitsiyalarni iqtisodiy samaradorligini oshirish yo‗llari.
4.1. Investitsiyalar iqtisodiy samaradorligini baholash nazariyasi
va amaliyoti tarixi
Investitsiyalar
iqtisodiy
samaradorligini
baholash
nazariyasi
va
amaliyotining rivojlanishini 3 ta davrga bo‗lish mumkin:
1. Kapitalistik munosabatlarni rivojlantirish (1917 yilgacha).
2. Markazlashtirilgan rejali iqtisodiyot davri (1917 – 1990 yilgacha).
3. Bozor iqtisodiyotiga o‗tish (1991 yildan hozirgi davrgacha).
Investitsiyani samaradorligini 1917 yilgacha baholash bo‗yicha ilmiy ishlar
asosan ishlab chiqarish fabrikalari va zavodlarini yaratish ayniqsa Rossiyada temir
yo‗llarini qurilishi va ekpulatatsiya qilinishi bilan bog‗liq bo‗lgan.
Bundan xususan
Yu.V. Lomonosovning 1912- yilda Odessada chop etilgan ―Temir yo‗llarni
ekspluatatsiya qilishning ilmiy muammolari‖ kitobi, M.G. Destremning ―Kanallar va
temir yo‗llarning nisbiy foydaliligi va Rossiyada yuklarni tashishning eng qulay
usulini aniqlash uchun berilgan takliflarini qulayrog‗ini tanlash bo‗yicha umumiy
mulohazalar‖ kitobi (1831) dalolat beradi
Samaradorlik masalalari va jumladan investitsiya loyihasini ko‗proq foydali
variantini tanlash A. Vasyutinskiy va V. Yasinining 1905-1908 yillarda chop etilgan
hamda ―Hozir arzonroq tulangan narsa, keyinchalik ham arzon keladigan narsa emas‖
(1912) deb hisoblagan V. Sokalskiylar mehnatlarida o‗z aksini topdi.
1934 yilda M.Protodyakonov kapital qo‗yilmalarning nisbiy iqtisodiy
samaradorligi ko‗rsatkichi sifatida xarajatlarni izohlashishini
hisobga olinishi bilan
aniqlanadigan, qurilish - ekspluatatsiya xarajatlarida keltirilgan miqdorni taklif
qiladi. Ushbu ko‗rsatkich bir qator kamchiliklarga ega bo‗lsa ham bozor
iqtisodiyotiga o‗tish davrigacha investitsiya loyihalari qiyosiy samaradorliginining
muhim ko‗rsatkichi hisoblangan.
Kapital qo‗yilmalarning samaradorligi nazariyasi
va amaliyoti rivojiga
akademik T.S.Xachaturov katta hissa qo‗shgan. U 40-yillarning oxirida kapital
qo‗yilmalarning umumiy (absolyut) samaradorligi tushunchasini kiritgan va uni
milliy daromaddagi o‗sishning, ushbu o‗sishni yuzaga keltirgan kapital qo‗yilmalarga
nisbati orqali aniqlashni taklif etgan.
~ 50 ~
Ko‗rsatilgan sohadagi ilmiy ishlanmalar orasidan, asosiylari sifatida majburiy
normalar va qoidalar maqomiga ega bo‗lgan quyidagilarini ajratib ko‗rsatish
mumkin:
SSSR halq xo‗jaligida kapital qo‗yilmalar va yangi texnika iqtisodiy
samaradorligini aniqlashning namunali metodikasi(1960.).
Kapital qo‗yilmalar iqtisodiy samaradorligini
aniqlashning namunali
metodikasi(1969y).
Kapital qo‗yilmalar iqtisodiy samaradorligini aniqlashning namunali
metodikasi (1980y).
Kapital qo‗yilmalar samaradorligini aniqlash metodikasi (1988.
Investitsiya loyihalari samaradorligini baholash va ularni moliyalashga
tanlab olish bo‗yicha metodik tavsiyalar (1994).
Tayyorlangan ishlanmalar investitsilar iqtisodiy samaradorligini baholashda
tarmoqlar bo‗yicha nizomlar va yo‗riqnomalar tayyorlashda asos bo‗lib xizmat qiladi.
Ularga asoslangan holda ―Qurilishda kapital qo‗yilmalar
iqtisodiy samaradorligini
aniqlash bo‗yicha yo‗riqnoma‖, ―Temir yo‗l transportida kapital qo‗yilmalar iqtisodiy
samaradorligini aniqlash bo‗yicha yo‗riqnoma‖ (1973), ―Daryo transportida kapital
qo‗yilmalar iqtisodiy samaradorligini aniqlash bo‗yicha yo‗riqnoma‖ (1974), hamda
loyihaviy yechimlarni iqtisodiy samaradorligini baholash bo‗yicha ko‗rsatmalar va
metodik tavsiyalar xuddi shunday ishlab chiqarilgan.
Hozirgi kunda olimlar va mutaxassislar 1994 yilgacha tayyorlangan
ishlanmalarlarning ko‗pchiligi bozor iqtisodiyoti talablariga javob bermasligi
ta‘kidlab o‗tishmokda. Haqiqatdan ham bu ishlanmalarda
inflyasiyani hisobga
olmaslik, sharoitlarning noaniqligi va tavakkalchilik darajasi va hakozolar, kabi
omillarga o‗rin berilmagan, vaholanki u sharoitlarda bu tushunchalar nafaqat amaliy
balki nazariy jihatdan ham hisobga olishga yo‗l qo‗yilmagan. Oldingi metodlarning
kamchiliklari sifatida masalaning iqtisodiy va sotsial tomonlarini zaif ishlab
chiqilganligi, diskontlash koeffitsientini qabul qilishdagi
munozaralar va baxslarni
aytish mumkin. Biroq shunga qaramasdan ko‗rilgan ishlanmalar iqtisodiy
bilimlarning ma‘lum yutuqlari sifatida, kapital qo‗yilmalarning samarador
baholashning boshlang‗ich asosi bo‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: