~ 44 ~
rivojlantirish dasturlarini moliyalashtirishga yo‗naltiriladigan
markazlashtirilgan
investitsiyalar limitlaridan;
xorijiy investitsiyalar va hukumat kafolati ostidagi kreditlarni jalb etgan holda
amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining aniq dasturidan;
to‗g‗ridan-to‗g‗ri xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etgan holda amalga
oshiriladigan investitsiya loyihalarining aniq dasturidan;
ustuvor investitsiya takliflarining yig‗ma ro‗yxati.
Ijtimoiy soha ob‘yektlarining prognozlashtirilayotgan hajmlari Dasturga
yiriklashtirilgan, buyurtmachilar va ob‘yektlar bo‗yicha taqsimlamagan holda
kiritiladi.
Quyidagilar loyihalarni amalga oshirishning birinchi yilida ularni aniq dasturga
kiritishning majburiy shartlari hisoblanadi:
belgilangan tartibda tasdiqlangan loyihaning (investitsiya loyihasining texnik-
iqtisodiy asoslashlari, texnik-iqtisodiy hisob-kitoblari) mavjud bo‗lishi;
moliyalashtirish manbalarining va kreditlarning
shartnomada belgilangan
muddatda qaytarilishining tasdiqlanishi.
Aniq dasturni shakllantirish jarayoni har bir loyiha bo‗yicha mufassal axborot
tayyorlash, loyihani ustuvorligi bo‗yicha tanlab olish va ro‗yxatni shakllantirishdan
iborat bo‗ladi.
Har bir loyiha (loyihalar guruhi) bo‗yicha axborot buyurtmachi tomonidan
tayyorlanadi hamda unda quyidagilar bo‗ladi:
belgilangan shakldagi loyiha pasporti;
loyihani amalga oshirish reja-jadvali;
aniq dasturni shakllantirish sanasida loyihani amalga oshirishning holati
to‗g‗risidagi mufassal axborot.
Loyihaning pasporti quyidagilarni o‗z ichiga oladi:
texnik tavsifnomani;
atrof muhitga ta‘sirni baholashni;
ishlab chiqarish va ijtimoiy mulohazalarga ko‗ra
samaradorlikni va amalga
oshirish imkoniyatlarini baholashni, tashkiliy tadbirlarning ko‗lamini;
mahsulotga talab hajmi va xususiyatini;
echimning muqobil variantlari mavjudligini, shu jumladan faoliyat
ko‗rsatayotgan korxonalarni rekonstruksiya qilish yo‗li bilan;
asosiy materiallar va ishchi kuchi resurslarining mavjudligini;
investitsiya xarajatlari miqdorlari.
Aniq loyiha uni amalga oshirish maqsadga muvofiqligidan, uning iqtisodiy va
moliyaviy samaradorligidan, ishlab chiqarish va ijtimoiy mulohazalarga ko‗ra amalga
oshirish imkoniyatlari va maqbulligidan, tarmoqni rivojlantirishning
strategik
vazifalariga muvofiqligidan kelib chiqqan holda bosqichma-bosqich tanlab olinadi:
birinchi bosqichda - loyiha aniq tarmoq va mintaqani rivojlantirish
ustuvorliklaridan kelib chiqqan holda oldindan baholanadi;
ikkinchi bosqichda - loyiha iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari va mintaqalarni
rivojlantirish ustuvorliklaridan kelib chiqqan holda tanlab olinadi.
~ 45 ~
Aniq dasturga iqtisodiy jihatdan samarasiz loyihalarni,
shuningdek ilgari jalb
qilingan kreditlar bo‗yicha muddati o‗tkazib yuborilgan qarzi bo‗lgan korxonalar
loyihalarini kiritish taqiqlanadi.
Quyidagilar birinchi bosqichda loyihaning ustuvorligini belgilashning
mezonlari hisoblanadi:
loyihaning tarmoqni rivojlantirish strategiyasiga muvofiqligi;
moliyaviy va iqtisodiy samaradorlik;
mahalliy xom ashyodan va butlovchi buyumlardan foydalanish darajasi;
tayyorlangan mutaxassislarning mavjudligi;
loyihaning amalga oshirishga tayyorlanganligi darajasi;
ishga tushirilgandan keyin foydalanish xarajatlari.
Har bir mezonning muhimligi darajasi tarmoqni rivojlantirish strategiyasini
hisobga olgan holda O‗zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot
vazirligi tomonidan
belgilanadi.
Ikkinchi bosqichda uch yillik davrda respublika iqtisodiyotidagi tarkibiy
o‗zgartirishlar prognoziga muvofiq qo‗shimcha ravishda quyidagi mezonlar hisobga
olinadi:
tarmoq (mintaqa)ning istiqboldagi prognoz o‗sish sur‘atlari;
eksport salohiyatining prognoz o‗sish sur‘atlari;
tarmoqning umuman respublika bo‗yicha makroiqtisodiy ko‗rsatkichlarga
ta‘sirining o‗zgarishi;
tarkibiy omillar;
ilgari qo‗yilgan investitsiyalar samaradorligi;
asosiy fondlar ahvoli va quvvatlardan foydalanish darajasi;
loyihaning ijtimoiy ahamiyati.
Ikki bosqichda tanlab olish natijalariga ko‗ra Dasturga kiritiladigan
ob‘yektlarning aniq dasturi shakllantiriladi.
Dasturni va investitsiya loyihalarini amalga oshirishning birinchi yili
ko‗rsatkichlari mavjud moliyaviy resurslar va boshqa resurslar bilan o‗zaro
bog‗langan bo‗lishi kerak hamda birinchi moliyaviy yilda o‗zgartirilmaydi.
Dasturni va investitsiya loyihalarini amalga oshirishning
ikkinchi va keyingi
yillari ko‗rsatkichlari har yili aniqlashtirilishi kerak, bunda boshlanmagan
loyihalarning bir qismi yangi loyihalarga almashtirilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: